Yomon va Aqldan Ozgan
Jk: Sera shifoxonadan chiqqandan keyin sizlarni restaranga ovqatlangani olib boraman.
Jin: xo‘sh qizimning ismi nima quyamiz? Men Minji quyishni maqul ko‘rdim.
Yigitlar biroz o‘tirib chiqib ketishdi.Sera va Sua esa xonada qoldi.
Sera: balki farzandlarimizni unashtirib quyarmiz?
Ikkisi kulib yubordi. Oradan yillar o‘tdi. Minji bilan Joon katta bo‘lib qolishdi. Maktabda o‘rta sinfda o‘qishadi. Ikkisi ham bir sinfda o‘qishardi
Maktabdagi bir biriga juda yarashib turadigan sevishganlar edi. Minji juda urishqoq edi. Ko‘p qizlar bilan urishib chiqardi. Joon uchun emas, balki ularning orasida kim chiroyli yoki kim alochi ekanligini bilib olish uchun.
Joon esa jiddiy, uncha munchaga jaxl qilmaydigan. Do‘stlari orasida eng yaxshisi edi.
Bugun ular uchun eng ajoyib kun. Ya'ni Minjining tug‘ilgan kuni. Ular darsdan so‘ng birga uyga qaytishdi.
Minji: oyijon bugun nima yeymiz?
Sera: bugun dadang bizni restaranga olib borar ekan. Xo‘sh senga ma'qulmi?!
Minji: men juda xohlayman. Tezroq dadam ishdan kelsalar edi.
Sera: xo‘sh, Joonni ham chaqirdingmi? Ular ham kelishi kerak edi.
Minji: kelishi kerak edi, negadir kechikishyapti.
Eshik taqillab Jin kirib keldi.Minji Jinni yoniga borib uni quchib oldi. Jin unga kompyutrcha olib kelgan edi. Minjiga sovg‘ani berganida qizi juda xursand bo‘lib ketdi.
Minji: dadajon men buni juda xohlagan edim, sizga katta rahmat.
Joon: bizni kutib qolmadingizlarmi?
Deb eshikdan Sua, Jungkook va Minjining sevgan yigiti Joon kirib kelgan edi.
Sua: Joon unga sovg‘angni ber.
Joon kistasidan chiroyli va qimmatbaho uzukni chiqarib Minjiga tutqazdi.
Joon: unashtiruv uzugimni qabul qilsang, sen bugun 16 ga tulganing munosabati bilan senga shuni taqdim etishni maqul ko‘rdim
Minji: rahmat Joon kutmagan edim. Juda xursand bo‘ldim.
Ular restaranga borib ovqatlanisharkan barchani e'tiborini olgan Minji juda go‘zal kiyingan, o‘ziga e'tibor bergan edilar.
Jin: bugun qizimni tug‘ilgan kuni bo‘lgani uchun qo‘shiq buyurtirib quygan edim. Xo‘sh valsga tashamizmi?
Jk: Joon sen men qilgan xatoni qilma, bo‘lmasa Minjisiz qolib ketasan.
Joon: aynan nima qilmasligim kerak?
Jin buyurtirilgan qo‘shiq quyildi. Jungkook Sua bilan, Jin Sera bilan vals tushayotgan edilar, boshqalar ham davrani to‘ldirishdi.
Joon: ota onamiz o‘zlari taklif berishdi. Bu haqida o‘ylashing shart emas.
Minji va Joon o‘rtada vals tusharkan, Minji uyatdan qizarib ketgan edi.
Joon: birinchi bo‘samni shu yerda olsammi?
Minji: keyin dadam sizni ko‘chaga qoldirishlarini aytadilar. Shunday ekan tinchgina yuring.
Joon: mayli, keyingi safar. Bugun yayrab qolaylik.
Minji: dadam aytishlaricha keyingi hafta chet elga ketishimiz mumkin ekan.
Minji: ishlari o‘sha yerga ko‘chirilgan ekan.
Joon: unda otam bilan gaplashib ko‘raman. Biz ham o‘sha yerga borib qolamiz.
Minji: nima qilasiz, oilangizni ovora qilib, bu yerga kelib turushimiz mumkin. Uncha ko‘p ham ketmaymiz, atigi 1-2 yilga. Undan keyin qaytib kelamiz.
Joon: mayli, seni kelguningchq sabr qilib turaman.
Minji: o‘tgan safardikidek Koreyadan to‘g‘ri Angliyaga borgandik qilmasangiz bo‘ldi.
Joon: jim bo‘lmasan rostan ham o‘pib olaman.
Minji: ota onamiz bizni kuzatib turibdilar.
Jk: o‘g‘lim xuddi o‘zimga o‘xshaydi.
Sua: uni men dunyoga keltirganman
Sua: xo‘sh bu safar ham yordam berib yuborasizmi?
Jungkook Suani labidan bo‘sa olib.
Sera: Jin ular bir biriga juda mos ko‘rinadi. Qizingizni qarang, u juda go‘zal.
Jin: mening sevgilim qanchalik go‘zal bo‘lmasin, qizimga ham shuncha go‘zallik tekkan.
Atrofdagilar Minji bilan Joonni yolg‘iz sahnada qoldirishdi. Faqat ikki sevishgan vals tushardi. Minji yuzlari qizarib ketayotgan edi.
Minji xushidan ketib qoldi. Joon uni kutarib mashinaga olib bordi. Jin uni shifoxonaga olib bordi.
Dk: ha shunchaki biroz boshi aylangan. Buni yomon tomoni yo‘q.
Jin: bu holat boshqa bo‘lmaydimi?
Dk: kattargandan so‘ng bir necha marotaba bo‘lib turishi mumkin, ammo minus tomoni yo‘q.
Jin juda asabiy holatda qoldi. Minji o‘ziga kelgandan keyin Jin va Joon uni uyga olib borishdi.
Joon: oyi Minjini ko‘p hushidan ketib qolishini aytishdi.
Jk: Sera ko‘p yig‘lab asabiylashmagandimi?
Sua: bilmadim, Jin armiyaga ketganida shunday bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Jk: mayli davolatib olamiz. Yaxshi bo‘lib ketadi.
Besh yil o‘tib Joon va Minji o‘qishini tugatishdi. Endi eaa ularning yaqinda to‘yi.
Joon: sen endi menikisan. Xo‘sh endi seni o‘psam dadang ko‘chaga qoldirmaydimi?
Minji: men sizni ko‘chaga qoldiraman.
Joon: xo‘sh endichi, endiyam ko‘chaga qolamanmi?
Minji: yo‘q, uydan chiqmaysiz.
To‘y davomida ular jim bo‘lishga kelishib olishdi. Minji va Joon birga bo‘lib qolishsa ikkisi ham bir biri bilan kelisholmay bahslashardi.
Vanihoyat Joon kutgan lahza keldi.
Barcha mehmonlar ularni tabriklashardi. Va ularning sevgi hikoyasi shu yerdan boshlandi.