February 10, 2025

MILYEREST:shool rules

ep 2

Soya Milyerest – Avstraliyada tug‘ilib o‘sgan, lekin endi Koreyaga kelib, Milyerest qarindoshlari bilan yashashni boshlagan. U koreys tilida yaxshi gapira olmaydi, lekin harakat qilmoqda. Xarakteri dono, sokin, lekin kerak bo‘lsa, o‘zini himoya qila oladi

Maktabdagi taranglik tobora ortib borardi. Oldingi janjallar hali tinmagan bo‘lsa ham, bugun hammaning e’tibori kutilmagan hodisaga qaratilgan edi.

Darsdan keyin maktab hovlisida Chasooku, Rosie, Rayli va Soya bir joyda turishib, yigitlar haqida gaplashayotgan edi. Shu payt Rayli past tabaqadan bo‘lgan yigitlarni ko‘rib, jilmayib qo‘ydi.

— Ularni qaranglar, — dedi Rayli, qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirib. — O‘zlarini qanday tutishayotganini ko‘rib, kulging keladi.

— Ular ham biz bilan bir maktabda o‘qishadi, lekin… — Chasooku gapini oxiriga yetkazmay, jilmaydi.

— Lekin hech qachon biz bilan tenglasha olishmaydi, — dedi Rosie beparvo.

Soya ularga hayron bo‘lib qaradi. Avstraliyada tabaqalanish unchalik kuchli emas edi, u hech qachon shunday gaplarga duch kelmagan.

— Balki ular ham nimagadir erishishni xohlashar? — Soya qizlarga qarab, sal jiddiyroq ohangda gapirdi.

— Ha, erishishsa, faqat xizmatkorlikka, — Rayli kulib yubordi.

Qizlar kulayotgan paytda, past tabaqadagi o‘quvchilardan biri – Choi Hansu bu gaplarni eshitib qoldi va jahli chiqdi. U bir necha do‘stlari bilan oldinga yurib keldi.

— Sizlar o‘zingizni kim deb o‘ylaysizlar? — Hansu jahl bilan qaradi.

— Milyerest oilasi vakillari, — Rosie beparvo ko‘z qisib qo‘ydi.

Bu gapdan keyin havoda taranglik paydo bo‘ldi. Hansu va uning do‘stlari qizlarni juda yomon ko‘rishsa ham, ular bilan ochiqchasiga urushish jur’atini qilolmas edilar. Lekin bu vaziyatni kuzatib turgan Jin, Taehyung va Felix birdan qizlarning yoniga keldi.

— Muammo bormi? — Jin qattiq ohangda so‘radi.

— Ha, sizlarning bu badjahl qizlaringiz haddidan oshib ketdi, — dedi Hansu jahli chiqib.

— Ehtiyot bo‘l, — Taehyung sovuqqon ohangda unga qaradi. — Kim bilan gaplashayotganingni unutma.

Hansu yana bir narsa demoqchi bo‘ldi, lekin Felix uni yelkasidan itarib yubordi. Bu esa janjalga sabab bo‘ldi. Bir necha soniya ichida maktab hovlisi tartibsizlikka aylandi.

Jin Hansuni yerga yiqitdi, Felix esa uning do‘stlaridan birini orqaga surdi. Taehyung qattiq zarba bilan boshqa bir yigitni urib yubordi. Maktab hovlisi shovqin-suron ichida qoldi.

Qizlar esa chetda turib, vaziyatni kuzatishar edi. Soya esa biroz hayron, biroz qo‘rqib, bu manzaraga termulib qoldi. Uning tug‘ilib o‘sgan joyida bunday urushlar bo‘lmagan, lekin bu yerda, Koreyada, kuch – hamma narsani hal qilardi.

Maktab hovlisi notinch edi. Jin, Taehyung va Felix past tabaqadan bo‘lgan o‘quvchilar bilan mushtlashayotgan edi. Ularning har biri jiddiy zarbalar berib, o‘zini himoya qilardi.

Chasooku, Rosie, Rayli va Soya chetda turib, bu manzarani kuzatishardi. Rosie jilmayib qo‘ydi:

— Ular juda ham kuchli, shu sabab hech qachon biz bilan teng bo‘lolmaydi.

— Lekin bu yerda, — dedi Soya, biroz hayrat va xavotir bilan, — haqiqatan kim haqli? Katta bo‘lish kuchlilarning haqligini anglatadimi?

Qizlar bu gapdan keyin bir-biriga qarab qolishdi, lekin hech kim javob bermadi. Chunki haqiqat aniq edi: Kim kuchli bo‘lsa, o‘sha haqli.

Mushtlashuv qizigan edi. Jin Hansuni yiqitib, uning yoqasidan ushladi.

— Endi tushundingmi? — dedi u past ovozda.

Hansu esa jahl bilan yerga tupurib qo‘ydi. Jin uni qo‘yib yubordi va joyidan turdi. Shu payt maktab qo‘riqchisi yugurib kelib, mushtlashuvni to‘xtatdi.

— Bu nima? Hamma hoziroq direktor oldiga!

Jin, Taehyung va Felix hech qanday qo‘rquvsiz yurishdi. Hansu va uning do‘stlari esa g‘azab bilan ularning orqasidan ergashdi.

Qizlar ham ortidan borishdi. Milyerest oilasining kuchi va nufuzi bu yerda qanday rol o‘ynashini bilish uchun ular hammasini ko‘rishni xohlashardi.

Direktor xonasiga borganlarida, katta oilalar vakillari ham kelgan edi. Bu esa demak, bu janjal shunchaki o‘quvchilar o‘rtasidagi oddiy mushtlashuv emas edi.

Direktor xonasi og‘ir sukunatga cho‘mgan edi. Milyerest qizlari bir tomonda, yigitlar esa boshqa tomonda o‘tirardi. Hansu va uning do‘stlari esa qarama-qarshi tarafda, jahl bilan stullarga o‘tirishdi.

— Bular maktab qoidalarini buzishdi! — deya baqirdi Hansuning yonidagi o‘quvchilardan biri. — Bizni haqorat qilishdi va urish boshlashdi!

— Haqorat? — dedi Jin, istehzo bilan jilmayib. — Sen bizga nima deganingni unutdingmi? “Boy bolalar hech narsa qila olmaydi, hammasi oilasiga suyanadi” degan eding. Endi esa qachonlardir o‘zing boshlagan janjaldan shikoyat qilyapsanmi?

Direktor hushyor nigohi bilan bolalarni kuzatardi. U har doim Milyerest oilasining bolalarini himoya qilgan, chunki ularning ota-onalari bu maktabni qo‘llab-quvvatlab kelishardi.

— Haqiqat shuki, sizlarning har ikkala tomon ham aybdor. Lekin mushtlashuvni boshlagan Hansu bo‘lgani isbotlandi. — direktorning ovozi qattiq eshitildi.

Hansu va uning odamlari dahshatga tushishdi. Ular bunday natijani kutishmagan edi. Milyerest oilasining ta’siri yana o‘z kuchini ko‘rsatgan edi.

— Biz adolat istaymiz! — dedi Hansu, g‘azab bilan.

— Sen adolat istayapsanmi? — dedi Felix o‘rnidan turib. — Unda adolatni mushtlaring bilan qidirma, aqling bilan top. Lekin sen aql o‘rniga faqat kuch ishlatishni bilasan.

Hansu hech nima deya olmadi. Qizlar esa qoniqish bilan jilmayishdi.

Tashqarida

O‘quvchilar bu janjal haqida eshitib, direktor xonasidan chiqib kelayotgan Milyerest vakillariga qiziqish bilan tikilishdi.

— Har doimgidek, Milyerestlar g‘alaba qildi, — pichirladi kimdir.

— Ha, ularning ota-onasi maktabga pul berib turadi, shuning uchun ham ular jazolanmaydi.

Qizlar va yigitlar orqasiga o‘girilishdi. Bu so‘zlar ularga yoqmadi.

— Sizningcha, biz faqat pulimiz sabab kuchlimizmi? — dedi Rayli, Amerika aksenti bilan.

— Men esa o‘z kuchimni isbotlab bera olaman, — dedi Rosie, o‘qdek otilib. — Bilasizlarmi, ertaga sport musobaqasi bo‘ladi. Kelishamizmi? Qaysi taraf yutqazsa, boshqasidan kechirim so‘raydi!

Maktabda shovqin ko‘tarildi. Bu endi urushning yangi bosqichi edi.

Maktab hududi tobora qizg‘in muhokamalar ichida edi. Milyerest qizlari va yigitlari ertangi sport musobaqasiga tayyorlanish uchun yig‘ilish o‘tkazishdi. Ular bu bahsni yutib, raqiblarini yer tishlatmoqchi edi.

Sport zalida

— Demak, biz basketbol, yugurish va arqon tortish musobaqalarida qatnashamiz, — dedi Jungkook, jiddiy ohangda. — Hamma o‘ziga eng yaxshi mos keladigan sport turini tanlasin.

— Men basketbolda qatnashaman! — dedi Jimin, qo‘lini musht qilib. — Ularga kim ustunligini ko‘rsataman.

— Yugurishda men bor! — Rosie ko‘zlarini chaqnatib, oldinga chiqdi.

— Men ham yugurishga qatnashaman, — dedi Yuna, jilmayib.

— Arqon tortishda esa biz kerak bo‘lamiz, — dedi Felix, Hyunjin va Beomgyu bilan birga. — Kuch kimda ekanligini ko‘ramiz.

Mashg‘ulotlar boshlanib ketdi. Jin va Chasooku basketbol strategiyasini ishlab chiqishdi. Teayong va Minsoya esa yugurish texnikasiga e’tibor qaratdi. Ahri va Felix esa arqon tortishning kuchni talab qiladigan strategiyalarini o‘rganishdi.

Bu orada boshqa o‘quvchilar ham tayyorgarlikni kuzatishar va bahsning natijasi qanday bo‘lishini muhokama qilishardi.

Ertasi kuni – Musobaqa boshlanishi

Butun maktab sport maydoniga yig‘ilgan edi. Hansu va uning tarafdorlari Milyerest vakillariga masxaraomuz tikilishardi.

— Boy bolalar jismoniy harakatni eplay olisharmikin? — dedi Hansuning sheriklaridan biri.

— Buni hozir bilib olamiz, — dedi Jungkook, qattiq nigoh bilan ularga qarab.

Musobaqa yugurish bilan boshlandi. Rosie, Yuna va Teayong raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmay, oldinga otilishdi. Minsoya esa o‘z tezligi bilan hammani hayratga soldi. Oxirgi metrlarga yetib kelishganda, Hansu oldinda ketayotgan edi, lekin Teayong so‘nggi kuchini to‘plab, undan o‘tib ketdi.

— G‘olib – Milyerest jamoasi!

Maktab bo‘ylab olqishlar yangradi.

Basketbol o‘yini ham hayajonli kechdi. Jin va Jimin raqiblaridan ancha ustun ekanliklarini ko‘rsatishdi. Sumin va Chasooku esa ajoyib hamkorlik qilib, Milyerest jamoasiga zarur bo‘lgan ochkolarni olib kelishdi.

Oxirgi musobaqa – arqon tortish. Bu jang kuch va iroda sinovi edi. Felix, Hyunjin, Beomgyu, Ahri va Rayli raqiblariga qarshi chiqishdi. Hansu va uning jamoasi esa g‘azab bilan arqonni torta boshlashdi.

Bu bahsning natijasi butun maktab tabaqalanishiga ta’sir qilishi mumkin edi.

— Kelishuvga ko‘ra, yutqazgan tomon g‘olibdan kechirim so‘raydi! — dedi direktor, oxirgi natijalarni e’lon qilish uchun.

Arqon tortish natijasi esa kutilmagan edi…

Arqon tortish maydonida keskin sukunat hukm surardi. Milyerest jamoasi va Hansu jamoasi bir-birlariga nafrat bilan qarab turishardi. Bu jang shunchaki sport emas, balki hurmat va g‘urur masalasi edi.

— Hamma tayyor?! — hakam maydon o‘rtasida turib qichqirdi.

— Ha! — ikkala jamoa ham bir ovozdan baqirdi.

Arqonni tortish boshlandi.

Birinchi daqiqalarda raqiblar teng kurash olib borishdi. Felix, Hyunjin va Beomgyu oldinga siljishga harakat qilishdi, lekin Hansu va uning jamoasi ham taslim bo‘lish niyatida emasdi. Ahri va Rayli esa bor kuchi bilan tirishib, jamoasiga yordam berishardi.

— Tezroq, biz ortga ketyapmiz! — qichqirdi Sumin, dahanaki jang davom etayotgan edi.

Hansu jamoasi kuchayib borayotgandi. Ularning kapitani Hansu, maktab sport yulduzi bo‘lib, doim jismoniy mashg‘ulotlarda ustun edi. U o‘z jamoasiga buyruq berib, bosimni oshira boshladi.

— Ular charchayapti, yana biroz! — deb, Hansu arqonni kuch bilan tortdi.

Milyerest jamoasi deyarli yiqilib tushish arafasida edi. Barchaning qo‘llari og‘riqdan qattiq qizargan, nafaslari esa tezlashgan edi.

Lekin… bir soniyada hammasi o‘zgardi!

— Hamma birga!!! — baqirdi Beomgyu, butun jamoaga turtki berib.

Felix va Hyunjin bir vaqtning o‘zida oldinga intilib, butun kuchini ishga soldi. Ahri va Rayli esa oxirgi imkoniyatlarini ishlatib, o‘z joylarida mahkam turishdi.

— Ular oldinga siljiyapti!!!

Milyerest jamoasi hammasini bir joyga jamlab, raqiblarini orqaga torta boshladi. Hansu va uning jamoasi esa asta-sekin ortga ketayotgan edi.

Oxirgi zarba berildi… va…

— Milyerest jamoasi G‘OLIB! — hakam ovozi maydonda jarangladi.

Butun stadion qarsaklar va hayqiriqlar bilan to‘ldi.

Hansu esa yerga yiqilib, g‘azab bilan Milyerest jamoasiga qaradi. Ular yana bir bor o‘z ustunliklarini isbotlashgan edi.

— Uddaladik! — dedi Rosie, havo yetishmayotgan bo‘lsa ham, kulib.

Jimin va Jungkook bir-birlariga qo‘l urib, g‘alabani nishonlashdi. Sumin va Chasooku esa charchagan holda o‘zlarini o‘tirishga tashlashdi.

Ammo bu voqealar shunchaki boshlanish edi.

Ertasi kuni…

Maktab ancha tinch edi, lekin bir xabar barchani hayratda qoldirdi.

— Musobaqa natijalari bekor qilindi!

Hamma hayrat bilan bir-biriga qaradi.

— Nima?! — dedi Teayong, hayron bo‘lib.

— Rasmiylar natijalarni ko‘rib chiqish uchun tekshiruv o‘tkazmoqchi ekan, — tushuntirdi Namsu.

— Bu Hansuning ishi bo‘lsa kerak! — dedi Jia, yuziga g‘azab ifodasini chiqarib.

Haqiqatan ham shundaymidi? Maktabning tabaqalanishi yana bir sinovdan o‘tmoqchimi?

Musobaqaning bekor qilingani haqidagi xabar butun maktab bo‘ylab yashin tezligida tarqaldi. Milyerest jamoasi g‘azabdan qizib ketgan bo‘lsa, Hansu jamoasi o‘zlarining mag‘lubiyatdan qutulib qolganidan mamnun edi.

— Bu adolatsizlik! — qichqirdi Chasooku, direktor xonasidan chiqayotib.

— To‘g‘ri aytasan! Biz mehnat qilib yutdik! — Sumin ham uning gapini qo‘llab-quvvatladi.

Qizlar va bolalar birgalikda maktab hovlisida yig‘ilishdi. Ularning hammasi Hansu jamoasiga qarshi nafrat bilan to‘lgan edi.

— Kim buni uyushtirdi?! — so‘radi Felix, lablarini tishlab.

— Hansu! Albatta, u shunday qilishini bilardim! — Jia g‘azab bilan dedi.

— Dalil bormi? — sovuqqina ovozda gapirdi Hyunjin, har doimgidek vaziyatni mantiqiy tushunishga harakat qilib.

— Dalil kerak emas! U har doim bizga qarshi harakat qiladi! — Rayli hansirab gapirdi.

Shu payt Hansu va uning jamoasi oldilariga keldi.

— Sizlar g‘alaba qozonmadingiz, chunki bu adolatli musobaqa emas edi, — dedi Hansu tabassum bilan.

— Nima?! — Jungkook unga yaqinlashib, mushtlarini tugdi.

— Sizlarning guruhingizda kimdir qoidani buzgan. O‘sha sababli natijalar bekor qilindi, — Hansu sovuq ovozda gapirdi.

Milyerest jamoasi o‘zaro bir-biriga qaradi.

— Bu yolg‘on! Biz hech qanday qoidani buzmadik! — Namsu baqirib yubordi.

— Direktor tekshiruv o‘tkazmoqda. Haqiqat ochiladi, — Hansu yelkasini qisdi va o‘z jamoasi bilan ketdi.

Qizlar va bolalar endi bir-biriga shubha bilan qarashardi.

— Kim qoidani buzdi?! — so‘radi Ahri, nigohini birma-bir hammaga tikib.

Hamma sukut saqladi.

Lekin… ular orasida kimdir sir tutayotgan edi.

Ertasi kuni…

Direktor qarorini e’lon qildi:

— Musobaqa natijalari rasman bekor qilindi. G‘olib jamoa yo‘q deb hisoblanadi.

— Yo‘q! Bu adolatsizlik! — Rosie o‘rnidan sapchib turdi.

— Bu muhokama qilinmaydi, — direktor sovuq javob berdi.

Qizlar va bolalar yana Hansu jamoasidan bir zarba yedi. Lekin bu oxiri emas edi…

— Bu ishi uchun Hansu bizdan qasos olishini kutayapti, — dedi Teayong, xonadan chiqayotib.

— Biz unga saboq beramiz! — Jimin tishlarini g‘ijirlatdi.

Endi jang boshlangan edi.

Chasooku va Jin tasodifan bir topshiriqda birga ishlashga majbur bo‘lishadi va Jinning doimiy sovuqqonligi Chasookuni asabiylashtiradi, lekin ularni umumiy maqsad yaqinlashtiradi.

Sumin va Taehyung bir-birlarini yaxshiroq tushunish uchun kichik bahsga kirishadi, bu esa ularni o‘zaro yaqinlashtiradi.

Namsu va Jungkook o‘zlarining do‘stona tortishuvlari bilan atrofdagilarni kuldiradi, lekin Namsu Jungkookning ichki hissiyotlarini anglab yetayotganini sezadi.

Soya va Suga birgalikda loyihada ishlashadi, Soya Suga bilan tengma-teng bahslashishga urinadi.

Jia va Beomgyu o‘zaro do‘stona hazillashishadi, bu esa atrofdagilarning ularga e’tibor qaratishiga sabab bo‘ladi.

Rayli va Kang Taehyung uzoq suhbat qurib, o‘zlarining o‘xshash taraflarini kashf qilishadi.

Minsoya va Teayong tasodifan bir guruhda bo‘lishadi va Minsoya Teayongni o‘zgacha ko‘z bilan kuzata boshlaydi.

Ahri va Felix bir-birlariga yordam berish orqali asta-sekin do‘stona munosabat qura boshlashadi.

Rosie va Jimin mayda bahslar orqali do‘stona tortishuvga kirishadi, bu esa Jiminning Rosiega bo‘lgan qiziqishini oshiradi.

Yuna va Hyunjin hayron qolarli darajada yaxshi chiqisha boshlaydi, lekin Hyunjin buni tan olgisi kelmaydi.

Jemre va J-Hope esa hamma narsaga kulib, bir-birlarini juda yaxshi tushuna boshlaydi.