Challenge 365 kun
October 18
Ikkinchi kun
Judda oddiy. function so'zidan foydalanasiz, unga nom berasiz va kod yozasiz.
<?php function salomBer(){ echo "Salom!"; } //funsiyani chaqirish salomBer(); ?>
2.Parametrlar qabul qiluvchi funksiyalar:
Funksiyalarga qiymatlarni uzatish uchun parametrlar ishlatiladi. Parametrlar funksiya chaqirilganda beriladi va funksiyaning ichida ishlatiladi.
<?php function salomBer($ism){ echo "Salom: " .$ism. "!"; } salomBer("Aziz"); ?>
3.Qiymat qaytaruvchi funksiyalar:
Agar funksiya biror qiymat qaytarish kerak bo'lsa, return
kalit so'zidan foydalanamiz.
<?php function ikkiBarobar($son){ return $son * 2; } $natija = ikkiBarobar(5); echo "Natija: " .$natija; ?>
4.Ko'p parametrlik funksiyalar:
<?php function hisobla($a, $b){ return = $a + $b; } $summa = hisobla(10, 20); echo "Yig'indi: " .$summa; ?>
Bu yerda hisobla()
funksiyasi ikkita parametrni qabul qilib, ularni qo'shadi va natijani qaytaradi.