October 18

π™π™€π™§π™šπ™«π™šπ™§ π™‘π™€π™«π™šβœ¨

14-π™¦π™žπ™¨π™’

π‘©π’š π‘«π’‚π’‰π’šπ’†βœ¨

Hammamiz ham haqiqiy sevgini orzu qilamiz. Kurashishga rostan arziydigan sevgini, uni deb hamma narsadan voz kecha oladigan va uni hamma hammasidan ustun qo'ya oladigan sevgini...

_/\_/\_/\_/\

β€”Hhh kechirasan...

Pov Minji
Negadir yuragim kuyyapti qo'lim emas,bu hayotda nega keldim...Nima maqsadda...Haa bilaman faqatgina insonlar meni tahqirlab zavq olishlari uchun...Yig'lagim ham kelmay qoldi...Nimaga ham yig'lay koshki edi bu foyda bersa...Ko'zim ko'rmayapti...Bilmasdan bir bakalni sindirib yubordim...Ko'zim xira bulsa ham asta utirib shisha sinig'larni tera boshladim...Kimdir oshxonaga kirganini sezdim bu oyim deb uyladim...Tepadan kelgan issiqlik sabab qo'lim ishlamay qoldi....Ko'zim achishyapti ammo aqlim ojizligingni ko'rsatma deyyapti...

π‘΄π’Šπ’π’‹π’Š

~Oshxonadan yugurib vannaxonaga yugurdim.Nima bulsa ham onamga tashvish bulmasligim zarur.17 yil...17yildan beri onam biz uchun yelib yuguradilar.Dadamga qiziqayotgan bulsangiz kerak.Ularni men kurmagan.Men 7yoshimgacha ota mehrida bulganman.Ammo otam bu dunyoni tark etganlar.Men juda ham xohlardim.Otamni quchib,doim ularga nonushta tayyorlab berishni,yuzlaridan o'pib maktabga ketishni,Ular bilan suhbatlashishni.Dadamni juda sog'indim....Siz bilan qo'shiq kuylashni juda sog'indim dada....Dadam doim aytardilar ,,mendan keyin oyingni ehtiyot qil".Qo'limni kuyishiga qaramay onam uchun doim yuzim kulishi kerak.

Tezda qo'limni yuvib qo'limga bint bog'ladim.Ayshsh achishyapti.Tibbiyot qutisini topa olmaganim uchun birdan bog'ladim.Qo'lim shunchalik quyganki.Qo'lim xuddi go'shtga uxshab qolgan faqat oq....biroz yuzimga tabassum keldi.Doim uzimni xursand qilib,ko'nglimni kutarmasam kim kutaradi.

Minji vannaxonadan chiqib xizmatchilar xonasiga bordi.Ustini alishtirib,qo'rg'onga kirayotganida bir mushukchani ovozinj eshitib usha tomon bora boshladi.

--Buncha yoqimtoy bulmasang...-mushukchani silarkan,u xururlab rohatlanardi.Minji esa uning harakatlariga tabassum qilardi.

--Bu mushuk qayerdan keldi. - orqadan kelgan yo'g'on ovoz..Minji uni tanidi.Ammo boyagi hodisadan so'ng unga qarashni xohlamasdi.

--Uning ovozi eshitib qoldim,adashib kelib qolgan menimcha - Unga shunday deb mushukni silaganimcha utiraverdim.Unga e'tiborsiz javob berganimdan jaxli chiqyapti menimcha uning qanday nafas olayotgani sezilib turardi.

--Qo'lingga nima qildi - bir qoshini ko'tarib biroz havotirli nigohda.

Men xonamga kirib ichkaridan tashqarini kuzatishni boshladim.Menga kerakli bulgan insonni kurganimda yuzimga tabassum yugurdi.U uyga kiraverishda tuxtadi va orqaga bog' tomon yura boshladi.Va nima bulganligi maqsadida orqasidan bordim.Unga savol berganimda u menga e'tiborsiz javob berganidan jaxlim chiqdi.Ammo uzimni bosdim...Bilmayman ammo uni xafa qilib quyishdan qo'rqaman.Ko'zim bint bilan bog'langan qo'liga tushdi.Bir qo'li bilan mushukni silar,bir qo'lini yerga quyib turar mushuk u qo'liga borsa yuzi biroz uzgarardi.

π‘»π’‚π’†π’‰π’šπ’–π’π’ˆ

***
Pov Ari
Unga gapirgunimcha yuragim chiqib ketgudek buldi tug'risi.Nega uni kurganimda.Yuragim bunchalar tez uradi bilmadim.Ufff Ari bekorchi hayollarni yig'ishtir...Sen ham yuragim buldi qil...Shu hayollar bilan uyimga yul olarkanman birdan telefonim jiringladi.Qiziq...notanish raqam...

β€” Aloo....eshitaman...

β€” .........

β€”Siz...nega menga telefon qilyapsiz

β€” .........

β€” Nima xohlaysiz mendan...

β€” ........

β€” Opamni ham meni ham tinch quying...

~Telefonimni jaxl bilan uchirarkanman...Birdan ko'zimdan yoshlar quyila boshladi..Charchadim hammasidan....Nima istaydi bu odam undan nafratlanaman....Nega bu hayotning sinovlari kup...

Ari yerga utirib yig'larkan uning yelkalariga quyilgan qullar tufayli cho'chib ketdi.

β€” Sen....- ko'z yoshini artib sust nigoh bilan unga hayron qaradi.β€” Sen ketmaganmiding...

β€” Ketgan edim ammo uyingacha hali bor osmondan bulutlarni qara yomg'ir yog'adimi deb seni oldingga keldim...Nima buldi - Jimin uning ko'rinishini kurib ichidan bir nima uzilgandek buldi.Uni shunchaki kayfiyatini kutarishga urinardi.

β€” Rahmat, ammo shart emas - Ari unga shunday deb yulida davom etaverdi.

β€” Ari...nimadir buldimi..Agar aytsang yengil tortasan...Men ham sen bilan gaplashib yengil tortganimdek sen ham....

β€” JIMIN GAPIRISHNI ISTAMAYMAN TUSHUNYAPSANMI....HAMMASIDAN CHARCHADIM...U INSONNI GAPIRISHNI ISTAMAYMAN...- Ari baqirarkan Jimin shunchaki uni majburan uz bag'riga oldi.Ari uning bag'rida tipirchilarkan Jimin shunchaki uni quyib yubormay sochlarini siladi.

β€” Hammasi yaxshi buladi...Agar aytishni istamasang men majbur qilmayman...Shunchaki tinchlan... - Jimin unga sokin ohangda gapirarkan Ari bir oz uziga keldi.Va Jimindan ajralib hali uzoqlashishga ulgurmagan sohilning oldiga borib qulini tizzalarini ustiga quyib utirib oldi.Jimin ham uning yoniga utirdi.

Orada biroz sukunat chukdi.Jimin ora orada Ariga qarab quyardi.

β€” Bilasanmi,u meni tashlab ketganida 6yosh edim.Oilamiz judam ham boy emas oddiy oilalardan biri edik.Onam,Dadam,opam va Men bu oilam men bilan oxirigacha deb uylagan edim.Ammo juda ham adashganman.Onam bn dadam ko'p janjalashishar ro'zg'orda kup narsa bulmaganida onam kup dadamni ayblardilar.Dadam doim uzini sevuvchi inson-xudbin edilar.Bjz doim yaxshi yashardik.Bizning hayotimizga Sumin degan ayol kirib kelmagunicha.Dadam juda ham uzgarib qoldilar.Bizga muomalari ham uzgara boshladi.Orada oyim kasal ekanligidan xabar topdik.Dadam xatto uyga kelmay ham quydilar.Dorilarga xatto pul yetmasdi opam kechgacha tinmay jshlardilar.Hatto uqishlarini ham tashladilar.Oyimni biz juda ham yaxshi kurardik.Oyim vafot etdilar.- Ari bu gapdan keyin kuzlaridan yoshlar tinmay quyila boshladi.Ora orada labini tishlab quyardi. β€” Dadam hatto dafn marosimiga ham kelmadilar.Oyim juda ham boy inson edilar.Shunday bulsada bu pullar oyimga kerak bulmagan.Oyin vafot etishlaridan oldin,mol mulkni opam va ikkalamizga utqazdilar,dadam bundan xabar topganlaridan so'ng bizdan mol mulkni talab qildilar.Menga bu mol mulk kerak emas edi.U insonga hamma aytganlarini berdik.Ammo u hali ham bizni tinch quymaydi.Endi ularning otalik hislari uyg'onibdi ularning oldilarida bulishimni surayaptilar.Buni anniq bilaman buning ham ortida nimadir bor....Men u kimsadan nafratlanam...

π‘¨π’“π’Š

**
~Men negadir uzimni oz bulsada baxtli his qilyapman.Chunki oldimda Junkook bor.Men uni haqiqatdan ham sevib qoldim.Ey Hudo...Oldin unga bulgan hislarimga umuman ishonmasdim.Ammo endi unday emas...Dadamning oldilariga bofib ularning ahvollarini kurdim.Ular ancha yaxshilar.Ammo shifokorlar ruxsat berishmadi.Men shifoxona xarajatini hali ham tulaganim yuq.Men qattiq ishlashim va o'qishim zarur...Kelajagim va hozir kunim uchun...

Jiwoon shu hayollar bilan Ari ning uyiga keldi.Oz vaqtga Arinikida yashab turishga rozi bulgandi.Aniqrog'i Ari Jiwoon ko'chalarda sarson bulmasin deb uni kundirgandi

~Uyga kirishim bilan Minsu onni birdan oldimga keldilar.Ularning ko'zlaridan havotir anniq tasvirlanib turardi.Nima buldi ekan.Ari ko'rinmaydi.Nima uyga kelmadimi....

β€” Jiwoon,Ari sen bilan emasmidi...Telefoni ham o'chiq...

β€” Yuq onni u birinchi bulib chiqib ketgandiku...Hozir uni qidirib kelaman...

β€” Jiwoon... O'zingni ehtiyot qil...

Ularga ,,hop" deb tabassum qildim.Va uni qidirishga tushdim.Qayerdasan Ari senga ziyon yetmagan bulsin.

π‘±π’Šπ’˜π’π’π’

**
~Men bilmayman qancha uning bag'rida turdim.Unda biroz uyalib uzimni tortdim.U menga qarab nim tabassum qildi.Uning tabassumi...juda yoqimtoy.Ari nimalar deyapsan...

--Biroz yaxshimisan - Jimin Arining yelkasiga qo'lini quyib.

--Yaxshi...Senga rahmat Jimin. - Men tabassum qilib unga qaradim.Bir birimizga qarab qoldik.Undan ko'z uzishni istasam ham lekin bulmayapti bilmayman.Tusatdan kelgan qo'ng'iroq ovozidan cho'chib ketdim.Bu Jiwoon edi.U bilan gaplashib qo'ng'iroqni yakunladim.β€” Men uyga bora qolay uydagilar havotirlanishayotgan bulishsa kerak...

π‘±π’Šπ’Žπ’Šπ’ 𝒗𝒂 π‘¨π’“π’Š

--Uzim uyingga tashlab quyaman - Uning yolg'iz yurishini istamayman.Lekin unga ichimdagi his tuyg'ularimni aytishim kerak.U juda ham chiroyli.Ayniqsa yig'lagan payti burunchasini tortib jaxl qilishi.Menga nimalar bulyaptiya...Woyoung bilan dars qilaman deganiga juda jahlim chiqdi.U faqat menga kulib qarashi,men bilan birga bulishi kerak.

--Yaxshi..- Ari shunday deb ortga qarab mashina tomon yura boshladi.

--ARI!!..

--Haa - U meni baland ovozda chaqirganiga hayron qoldim.Biror nima buldimi deb ortga qaradim.U men tomon kela boshladi.Yuragim hozir vaqti emas...

Jimin Ariga yaqin kela boshladi.U bu gal his tuyg'ularidan qochmoqchi emas.Uning oldida u ishona oladigan insoni bulishini xohlaydi.Tug'ri Jimin oldin ko'p qizlar bilan uchrashkan,ammo Ari...U uchun yagona!Ari orqaga tisarila boshladi...

--J.Jimin...-Ari oxiri oyog'i tagidagi tosh tufayli yiqilib tushishiga oz qoldi.Ammi Jimin uning belidan tutib qoldi.

--Seni sevaman...

Men bunday bulishini umuman kutmagan edim.Uning menga bulgan his tuyg'ulari bor ekan.Men negadir xursand buldim bilmadim.Men uni qabul qilsammi yoki yuq...U mening yuzimga yaqin kela boshladi.Men ko'zimni unga katta ochib qarab turibman...Tentaksan Ari...qanday uyatli...

Jimin Arining qizarib ketganini,kuzini katta ochib turishini kurib,lab uchida jilmaydi.U Arining boshqa qizlar singari ko'zini qattiq yumib olishini kutgandi.Ularning yuzlarida ml joy qolganda Jimin asta Arining sovuqdan qizargan burunchasini o'pib quydi.

π‘±π’Šπ’Žπ’Šπ’

***
--Urib oldim...-Minji shunday deb Tae ning oldidan utib ketishga urindi.Uning ko'zlariga qaramas faqat yerga qarab yurar ekan.Tae lab uchida jilmayib Minjining utishiga tusqinlik qilar edi.Taening bo'yi Minjinikidan ancha baland.Minji oxiri uning yelkasiga urildi va alam bilan boshini ushlab unga qaradi.β€”Siz g'irq axmoqsiz.

--Yig'ladingmi...

--B.buni nimasi...nega yig'lashim kerak...

--Qo'lingni ber...

Endi nima qilaman...Minji:Men ish qilishim kerak.Oyingiz meni chaqirgandilar..

--Men ham sening xo'jayiningman....Qani ko'raychi...- Tae Minjinig qo'lini kurarkan.Minjining og'riqdan yuzi burishti.

--Qimirlama...Buni kim qildi... - Tae uning qo'lini kurib ichidan bir nima uzilgandek buldi.Juda ham achinarli ahvolda edi qo'li.

--H.hech kim uzim issiq suv tukib yubordim...

Minjining ko'ziga yosh tulib keldi.O'z o',ziga achinish hissi...Minji bunaqa bo'lishini kutmagan...Uning hayolida Kim xonimga nima yomonlik qildiki...U shunday qildi.

π‘»π’‚π’†π’‰π’šπ’–π’π’ˆ

--O'zingni ehtiyot qilsang bulmaydimi - Tae birdan ovozini balantlatib yubordi.

Uning qo'lini kurib juda ham boshqacha buldim.Uning azoblanishini kurish men uchun og'ir.U birdan qo'lini tortib oldi va menga qaradi.U yig'lagan ko'zlari qizil tusga kirgan.

--Menga nega baqirasiz...Men yaxshiman...Menga achinishingizni hojati yuq..Men bunga muhtoj emasman. - Minji shunday deb undan qo'lini tortib oldi.Taega Janob Kimdan qo'ng'iroq kelgach noiloj Minjiga indamadi.

π‘΄π’Šπ’π’‹π’Š

***
--Salom opajon,Tan...- Ari eshik ochiqligini ko'rib birdan uyga kirdi.Oyoq kiyimlarini yechib opasi va jiyanini chaqira boshladi.

Opasi uni ovozini eshitib uning oldiga kelib,uni quchoqlab oldi.Ari nima bulganini tushunmay Minsu uni ura ketdi.

--Sen qiz boshimning balosi qayerda eding-a qancha havotir olganimni bilasanmi..

--Opajon...Men keldim havotirlanmang...Biroz do'konga xaridor kupligi uchun navbatda qolib ketdim...

--Telefoningizni kutarganingizda bunday bulmasdi - Tan narigi uydan turib televizor kurgan holda xolasiga gapirdi.

--Sen kichkina...- Ari opasining nigohlarini kurib β€” Quvvati tugabdi...Jiwoon qani...

--Tepada...Dush qabul qilib nonushtaga tushinglar..- Ari boshini opasiga hop deganday qimirlatib zinalar buylab tepaga chiqib ketdi.

π‘¨π’“π’Š

Ari xonasiga chiqarkan Jiwoon dars tayyorlayotgan edi.Uni asta qurqitish maqsadida xonaga kirib bordi.Lekin uni topa olmadi.U orqasiga qararkan Jiwoon ni kurib qurqib ketdi.

--Aaaaaaa Jiwoon...qo'rqib ketdim...

--Qayerga eding..-Jiwoon ikki qo'lini bog'lab unga qarab turdi.

--Do'konda qolib ketdim - Ari garderobidan kiyim olib.

--Men do'konga ikki marta borib keldim...

--Boshqasiga bordim..

--Jimin bilanmi - Ari bu gapni eshitib yutunib quydi.

--H.hechamda u bilan nima qilaman... - tutilib gapirarkan Jiwoon miyig'ida kulib quydi.

--Exx dugonajon.Jimin bilan o'rtangizda nima bor....

--Jiwoon sendan hech narsani sir tutib bulmaydi...

--Ho'sh...

--U menga his tuyg'ularini tan oldi.. - Ari gapirgunicha ikki yuzi olchadek qizarib ketdi.

--Ho'sh bizning Ari rozi buldilarmi...

--Bilmadim... - uyalganidan vannaxonaga kirib ketdi.

--Jimin haqida gapirsam uyalib ketadi...Yoo Hudo uzimini Ari yimni sog'indim...

--Jiwoon hozir chiqay sen mendan ko'rasan...

Jiwoon birdan kulib yubordi.Ichkaridan Arining kulgani eshitildi.Bu baxtli onlardan bir edi.Endi Jimin va Ari birga.

π‘±π’Šπ’˜π’π’π’

***
Junkook uyga chuqur hursingancha kirdi.Uni xizmatkorlar kutib olarkan.Uni doim kulib kutib oladigan inson yuqligidan xafa...

--Dadam uydamilar...

--Yuq janob..Janob Jeon hali kelmadilar.Yuna xonim borlar...

--Uni menga qizig'i yuq...-Jk hizmatkorga qo'lidagi kastyumini berib xonasiga chiqib ketdi.

Uning onasi 10 yoshligida vafot etgan.U onasini juda ham qadrlardi.Jkga bu yomon ta'sir qildi va ko'cha janglari bilan shug'ullanardi.Dadasi onasi o'limidan 1oy utar utmas Yuna ni olib keldi.U Jkni hushlamas unga juda yomon munosabatda bulardi.Jk ham tabiiy undan ham,onasiga hiyonat qilgan otasidan ham nafratlanadi.Ammo uning hayotida yana bir nur kirib kelganidan u bu hayotdan mamnun..U doim xonasiga kirib,xonasining markaziga ilingan onasining suratiga termulib, ,,Sizni yana uchratdim ona...U huddi sizga uxshaydi." deb yuziga tabassum yuguradi.

Sevgi bu "seniki" - "meniki" "aralashma" "tegma" larga bo'linmaydi.Sevgi - ikki inson uchun bitta hayot degani✨

π‘±π’–π’π’Œπ’π’π’Œ

***
Bugun mehmon kelar ekan.Oldingidan ham dasturxonni chiroyli qilib bezadik.Oyimning biroz tobilari yuqliklari uchun biroz dam olishlarini aytdim.Menga Baekhyung tushib yordamlashdi.U bilan kulishib ish qilarkanmiz meni Kim xonim chaqirdi.

--Hoy hizmatkor...-Kim xonim uni chaqirgach,qo'lidagj kirlarni unga otdi.--Bularni yaxshilab yuv dog'i qolmasin...

Kim xonim ataylab qilayotgandi.Uning qo'li kuyganligi uchun ham u bu ishlarni qilishga qiynaladi.

--Hop xonim - Minji boshini egib tepa qavatga kirxona tomon borayotgandi.Uni ichkaridan tortib qo'li bilan og'zini yopib oldi...

14-qism
The end✨

Keyingi qismi aktivlarga qarab tashlanadi.Yoki muzlatiladi.Obunachilar iltimos aktiv bo'ling.

#DahyeπŸ¦‹

@Savage_world_fanfic