October 23

Shofirkon tuman adliya bo‘limi YXKM xodimlari tomonidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Shofirkon tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan "Yoshlar oyligi" doirasida Shofirkon tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 14-son umumiy o'rta ta'lim maktabida tashkil etilgan huquq sinfida namunaviy huquq darsi tashkil etildi. Namunaviy huquq darsida o'quvchilarning huquqiy madaniyati oshirish, yoshlar orasida huquqbuzarlikka nisbatan murosasizlik ruhini yanda yuksaltirish maqsad qilingan holda saylov qonunchiligi borasida kiritilgan o'zgartirishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Dars doirasida yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, tarqatma materiallar tarqatildi.