June 7, 2025

Xayot belgisi...

Kutubxonadagi uchrashuv

Maftuna kutubxonaga birinchi keldi. U yangi dorama haqida kichik konspekt yozib chiqgandi, o‘qish bahonasida uni kutardi. Oradan 10 daqiqa o‘tgach, Fozil paydo bo‘ldi. U har doimgidek soyaboni bilan, ammo bu safar ich-ichidan hayajonlangan.

Fozil:Kech qolmadimmi? Bugun probka koʼp edi...

Maftuna (kulib): Kech qolganlarga faqat bitta shart bor: kofe olib berish.

Fozil: Qabul qilindi. Biroq oldin doramani tahlil qilaylik, ekspert!

Ular birga dorama haqida gaplashishdi, kulishardi, bir xil sahnalarga har xil baho berishardi. Bu esa ularning xarakter farqini ko‘rsatardi.

Kutubxona ichida sukut bo‘lishiga qaramay, ularning suhbatlari asta-sekin chuqurlashardi. Maftuna Fozilning hayotiga qiziqa boshlagandi, u esa asta-sekin ochilardi.

Fozil: Bilasizmi, men aslida bu yerda vaqtinchalikman. Ishim tugasa, boshqa shahar... boshqa yo‘l...

Maftuna (biroz cho‘kkandek): Demak, bu “taqdir hazili” uzoqqa bormaydi?..

Fozil: Balki bormas... ammo sizni o‘sha bekatdagi qiz deb emas, hozir qarshimda o‘tirgan inson deb eslab qolmoqchiman. Samimiy bir gʼalati qiz...

Ular kutubxonadan chiqayotgan paytda, Maftunaning kursdoshi — Nilufar ularni ko‘rib qoladi. U uzoqdan jilmayib qaraydi va hech narsa demay ketadi... ammo ertasi kuni sinfda "Maftuna yangi yigit topibdi" degan gaplar tarqala boshlaydi.

Maftuna o‘zini noqulay his qiladi, ammo Fozil unga:
— Bu bizning ishimiz, Maftuna. Hozircha hech kim bilmasa ham mayli. — deb, unga taskin beradi.

Keyingi bir necha kun davomida, ular shahar kutubxonasi, kofexona, metro orqasidagi kichik skameyka — har xil joylarda ko‘risha boshlashadi. Hech kimga aytmasdan, hech qanday suratga tushmay, shunchaki bir-birini his qilishga vaqt ajratishadi.

Maftuna/ Men uni har gal ko‘rganimda yuragim tez uradi. Bilaman, bu oddiy uchrashuv emas. Bu — yashirin, ammo chin bo‘lgan bir narsa.

Oxirida Maftunaga Nilufar bexosdan aytadi:
— U yigitni yana ko‘rdim. Senga juda mos, lekin nega yashiryapsan? dedi qiziqishini bildirib,

Maftuna birinchi marta ochiq javob berdi:
— Chunki bu sevgi emas, bu — boshlanish. Lekin men o‘zimga ruxsat bermoqchiman. Balki bu safar, hammasi boshqachadir...

Shahar sokin, tun jim. Fozil Maftunani kutib, kutubxona yonidagi kichik choyxonaga taklif qiladi. Ular ikkovi daraxtlar ostidagi ochiq stolda, choyli stakanchalarni harakatlantirib o‘tirishardi. Suhbatlar yengil, lekin ko‘zlar juda jiddiy edi.

Fozil (bir oz sukutdan so‘ng):
— Bilasizmi, ba’zida inson kimnidir ko‘rmagani bilan... doim yuragida yuradi.

Maftuna (bir oz bosh egib):
— Ha, shunaqa odamlar bor. Hozirda bor, ammo go‘yoki ertaga yo‘q bo‘ladigandek...

Fozil ich-ichidan tortinadi. U barmoqlari orasidagi choy stakani bilan o‘ynaydi. Ko‘zlari Maftunaning yuziga qaraydi, ammo yuragi hayajondan “shovqin” qilardi.

Fozil:
— Men... men bir narsani aytmoqchi edim, lekin qanday boshlashni bilmayapman.

Maftuna (yengil kulimsirab):
— Demak, bu juda muhim narsa...

Fozil chuqur nafas oldi. Ko‘zlarini Maftunaning ko‘zlariga qaratdi. Bu ko‘zlar uni yengillashtirar, lekin ayni paytda larzaga solardi.

Fozil (nihoyat):
— Men siz bilan bo‘lgan har bir daqiqani kutgan ekanman... oldin bilmaganman. Ammo endi... men...

Jimlik.

U gapini tugatishga chog‘langanida, telefon jiringlaydi. Maftunaning onasi qo‘ng‘iroq qilayotgan edi.

Maftuna (uzrli nigoh bilan):
— Kechirasiz... javob berishim kerak.

Fozil bosh irg‘adi, lekin nigohi bijirlay boshlagan yuragini yashira olmadi.

U so‘zini ayta olmadi. Ammo Maftuna yuragida bir narsa sezgandek edi.

🌙 Sahna yakuni:

Uchrashuv tugaydi. Maftuna ketar chog‘ida, Fozil unga qarab jilmayadi.

Fozil (ohista):
— Men... sizga aytmoqchi bo‘lgan gapim bor. Uni keyingi safar... to‘liq aytaman.

Maftuna (xotirjam jilmayib):
— Men kutaman...*

Shahar sokin, tun jim. Fozil Maftunani kutib, kutubxona yonidagi kichik choyxonaga taklif qildi. Ular ikkovi daraxtlar ostidagi ochiq stolda, choyli stakanchalarni harakatlantirib o‘tirishardi. Suhbatlar yengil, lekin ko‘zlar juda jiddiy edi.

Fozil (bir oz sukutdan so‘ng):
— Bilasizmi, ba’zida inson kimnidir ko‘rmagani bilan... doim yuragida yuradi.

Maftuna (bir oz bosh egib):
— Ha, shunaqa odamlar bor. Hozirda bor, ammo go‘yoki ertaga yo‘q bo‘ladigandek...

Fozil ich-ichidan tortinardi. U barmoqlari orasidagi choy stakanini o‘ynaydi. Ko‘zlari Maftunaning yuziga qaraydi, ammo yuragi hayajondan “shovqin” qilardi.