October 10

Toshkent Xalqaro Investitsiya forumi 1,2,3

Toshkentdagi Birinchi Xalqaro Investitsiya forumi

Biz Toshkent Xalaqaro Investitsiya forumlari bilan tanishar ekanmiz,Investitsiya forumi o'zi nima uchun kerak,nima uchun aynan xalqaro investitsiya forumi degan savollarga javobni tushunib yetishimiz kerak.Avvalo Investitsiya forumi bu investitsiya subyektlari,investorlar,yirik korxonalar, yirik investitsiya loyihalari ishtirokida bo'lib o'tadigan o'zaro kelishuvlar va aloqalar o'rnatiladigan yig'ilish.Xalqaro investitsiya forumida esa butun dunyo miqyosidan ko'plab mamlakatlar,korporatsiyalar,korxonalar ishtirok etadi.O'zbekistonda investitsiya forumi o'tkazilishining ijobiy tomonlari shulardan iboratki,chet mamlakatlari investorlari bizning investitsion muhitimizni o'rganib kelishuvlar asosida bizning mamlakatimizga investitsiya kiritadilar.Bu esa O'zbekiston iqtisodiy o'sishiga sabab bo'lishi kerak.Birinchi xalqaro investitsiya forumi Toshkentda 2022-yilning 24-26 mart kunlari bo'lib o'tdi.Ushbu forumda tejamkor energiya resurslari ishlab chiqarish,sanoatni yangi texnologiyalar bilan boyitish,qishloq xo'jaligida ham raqamli texnologiyalarni joriy qilish kabi mavzular muhokama qilindi.

Toshkentdagi Ikkinchi Xalqaro Investitsiya forumi

2023-yilning 27-28-aprel kunlarida Toshkentda ikkinchi marta Xalqaro Investitsiya forumi o'tkazildi.Bunda 2000 dan ortiq ishtirokchilar ishtirok etishdi.Jami 56 ta mamlakatdan kelgan ishtirokchilar asosan O'rta Osiyo va uning investitsion salohiyatini oshirish haqida munozaralar olib borishdi.

Toshkentdagi Uchinchi Xalqaro Investitsiya forumi

2024-yilning 2-3-may kunlari bo'lib o'tgan ushbu forumda bu safar 84 ta davlatdan 2500 ga yaqin delegatlar ishtirok etishdi.Ularning orasida hukumatdagi rahbarlar,yirik korporatsiya rahbarlari,BMT,OPEK,SHXT kabi tashkilotlardan vakillar kelishdi.Asosan mintaqaning ekologiyasini yaxshilash,qishloq xo'jaligi,sanoat,turizm,tog'-kon sanoati kabi sohalarga inestitsiya kiritish haqida suhbatlar bo'ldi.Shartnoma va kelishuvlar imzolandi.

O'ylaymanki,bularning barchasi davlatimiz rivojiga o'z hissasini qo'shadi!