O‘zbekiston Milliy banki va Mastercardan "Xaridlar uchun keshbek" sodiqlik dasturi
O‘zbekiston Milliy banki Mastercard Europe SA bilan hamkorlikda “Xaridlar uchun keshbek” sodiqlik dasturini ishga tushirdi. Dasturda Mastercard Virtual, Standard, Gold, Platinum va World Elite karta egalari ishtirok etishlari mumkin. Ishtirok etish uchun do‘konlardagi to‘lov terminali orqali yoki internet orqali Mastercard kartasi bilan xaridlar uchun to‘lovni amalga oshirish lozim.
Dastur 2024-yil 1-oktyabrdan 2025-yil 31-yanvargacha amal qiladi.
Dastur shartlariga rioya qilgan holda, sizga karta turiga qarab xarid summasidan keshbek to‘lanadi:
• Mastercard World Elite: 1,5%.
Oylik keshbekning eng yuqori miqdori:
• Mastercard Standard: 1 000 000 so‘mgacha;
• Mastercard Gold: 1 200 000 so‘mgacha;
• Mastercard Platinum: 1 400 000 so‘mgacha;
• Mastercard World Elite: 1 500 000 so‘mgacha.
Keshbek xarid qilingan oydan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmasdan Mastercard kartasiga o‘tkazib beriladi.
Quyidagi operatsiyalar sodiqlik dasturida ishtirok etmaydi:
• Kartadan kartaga pul o‘tkazmalari (P2P);
• Kassa, terminal yoki bankomatlar orqali naqd pul yechib olish;
• Milliy bank mobil ilovasidagi xizmatlar uchun to‘lovlar.
Batafsil ma’lumot olish uchun aloqa markaziga murojaat qiling: