October 2, 2021

"Saylov bilimdonlari munozarasi"

O’tkazilish tartibi jamoaviy shaklda bo’lib, har bir jamoa 3ta spikerdan iborat bo’ladi. Jami ikki jamoadan 6ta spiker qatnashadi.
Saylov bilimdonlari munozarasi turniri 8-oktabr kuni TDYU 3-binosida bo'lib o'tadi.
O’tkazilish tartibi jamoaviy shaklda bo’lib, har bir jamoa 3ta spikerdan iborat bo’ladi. Jami ikki jamoadan 6 ta spiker qatnashadi (Tasdiq va Inkor).
Turnirda jami 8 ta (har bir fakultetdan 1 ta rus potok, 1 ta o'zbek potok jamoalar) ishtirok etadi.
Mazkur turnirda ishtirok etuvchi jamoalar 5-oktabr soat 17.00ga qadar ro'yxatdan o'tishlari lozim.
Jamoalar fakultet dekanatlari orqali ro'yxatdan o'tishlari lozim.
Batafsil ma'lumot uchun: Loyiha koordinatori @mmakhem ga murojaat qilishingiz mumkin.

“Saylov bilimdonlari munozarasi” o’tkazilishida asosiy 3 ta qoidaga amal qilinadi:

1-qoida: Qura tashlash orqali har bir jamoalar va o’ynaladigan mavzu aniqlanadi. Mavzu har ikki jamoa uchun bir xil bo’ladi. Masalan: Chekish inson uchun zarar. (tasdiq qiluvchi jamoa va inkor qiluvchi jamoa).
2-qoida: Munozara boshlanishidan oldin har ikki jamoaning tayyorlanishi uchun 10 daqiqa vaqt beriladi. Mavzular esa oldindan tayyorlanish uchun beriladi. Mavzular dolzarb va ommabop bo’ladi.
3-qoida: Munozara boshlanishi. Munozarada diniy ma’lumotlar, siyosiy ma’lumotlar, yolg’on ma’lumotlar, ijtimoiy kamsituvchi ma’lumotlardan foydalanish ta’qiqlanadi.
Munozara ATIX strukturasiga asosan o’ynaladi, ya’ni:
A- Ariza! Ya’ni mavzuni tanlab, aytish: Chekish xavfli vosita.
T-Tushuntirish! Ya’ni mavzuni tushuntirish: Ko’p chekish insonni ruxiy xastalikka olib keladi.
I- Isbot! Ya’ni mavzuni asoslar bilan izohlab berish: Odam va uning salomatligi darsligida chekish insonlardagi miyya faoliyati bilan bog’liq bo’lgan kasalliklarni keltirib chiqarishi to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
X-Xulosa! Ya’ni mavzuni yakunlab beruvchi fikr: Chekish insonlarni hayotiga zomin bo’ladi.