November 30

𝐐𝐢𝐬𝐡 𝐡𝐢𝐤𝐨𝐲𝐚𝐬𝐢

— 𝘔𝘦𝘯𝘪𝘯𝘨 𝘬𝘰'𝘻𝘭𝘢𝘳𝘪𝘮 𝘫𝘶𝘥𝘢 𝘬𝘰'𝘱 𝘬𝘰'𝘻𝘭𝘢𝘳 𝘣𝘪𝘭𝘢𝘯 𝘶𝘤𝘩𝘳𝘢𝘴𝘩𝘥𝘪, 𝘢𝘮𝘮𝘰 𝘴𝘦𝘯𝘪𝘯𝘨 𝘬𝘰'𝘻𝘭𝘢𝘳𝘪𝘯𝘨 𝘣𝘪𝘭𝘢𝘯 𝘵𝘰'𝘲𝘯𝘢𝘴𝘩 𝘬𝘦𝘭𝘨𝘢𝘯𝘥𝘢, 𝘶𝘭𝘢𝘳 𝘰'𝘴𝘩𝘢 𝘫𝘰𝘺𝘥𝘢 𝘲𝘰𝘵𝘥𝘪... —

1-epizod

Semestr tugashiga oz qolgan bo’lsa-da, kutubxona sokin, deyarli odam yo’q edi. Faqat bir necha kishi atrofdagi o’rindiqlarni band qilgancha dars qilayotgan yoki semestr yakunida bo’ladigan imitxonga tayyorlanayotgan edi. Kitob javonlari orasida yengil qadamlar bilan yurgancha o’ziga kerakli kitobni qidirayotgan yigit, qidiruv natijalaridan ko’ngli to’lmagach, kutubxonachi ayolning oldiga bordi.

– Menga Italiya arxitekturasiga oid kitob kerak, shunday kitob bormi?-so’radi yigit yumshoqlik bilan.

– Topib beraymi?

– Iltimos, agar sizni bezovta qilmasa.

Epchillik bilan stol yonidan o’tib, qaysidir burchakdagi kitob javonlar orasiga kirib ketgan ayol tez orada qaytib, yigitga kitob uzatdi.

– Shunisi bo’ladimi?

Kitobni qo’liga olib, bir nazar tashlagan Sunghoon, yengil bosh irg’ib jilmaygancha o’z joyiga qaytdi.

Kitobning muqovasini ehtiyotkorlik bilan ushlab, kitobni ochgan yigit, anchadan buyon qidirib yurgan kitobini ishtiyoq bilan o’qishga kirishdi. Oradan bir necha daqiqa o’tmasdan, nimadirning shig’irlayotgan ovozi yigitni chalg’itdi. Sunghoon boshinin kitobdan ko’tarib, atrofga alanglagancha uni bezovta qilayotgan ovoz manbaini qidirishga kirishdi. U yoq bu yoqqa qaradi, hamma jim o’tirgancha o’z ishi bilan mashg’ul bo’layotganini ko’rib biroz hayron bo’ldi. Har ehtimolga qarshi ortiga ham bir qarab qo’ymoqchi bo’lgan yigit, tasodifan kutubxonaning derazasini ko’rdi-yu, boshini o’n yelkasi tomon biroz og’dirdi.

– Mana nima meni bezovta qilaypti-o’yladi yigit yomg’ir tomchilari deraza oynasiga urilgancha tovush chiqarayotganiga guvih bo’lib.

Biroz oyna ortidagi manzarani tomosha qilgach, yigit e’tiborini yana o’qiyotgan kitobiga qaratdi. Avval o’qiyotgan satrni topguncha, keyin uni o’qib tushunguncha ozroq vaqt ketdi. Sunghoon bir satrni qayta-qayta o’qisa ham hech nimani tushunmas edi. Yigit ortidagi stulga biroz suyanib, ko’zlarini yumdi. So’ng bir bor chuqur uh tortib, ko’zlarini ochdi.

“– Hammasiga shu yomg’ir ovozi aybdor, meni chalg’ityapti”-o’zicha o’yladi yigit.

Kutubxona

* * *

– Yigitcha, soat allaqachon 8 bo’ldi, kutubxona yopilyapti-qayerdandir kutubxonachi ayolning ovozi eshitildi.

Biroz avvalroq stulga suyangancha nimadirlarni hayol qilib yotgan Sunghoon, o’zi bilmagan tarzda uxlab qolgan edi. Uning boshi g’alati guvvullar, go’yo bo’m-bo’sh bo’lib qolgandek edi. Sunghoon og’irlashib ketayotgan ko’zlarini zo’rg’a ochib o’rnidan turdi. Muvozanatni saqlash uchun bir qo’li bilan stulni ushlagancha, sumkasiga parta ustidagi o’ziga tegishli buyumlarni soldi. Keyin esa qo’liga plashini olgancha, kitoblarni kutubxonachi ayolga topshirib, chiqish eshigi tomon yurdi.

– Plashni ustingizga kiyib oling, qor yog’yapti, sovuq-dedi ayol.

“– Qor yog’yapti?”-bir necha soniya to’xtab qolgach, Sunghoon sekingina ustiga plashini kiydi va kutubxonani tark etdi.

Har safar qish kelishi bilan Sunghoon qor yog’ishini kutadi. Birinchi qor yog’gan kunda, uning ko’ngli qandaydir xursandchilik, baxt bilan to’ladi. U qor ko’proq yog’ishi, yerni oppoq qor qoplashini hoxlaydi. Sunghoon qor ustida dumalagancha, qah-qah otib, zavq bilan kulishni istaydi. Undan tashqari har yili birinchi qor yog’gan kun u bilan qandaydir esda qolarli hodisa yuz beradi. Qiziq a?

“– Bu yil yana nima ro’y berar ekan?-o’yladi Sunghoon.”

Yigit o’z o’ylari bilan bo’lib, qanday qilib kichik hiyobonni bosib o’tgani-yu, eski kinoteatr binosi oldiga kelib qolganini bilmay qoldi.

* * *

Qor endi qalinroq va tezroq yog’ayotgan, ko’chada hech qanday piyodalar qolmagan edi. Yo’llarda ham mashina va avtobuslar kam, asfalt muzlashni boshlagan edi.

Sunghoon avtobus bekatida turgancha, o’ziga kerakli avtobusni kutar ekan, telefoni o’chib qolgani uchun biroz asabiylashayotgan edi. Bekatga kelganiga allaqachon 20 daqiqadan oshgan bo’lsa-da, hech qanday avtobus kelmaganiga battar g’azablanar edi. Yigitning barmoqlari allaqachon muzlab qolgan, qirra burnining uchi esa sovuqdan qizrib qolgan edi.

Sunghoon

Bir payt deyarli bo’m-bo’sh avtobus bekat oldiga to’xtadi. Ancha kech bo’lgani, bu oxirgi avtobus bo’lishi mumkinligini o’ylagan yigit darrov o’rnidan turib, avtobus tomon yurdi. Ichi issiqqina bo’lgan avtobusga chiqqach yigitning ta’bi biroz xiralashdi. Avtobusda o’rta o’rindiqlarda o’tirgan 3 kishidan boshqa hech kim yo’q edi. Oyna oldidagi o’rindiqda jigarrang palto kiygan qiz, uning yonida qizil sharf o’rab olgan yigit avtobus o’rindig’ida qisilishgancha o’tirar. Ularning ortidagi o’rindiqda esa sigaret tutatayotgan yigit o’tirgan edi. Sunghoonning ta’bini xira qilgan narsa esa bu o’sha jigarrang palto kiygan qiz o’ziga tanish ekanligi edi.

Bu qiz Teatr-rassomlik institutida o’qiydigan, Sunghoon ismini bilmaydigan qiz edi. San’at va arxitektura institutlari bo’yicha musobaqa o’tkazilganda, shu qiz mashxur rassom Nam Jun Pek va uning asarlari haqida juda to’lqinlanib, ajoyib bir zavq bilan gapirgan edi. O’sha musobaqada Sunghoon o’qiydigan Arxitektura institute yutqazgan bo’lsa ham, Sunghoon bundan umuman xafa bo’lmagan edi. Aksincha bu qizning rassom va uning asarlari haqida berilib gapirishi, yigitni o’zgacha xursand qilgan edi. O’sha payt bu qizning sur’ati Sunghoonning miyasida ‘farishta’ nomi bilan muxrlangan edi.

Biroq bugun xuddi o’sha ‘farishta’ni bir yigit bilan siqilishib o’tirganini ko’rgach, Sunghoonning g’ashi keldi, bu unga yoqmadi.

“– Tashqi ko’rinish aldamchi bo’ladi!”-o’ziga ta’kidladi Sunghoon

Keyin esa o’sha ‘farishta’ga qaramaslik uchun avtobus oynasidan shahar ko’chalarini tomosha qila boshladi.

Oradan 2 daqiqa o’tar-o’tmas, o’sha tomondan qiz bolaning yalingan ovozi keldi:

– Qanaqa odamsiz, qo’yib yuboring, axir!

Qizning yolvorgan tovushini eshitgan Sunghoon bir zumda o’sha tomon o’girildi. Boyagi qizil sharfli yigit qizni oyna tomondagi o’rindiqqa yanada qisib qo’ygan, orqadagi sigaret chekayotgan yigir esa qizning qulog’i ortida og’ir nafas olayotgan edi.

Bu sahnani ko’rishi bilan Sunghoon qattiq g’azablanib, o’rnidan turib ketdi. U shartta o’sha tomon yurib, sigaret tutatayotgan yigitning yelkasidan tortib o’ziga qaratdi va yuziga bir musht tushirdi.

– Nega unga yopishyapsiz?-so’radi Sunghoon g’azab bilan so’ng qizil sharfli yigitni sharfidan tortib, qizdan uzoqlashtirdi.

Aynan kimdir yordam berishini kutib turgan qiz tezda o’rnidan turdi va avtobusning bosh qismiga yugura ketdi. Yana bir bekatga yaqinlashishgan ekanmi, avtobus sekin to’xtab, eshiklarini ochdi. Qiz avtobus eshigi ochilishidan avval bir bor Sunghoonga mehr va tashakkur bilan to’lgan ko’zlari bilan qarab qo’ygancha, sakrab avtobusdan tushdi.

Sunghoon uning katta va qo’rquvdan allaqachon yoshlangan ko’zlari, uzun kipriklariga mahliyo bo’lib, chakkasiga kelayotgan mushtni sezmay qoldi. Qachonki, avtobus poli ustiga yiqilgach, nima bo’lganini tushunib, o’rnidan turishga harakat qildi. Biroq unga ikkinchi yigit ham hujum qilib, qorniga tepdi. Musht tushirgan yigit Sunghoon turmoqchi bo’lgan payt uni orqa o’rindiqqa itarib yubordi va haydovchiga to’xtashini aytdi. Avtobusdan tushishdan avval ikki yigit ham Sunghoonga g’azab to’lgan nigoh bilan qaragancha g’oyib bo’lishdi.

Chakkasi lovvullab, qorni og’riyotgan yigit zo’rg’a o’rnidan turib, avtobus o’rindig’iga og’ir o’tirdi. Plashining cho’ntagidan ro’molcha olib, labi chetidan oqayotgan qonni artib, kiyimlarini qoqdi. Biroq shu payt tuning yodiga yana o’sha qizning ko’zlari esiga tushdi.

– Menimcha, men uni ‘farishta’ deb xato qilmaganman -yana fikri o’zgarib, o’ziga ta’kidladi Sunghoon.

Saewon

* * *

Allaqachon talabalar yotoqxonasiga kelib, 4-qavat yo’lagi bo’ylab ketayotgan yigitning hali ham chakkasida hiyol og’riq bor edi. Biroq Sunghoonning ko’z oldida gavdalanayotgan o’sha ‘farishta’ qizning chehrasi og’riqni hatto bilintirmas edi.

– Uni yana ko’rarmikanman?-o’ziga savol berdi Sunghoon yotoqxonaga kirish davomida.

Savolga javob topilmasligini bilsa ham, baribir o’zidan o’zi so’radi. Biroq uning hayollari chalg’idi, to’grirog’i chalg’itishdi.

-Hoon, keldingmi?-xonaning burchagidan Sunghoonning xonadoshining ovozi keldi.

Bu Ri-ki edi. Bu yigit aslida Yaponiyalik bo’lib, Koreyaga o’qishga kelgan edi. Ri-ki hazilkash, kirishimli mehnatkash yigit edi. Undan tashqari, rostgo’y va mehribon, biroz talabchan va tartibli edi. O’zining do’sti yoki yaqini uchun hamma narsaga tayyor bu yigit Sunghoon bilan 3 yildan buyon xonadosh edi. Sunghoon va Ri-kining yaxshigina do’stlik aloqalari bo’lib, allaqachon bir-birlariga aka-ukalarday bo’lib ketishgan edi.

Ri-ki

– Keldim,-chiroqni yoqqancha gapirdi Sunghoon-Va eslatishning hojati yo’q, bugun xonani tartibga solish mening navbatim.

Ri-ki gapirmoqchi bo’lgan gapni Sunghoon aytib qo’yishi bilan, Taehyung o’rnidan biroz ko’tarilib, Sunghoonga jilmaydi. Biroq Sunghoonning qizarib qolgan chakkasi-yu, sal avval qonagan labini ko’rishi bilan tabassum g’oyib bo’ldi.

-Kim? Nima bo’ldi?-darhol o’rnidan turgancha Sunghoonga yaqinlashish barobarida so’radi Ri-ki.

-Hoy, e’tibor bermang, biroz chiniqib oldim-da,-Ri-kini xavotirga qo’yishni istamay gapirdi Sunghoon.

– Ha, Yangi Yilga lampochka yetishmay turgan edi,-kinoya qildi Ri-ki, bir necha qadam narida turgan javonchadan nimadir qidira turib.

Sunghoon jimgina jilmayib qo’ydi. Uning ko’z oldida yana o’sha ‘farishta’ tasviri gavdalandi. So’ng Ri-kiga qaradi.

– Menga hech nima kerak emas,-do’stiga qayg’urgancha dori qutidan nimadir topishga urinayotgan Ri-kining harakatlarini kuzata turib gapirdi Sunghoon.

– Nega kerak emas ekan? Ertaga o’qishga qanday borishni o’ylayapsanmi?-hech nima topa olmagani tufayli biroz bezovtalanib gapirdi Ri-ki.

– Shu ko’rinishda o’qishga borsam, uyat bo’lar? Ertaga bormayman-bir necha daqiqa avval qabul qilagn qarorini aytdi Sunghoon.

– Dam olamiz deng?-so’radi Ri-ki.

– Ha shunday, dam olamiz-eshik tomon yurgancha gapirdi.

– Biz ham Kyonso bilan Yangi Yilda nima qilishni rejalashtiryapmiz. U ona shahri Seulga qaytmoqchi ekan-yotog’iga yota turib gapirdi Ri-ki, Kyonsoning rejasi unga yoqmagani ohangidan bilinar edi.

– Siz-chi? Nima deb javob berdingiz?-eshikdan chiqa turib, so'radi Sunghoon.

– Nima ham der edim? Qarshilik qilmadim, aksincha men ham Tokioga qaytishim mumkinligini aytdim. O’sha ondayoq, ‘men Seulga qaytmayman, siz ham Tokioga qaytmaysiz. Shu yerda birga Yangi Yilni nishonlaymiz!’ deya harxasha qildi. Uning fikricha, Tokioga qaytsam, uning nazoratidan chiqib, boshqa qizlarga xushomad qilar emishman. Kyonso juda rashqchida, Hoon-nim tabassum bilan javob berdi Ri-ki.

* * *

-Agar men ham ‘farishta’ bilan uchrashganimda, u ham meni shunday rashq qilgan bo’larmidi?-qo’lidagi chelakni ushlab olgancha 4-qavat yo’lagi bo’ylab ketayotgan yigit o’zidan so’radi.

Ahmoqona savol ekanligini bilsa-da, bu savolning javobiga qiziqar edi. Umuman olganda, Sunghoon hech qachon ‘farishta’ bilan uchrashish u yoqda tursin, har qanday oddiy qiz bilan uchrashishni tasavvur qilib ko’rmagan. Ammo hozir negadir allanechuk mayin hislarni his qilib, savolning javobini bilishni istadi.

* * *

Tashqaridagi qorning yog’ishi, sovush shamol esishi kabi tabiat hodisalarning ovozi xonani va hatto Sunghoonning miyasini ham egallab oldi. Peshonasidagi ter tomchilarini artgan yigit hozirgina o'zi tozalagan xonaga bir bor nazar tashlagach, asta bosh irg’ib, qo’llarini chayish uchun yana xonadan chiqib ketdi.

Bir necha daqiqa o’tgach, xonaga qaytgan Sunghoon chiroqni o’chirdi-da, yotog’i tomon yurdi. Yotoqqa asta joylashar ekan, uning hayollari yana o’sha ‘farishta’ning sur’ati bilan band edi.

“– Nega men uni o’ylayveryapman?-o'yladi Sunghoon.”

Ko’zlarini yumgancha, tashqarida esayotgan sovuq shamol ovozini tinglab yotgan Sunghoon o’zi bilmagan holda uyquga ketdi.

• 1-epizod tugadi
• #Minatozaki_Mitsuki