Reaksiya for Khosika
Khosika sapchib o‘rnidan turdi. Atrofga alangladi. Telefon yonida yotardi. Tezda uni oldi — Instagram... ochiq emasdi. Jungkookning xabarlari yo‘q edi.
U karaxt holatda atrofga tikildi. Xonasidagi har bir narsa — doimgidek. Qolgan orzu, faqat yostiqdagi namlik va yurakdagi og‘riq edi.
Onasi chiqib ketdi. U esa ko‘zlarini katta ochdi. Qo‘llari titrardi.
Khosika: “Yo‘q... yo‘q... bu tush bo‘lmasligi kerak edi…” — deya shitirlab o‘rnidan turdi.
Telefonni quchoqladi. Ko‘zlarini yumdi. Nafas oldi. Keyin... endi bardosh bera olmadi.
Khosika: “Nega? Nega bu faqat tush edi??” — deb qichqirdi-yu, karavotga qulab tushdi.
Yostiqqa yuzini bosdi. Ovozsiz, yuragining eng og‘riqli qismidan yig‘ladi.
Khosika: “Men uni chin dildan sevgan edim… faqat tushmidi?..”
Khosika har tongdagidek universitet sari yo‘l oldi.
Darsxonada hammasi odatdagidek edi. Talabalar shovqin bilan kirib kelar, kimdir kulib gaplashar, kimdir telefoniga ko‘milgan. Khosika esa joyida jim o‘tirar, ko‘zlari deraza ortidagi osmonga qadalgandi. Uning fikrlarining yarmi hanuz o‘sha xayoliy yozishmada edi — “Siz haqiqatdan ham Jungkookmisiz?”... “Men seni izohlaringdan tanidim.”
Shu payt eshik ochildi. Ichkariga Hari kirdi. Har doim energiyaga to‘la, do‘stona nigohi bilan Khosikani quchoqlab oldi.
Hari: “Eshitdingmi? “Universitet bazm tayyorlayapti! Barcha birga qatnashadi!”
Khosika boshini ko‘tardi, zo‘rma-zo‘rakam jilmayishga urindi.
Khosika: “Yo‘q. Menimcha, bu mening joyim emas...”
Hari: Khosika... qancha davom etadi bu? Sen har kuni o‘sha inson haqida orzu qilasan. Lekin u — Jungkook. U shunchaki mashhur emas. U boy, tanilgan, butun dunyo uni sevadi. U hech qachon bu yerga kelmaydi... Sen esa shu orzularing bilan o‘zingni yo‘qotayapsan.
Khosika avvaliga hech nima demadi. Ko‘zlari sekin-sekin namlandi. Har bir so‘z yuragiga xanjardek botdi. Hari ko‘nglini og‘ritmoqchi emasdi, faqat uni haqiqatga qaytarmoqchi edi. Ammo bu haqiqat og‘riqli edi.
Hari yana davom etdi, bu safar ohangida sal yumshoqlik bordek edi:
Hari:Men seni baxtli bo‘lishingni istayman. Reo bo‘lsa... u bu yerda. Ha, u biroz g‘ururli, biroq u seni yoqtiradi va u universitetning eng oldi yigitlaridan . Real hayotni tanla, Khosika.”
Shu payt Khosika ko‘z yoshlari bilan jilmayishga urindi, lekin bardosh bera olmadi. Yuzini o‘girib, sekin yig‘lay boshladi.
Khosika: Men... men faqat birozgina orzu qilishni xohlagandim... Bu xayol edi, bilaman. Lekin o‘sha birgina Jungkook degan ismi bilan yuragim urardi...
Hari sekin Khosikaning qo‘lini ushladi.
Shu payt deraza ortida kimningdir tovushi eshitildi. Reo edi. U ohista eshikni taqillatdi.
Reo:Khosika... bazmga men bilan borasanmi?
Khosika bir zum jim qoldi. Harining hozirgina aytgan gaplari qulog‘ida jaranglardi:
“Real hayotni tanla, Khosika.”
U labini tishlab, yuragidagi ikkilanishni bosishga harakat qildi. So‘ng har doimgidek emas, balki ehtiyotkorlik bilan javob berdi:
Hari hayrat bilan unga qaradi, so‘ng jilmaydi. Khosika esa, yuragida hali ham o‘sha tushdagi raqs, o‘sha xayoliy yozishma yiltillab turgan bo‘lsa-da, endi yangi bir yo‘lga qadam qo‘yganini sezdi.
Endi ularning bazmga tayyorgarligi boshlanardi.
Kuni bo‘yi universitet zallari shovqinli va hayajonli edi. Devorlarga osilgan rang-barang bezaklar, o‘quvchilarning shivir-shivirlari, har joyda taralayotgan musiqalar — hammasi bayram yaqinlashayotganidan darak berardi.
Khosika, Harining qo‘lidan ushlagancha, shahar markazidagi kichkina butik do‘koniga kirishdi. Har qadamda Hari Khosikani tabassum bilan ergashtirar, kayfiyatini ko‘tarishga harakat qilardi.
Hari:Khosika, bugun sen o‘zingni malika deb his qilishing kerak!
Ular osilgan liboslar orasida yurishardi. Khosikaning
ko'zi oddiy bit oy naqshli kuylakga tushdi
Hari qizg‘inlik bilan kiyimlar orasidan yaltirab turgan kalta qora ko‘ylakka ko‘zi tushdi. Ko‘ylak yelkalari ochiq, beldan tor, tizzagacha bo‘lgan — oddiy emas, ammo bejirim va zamonaviy. U ko‘ylakni ushlab turib, Khosikaga bir qaradi-da, kulimsiradi.
Ikkalasi kiyimlarini almashtirishdi. Khosika qora ko‘ylakda chinakam yulduzga o‘xshardi — oddiy emas, baland qadamlar bilan yurardi.
Bazmga to‘plangan talabalar orasida musiqa baland yangrayotgan, rangli chiroqlar zalni jilolantirib turardi. Hari va Khosika eshikdan kirishganda bir zumda e’tiborni tortishdi
Bir necha daqiqa o‘tmay, zal eshigi yana ochildi. Ichkariga baland bo‘yli, salobatli, silliq taralgan qora sochli, ko‘zlarida jiddiylik va o‘ziga xos mehr bor yigit kirdi — bu Harining sevgilisi, universitet basketbol jamoasining sardori va modellik qiluvchi mashhur yigit, Renji edi.
Uning nomi har doim tilga olinardi — “Renji kelayotganmish!”, “Renji bilan suratga tushganman!”, “Renji mening storiimni ko‘ribdi!” — degan qichqiriqlar qizlar orasida doimiy edi.
Renji to‘g‘ri Harining yoniga keldi, unga shirin jilmaydi va qo‘lidan ushlab pichirladi:
Khosika: “Yur, seni bir joyga olib boraman.”
Hari Khosikaga qaradi, unga ko‘z qisdi:
Zal bo‘ylab Renji Harining qo‘lidan ushlab o‘tganida, atrofdagi qizlar orasida pichirlash kuchaydi. Ba'zilari ochiqchasiga to‘xtab qarab qolishdi, ba'zilari esa hasad bilan nigoh tashlashardi.
— "Voy, Renjimi bu? Yana o‘sha qiz bilanmi?"
— "Ular rasmiymi endi? Men Renji bilan selfi ololmadim hali..."
— "Hariga qarachi, oddiy ko‘ylakda ham malika!"
— "Renji shunchalik mashhur-yu, o‘sha sokin Harini tanlaganiga ishonmayman..."
— "Shunaqa yurishdan ko‘rinib turibdi, faqat uni ko‘radi."
Qizlarning nigohlari, pichirlari orasida Hari va Renji g‘oyib bo‘lishdi. Khosika esa bularni eshitmaslikka harakat qilardi. Ammo atrofdagi hayrat va hasadli gaplar beixtiyor qulog‘iga chalinardi.
Bazm zalining chiroqlari xira yondi, sahnada sekin musiqalar yangray boshladi. Tashqaridagi shovqin bosilib, ichkarida jozibali muhit hukm surardi. Khosika hali ham o‘zini biroz begona his qilardi — Harisiz, yolg‘iz... ammo bu holat uzoqqa cho‘zilmadi.
Reo, ko‘zlarida chin dildan uzr so‘rayotgan ifoda bilan, uning yoniga keldi.
Reo: Khosika, – dedi u yumshoq, – o‘sha kuni, hammaga seni masxara qilganim uchun... kechir meni. Men bunday qilmasligim kerak edi. Shunchaki, qabul qila olmagandim...
Khosika biroz jim qoldi. Yuragida o‘sha kunlar yana jonlandi, ammo Reoning samimiy nigohi unga oz bo‘lsa ham iliqlik baxsh etdi. Yengil bosh silkitib, “hammasi o‘tmishda qoldi”, dedi u ohangida.
Shu payt raqs payti boshlandi. Sahnaga lenta chiroqlar taraldi. Zal bo‘ylab ohangdor, jozibali musiqa yangradi. Shovqin yana sekinlashdi.
Renji qo‘lida stakan bilan Harining yoniga qaytdi. Unga jilmayib bir qaradi va qo‘lini cho‘zdi.
Renji: Men bilan raqs tushasanmi, malikam?
Hari jilmaydi, so‘zsiz rozi bo‘ldi. Ularning harakati zaldagi ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Har bir harakatda uyg‘unlik, ishonch va sevgi mujassam edi.
Shu payt Reo ham Khosikaga yuzlandi.
Reo: Men bilan raqs tushasanmi? – dedi. Nigohi ancha jiddiy, ammo yuragidan chiqayotgandek edi.
Khosika beixtiyor o‘zini qo‘llarini Reoga uzatayotganini his qildi. Ular maydonga chiqishdi. Khosikaning yuragi tez ura boshladi. Reoning harakati sekin, ehtiromli edi. Raqs zalida ular harakat bilan bir-birini anglay boshlashdi. Khosikaning yuzida asta-sekin tabassum paydo bo‘ldi.
Bazmning eng so‘nggi daqiqalari edi. Zal chiroqlari yumshoq ranglarda yonib-o‘chardi. Raqs yakunlangach, Khosika va Reo asta sahnadan chetga yurishdi. Khosikaning yuragi hanuz musiqaning ohangida urardi, lekin atrofdagi nigohlarni sezmaslikning iloji yo‘q edi. Ayniqsa... ikki qizning yonib turgan qarashlarini.
Zalning chetida ikki dugona asta yura boshlashdi. Ularning yurishlari ichki g‘azab va hasadga to‘la edi.
– Selina, – dedi uzun, oqshom uchun kiygan yelkasini ochiq libosini o‘ynab turgan qiz. Sochlari to‘g‘rilangan, labida qizil bo‘yoq, ammo ko‘zlarida sovuqlik. – Qara, Reo unga qanday boqayapti... U hech qachon menga bunday boqmagan.
– Tiana, – deb javob qaytardi yonidagi, undan biroz past bo‘yli, jingalak sochli qiz. – Bo‘ldi, bo‘ldi... Uning ortidan hali ham yurishdan foyda yo‘q. U aniq tanlov qilgan.
Selina ko‘zlarini qisdi. Nafrat va ranj yuragini teshayotgan edi. Ammo bu holatda jim turish unga og‘ir tuyuldi. U yengil iljayib, Khosika yurib o‘tayotgan yo‘l tomon qadam tashladi.
Khosika va Reo zaldan chiqayotgan edi. Khosika hali ham bazm sehridan chiqmagandi. Ammo birdan... oyoqlari sirg‘alib ketdi.
Selina, go‘yoki hech narsa bo‘lmagandek, Khosika yo‘lidan chiqayotib, sekin oyog‘i bilan uning poshnasiga tegizdi. Khosika muvozanatini yo‘qotdi, yiqilishiga bir qadam qolgandi...
Ammo Reo o‘zini o‘ylamasdan darrov unga yetib bordi. U Khosikani belidan mahkam ushlab oldi va uni o‘z bag‘riga tortdi.
Hamma, ayniqsa Selina va Tiana, to‘xtab, shu holatga termulib qoldilar. Reo va Khosika bir-biriga juda yaqin turardi. Ularning nigohlari to‘qnashdi. Qizil chiroqlar ularning yuzini yoritib, sahnadagi eng go‘zal manzaraga aylantirdi.
Khosikaning yuragi o‘zidan o‘ziga shoshilib urardi. Reoning nafasi uning yuziga tegardi.
Zal bo‘ylab pichir-pichir ovozlar tarqala boshladi. Hamma hayratda. Ammo Reo hech narsa eshitmaganday, Khosikaga shunday dedi: