Toshkent Xalqaro investitsiya forumi 1 2 3
Muallif:Bozorova Ruxshonabonu .7-oktabr,2024
2022-yil 22-26-mart kunlari kelajak loyihalarini boshlash uchun Markaziy Osiyoning yuragi O'zbekistonda, poytaxtimizning kongress hallida I Toshkent xalqaro iqtisodiy Forumi bo'lib o'tdi. Forumda dunyoning turli nuqtalaridan 56 ta davlatdan vakillar ishtirok etdi. Bu voqea turli qit'alardagi yetakchi tadbirkorlarni jam qildi. Barcha sarhadlarni birlashtirib, taraqqiyotning yangi bosqichi hamda farovonlik sari yagona maqsadni belgilab berdi. 3 kun davomida Forumda xalqaro miqyosdagi mutaxxasislar, investorlar, siyosatchilar va tahlilchilar ishtirok etdilar. Ilg'or g'oyalarni amalga oshirish yuzasidan hukumat va biznes vakillari o'zaro uchrashib, bo'lajak loyihalarni muhokama qildilar. Spiker va mahsus mehmonlar orasida xalqaro moliya institutlari rahbarlari, biznes va hukumat vakillari, xususan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Prezidenti, Osiyo taraqqiyot banki Prezidenti bor edi. Forumning ustuvor vazifalaridan biri jahon ishbilarmonlar jamiyatiga milliy sayyohlik sektorining ta'sirchan istiqbollari va imkoniyatlarini xorij investorlari uchun ustuvor yo'nalish sifatida ochib berishdan iborat edi. Forumda O'zbekistonni ko'plab yirik moliyaviy tashkilotlar qo'llab quvvatladi.
O'zbekiston davlat rahbari Forumda shaxan o'zi qatnashdi va yevropalik hamkorlar bilan birga Surxondaryodagi birinchi GES qurilishiga start berdi. 1,2 milliard dollarlik loyiha natijasida 1560 megavatt quvvatli elektrostansiya quriladi va unda 12 milliard kilovatt soat energiyasi ishlab chiqiladi.Bu so'ngi yillarda qurilgan elektrostansiyalardan eng yirigi bo'lishi ta'kidlandi. 25-mart kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Mashinasozlik sohasidagi innovatsiyalar” mavzusidagi panel munozarasi boʻlib oʻtdi. Moderator sifatida “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari Azizbek Shukurov ishtirok etdi. Yigʻilgan iqtisodiyot sohasi vakillari mashinasozlik yoʻnalishiga zamonaviy yondashuvlarni koʻrib chiqish, oʻsish imkoniyatlarini oʻrganish imkoniga ega boʻldi. 26-mart kuni esa yangilangan ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligi sanoati mavzulari ko'tarildi. Latviya qishloq xoʻjaligi vaziri Kaspars Gerxards oʻz nutqida yosh fermerlarning taʼlim olishiga alohida eʼtibor qaratdi. Oʻz davlatini misol qilib keltirar ekan, bu sohani rivojlantirishdagi asosiy masalalardan biri ekanini taʼkidladi. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini koʻpaytirish uchun zarur boʻlgan vositalar qatorida vazir sarmoya, texnologik innovatsiyalarni davlat bilan birgalikda rivojlantirish, ijtimoiy sheriklik, mahsulotlarni sertifikatlashtirish va standartlashtirish, shuningdek, muhim muvaffaqiyatlarga erishilgan qishloq xoʻjaligi sohasini target qoʻllab-quvvatlash masalasini alohida taʼkidlab oʻtdi. Forumda jami 7,8 milliard dollarlik shartnoma imzolandi.
II Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi 2023-yil 27-28-aprel kunlari bo'lib o'tdi. Ikkinchi “Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi–2023” yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 11 milliard AQSh dollariga teng shartnoma va bitimlar, 167 ta hujjar imzolandi. Unda dunyoning 70 davlatidan 2,5 mingdan ortiq mehmonlar ishtirok etdi. Forum doirasida “MDH mamlakatlari oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik istiqbollari” mavzusida panel sessiyasi boʻlib oʻtdi. MDH mamlakatlari oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik katta salohiyatga ega bo'lib, undan toʻliq foydalanish uchun transport infratuzilmasini rivojlantirish, oʻzaro savdo va investitsiyalar hajmini oshirish, savdo hajmini oshirish, tajriba va texnologiyalar almashish boʻyicha ishlarni kuchaytirish zarur. Hududning iqtisodiy salohiyatidan qanday foydalanish mumkin? Savdo jarayonlarini osonlashtirish uchun davlatlar qanday choralar ko'rishlari kerak? Sessiyada shu va boshqa masalalar muhokama qilindi. Qirgʻiziston va Qozogʻiston bilan ikkita GES loyihasi ishlab chiqildi. Ayniqsa, har bir davlatning kapitali va energetika resurslari bilan bog‘liq holda sanoat kooperatsiyasi salohiyati ham qayd etilgan. Masalan, O‘zbekiston Qozog‘iston bilan qo‘shma loyihani amalga oshirmoqda. Jamshid Xo‘jayev, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ayrim mamlakatlar duch kelayotgan oziq-ovqat taqchilligini bartaraf etishda yordam berishi mumkinligini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, hukumatning vazifasi turli sohalarda, jumladan, avtomobilsozlik va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishni oshirish lozim. Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy investitsiya agentligi direktori Umbriel Temiraliev mamlakatimizning investitsiyalarni jalb etishdagi ustuvor yo‘nalishlari haqida gapirdi. U investitsiyalar bilan bevosita bog'liq bo'lgan uchta asosiy sohani ko'rsatdi - bular energiya (emissiyani 50% gacha kamaytirish zarurati), turizm (Qirg'iziston landshafti ajoyib sharoit yaratadi) va oziq-ovqat ishlab chiqarish. Potentsial investorlar uchun investitsiya loyihalari ham taklif etildi.
O‘zbekistonda III Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi 2024-yil 2-3-may kunlari bo'lib o'tdi. 93 mamlakatdan 2,5 mingdan ortiq delegatni jamlagan forum global muloqot va investitsiyaviy sohadagi ilg‘or tajriba almashish maydoniga aylandi.
Tadbirning eng muhim voqealaridan biri O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasining Bosh vazirlari ishtirokida mintaqaviy energetika loyihalarining (Qambarota GES-1 va Yovon GESini qurish) xorijiy investorlarga taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Forum yakuniga ko‘ra jami qiymati 26,6 milliard dollarga teng kelishuvlar imzolandi. Tadbirning eng muhim voqealaridan biri O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasining Bosh vazirlari ishtirokida mintaqaviy energetika loyihalarining (Qambarota GES-1 va Yovon GESini qurish) xorijiy investorlarga taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ayollar tadbirkorligiga bag‘ishlangan biznes nonushta tadbirkor ayollarning jamiyatga ta’siri katta ekanligini ta’kidladi. Ma’ruzachilar daromadlilik va ijtimoiy mas’uliyat o‘rtasidagi muvozanatga erishish uchun ilhomlantiruvchi misollar va strategiyalarni taqdim etdilar. Bundan tashqari, forumda dunyoning bir qator yirik kompaniyalari hisoblangan “Oraskom Investment” (Misr), “Bonafarm Grup” (Vengriya), “Sayar” (AQSH), “Goldvind”, “Sinoma” (Xitoy), “Sam Yapi” (Turkiya), “Pasha Development” (Ozarbayjon) “Laselsberger” (Avstriya), “Petrosat Chexelsoton” (Eron) kabi kompaniyalar bilan qiymati $6,6 mlrd. teng yangi investisiya loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. III Toshkent xalqaro investitsiya forumining ikkinchi kuni ham ishtirokchilarning diqqat markazida bo‘ldi. ACWA Power, Data Volt Information Technology Company, MUFG banki, Masdar, Al Bawani Capital Company va SWS kabi bir qancha xorijiy kompaniyalar bilan 10 dan ortiq investitsiya shartnomalari imzolandi. Yana bir muhim kelishuv Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va Al Bawani Capital Company o‘rtasida amalga oshirildi. Loyiha “Sirdaryo-Baxt” aylanma yo‘lini qurish va Toshkentdan Samarqandga olib boradigan yo‘lni rekonstruksiya qilishga mo‘ljallangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida quvvati 1000 megavatt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish uchun elektr energiyasini sotib olish bitimi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshlig‘i o‘rinbosari Sobirjon Artikov va BAA AMEA Power kompaniyasining rivojlantirish bo‘yicha bosh direktori Basma Bentaher o‘rtasida tuzildi.
Angren issiqlik elektr stansiyasini rekonustrutsiya qilish va regeneratsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha memorandum “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruv raisi Bahodir Jo‘rayev va Sinan Akgul o‘rtasida imzolandi.