December 7

𝐐𝐢𝐬𝐡 𝐡𝐢𝐤𝐨𝐲𝐚𝐬𝐢

— 𝘔𝘦𝘯𝘪𝘯𝘨 𝘬𝘰'𝘻𝘭𝘢𝘳𝘪𝘮 𝘫𝘶𝘥𝘢 𝘬𝘰'𝘱 𝘬𝘰'𝘻𝘭𝘢𝘳 𝘣𝘪𝘭𝘢𝘯 𝘶𝘤𝘩𝘳𝘢𝘴𝘩𝘥𝘪, 𝘢𝘮𝘮𝘰 𝘴𝘦𝘯𝘪𝘯𝘨 𝘬𝘰'𝘻𝘭𝘢𝘳𝘪𝘯𝘨 𝘣𝘪𝘭𝘢𝘯 𝘵𝘰'𝘲𝘯𝘢𝘴𝘩 𝘬𝘦𝘭𝘨𝘢𝘯𝘥𝘢, 𝘶𝘭𝘢𝘳 𝘰'𝘴𝘩𝘢 𝘫𝘰𝘺𝘥𝘢 𝘲𝘰𝘵𝘥𝘪... —

2-epizod

Allaqachon qor bosgan va mashina balonlarining izi bo'lgan yo'lda endi-endi odam izlari paydo bo'la boshladi. Bu izlar ortiga qaramay, jon-jahdi bilan yugurayotgan qizga tegishli edi. O'ng yelkasiga osib olgan sumkachasi zo'rg'a ilinib turgan edi. Oyog'idagi etikchalarining poshnalari baland bo'lsa-da qiz qo'lidan kelgancha tezroq yugurar edi. Yarim soat tinmay, shunday yugurgan qiz o'z uyining yaqiniga kelgandagina qadamini biroz sekinlashtirdi. Qo'lini ko'kragi ustiga qo'ygan qiz chuqur-chuqur nafas olishga harakat qildi.

– La'natilar!-biroz avval o'ziga duch kelgan ikkita yigitni eslab pichirladi qiz va unga yordam bergan yigitni eslagancha o'yladi-Anavi yigitchi? Ahvoli yaxshimikan?...Qayerdan ham yaxshi bo'lsin, anavi ikkovi sog' qo'yarmidi?

Qulflanmagan darvozani sekin ochib, qiz ichkariga kirdi. Kichik hovli allaqachon qorga to'lgan, tun bo'lganligi tufayli qor milt-milt yonib, nur sochayotgandek tuyular edi. Qiz chekka yo'lak bo'ylab, uyga kirish eshigi tomon yurdi. Uy ichiga kirishdan avval etigi poshnalarini bir-biriga urgancha etigiga yopishib qolgan qorlarni tozalagan qiz uy eshigini ochib, ichkariga kirdi.

Uy ichiga kirishi bilan issiq havo yuziga urilgan Saewon allaqachon soat tungi 11 lar atrofida bo'lsa ham kutib turgan onasini ko'rdi. Uning onasi Soojin maktabda o'qituvchi bo'lib ishlar, mana hozir ham o'quvchilarninh loyiha ishlarini taqqoslab o'tirgan edi. Kirish eshigi ochilishi bilan stoldan bosh ko'targan Soojin Saewonni ko'rib, ancha hotirjam bo'ldi.

– Buncha hayallading? Ertaroq kelaman degan eding-ku?!-so'radi ayol yana o'z ishiga qayta turib.

– Qayerdan bilay, birdan qor yog'ib qoldi-ku! Issiqroq kiyinmagan edim. Kiyim qidirib yurdim-aslida dugonalari bilan vaqtini chog' o'tqazgan Saewon onasini aldadi.

– Ha, shundaymi?-tushungandek bosh irg'idi Soojin.

Park Soojin – Saewonning onasi

Onasi chippa-chin ishonganiga hayron bo'lmagan qiz sekingina xonasiga yo'l oldi. O'zi doim shunday, Soojin maktabda qattiqqo'l o'qituvchi bo'lsa-da, qizi Saewonga so'zsiz ishonar edi. Umuman olganda Saewon ham tez-tez yolg'on gapirib yuradiganlardan emas. Biroq baʼzan dugonalari bilan vaqt o'tkazmoqchi bo'lsa, onasi "– Behuda narsalarga vaqt saflama" deya ruxsat bermaydi. Shuning uchun, Saewon 'loyiha ishi'ni bahona qilib, dugonalari bilan vaqt o'tqazadi.

Xonasiga kirgancha sumkasini dars stoli ustiga qoʻygancha kiyimlarini ham almashtirmagan Saewon o'zini yotoq ustiga tashladi. Allaqachon charchab-xorigan qiz, ko'zlarini asta yumishi bilan uyquga cho'mdi.

* * *

Sunghoon uyg'onganda soat allaqachon ertalabki 9 dan o'tgan, kecha ogohlantirgani uchun Ri-ki uni bezovta qilmasdan, o'qishga ketgan edi. Hali ham simillayotgan chakkasi yigitni yetarlicha bezovta qilar edi. Sunghoon sekingina yotoqqa o'tirib, bir nuqtaga tikilgancha nimadirlarni o'ylab o'tirgan edi-ki, eshik taqillab, Sunghoonni hayollarini chalkashtirib yubordi.

"– Kun boshlanishi bilan kim bezovta qilyapti ekan?"-degancha tezda kiyingan yigit eshik tomon yurdi. Deyarli yetay deganda eshik yana bir bor taqqilagan edi-ki, Sunghoon qo'lini eshik tutqichiga uzatib, eshikni ochdi-yu, g'azab va hayrat aralashmasini his qildi.

– Hayrli kun!–eshik tagida jilmaygancha Miya turar edi.

Miya – Sunghoonning sobiq rafiqasi

Bosh irg'ish bilan kifoyalangan yigit, "– Nega kelding?" degan savol nazari bilan qizga qaradi.

– Shu yerga yo'lim tushgan edi, sobiq erimni to'yimga taklif qilay dedim-hali ham jilmaygancha so'zladi Miya.

– Turmushga chiqyapsanmi? Tabriklayman!-dedi ovoziga o'zgacha ohang bergan Sunghoon.

– Rahmat!-bir on tabassumi g'oyib bo'lgan qiz zarda bilan javob qaytardi Miya.

Miyaning bu qiliqlari foyda bermay, pinagini buzmagan Sunghoonga tikilgancha turar edi.

– Shunday qilib, qaroringizda qat'iy turib oldingizmi? Hali ham o'zgartirmadingizmi?-birdan eski muammolarni eslatdi qiz.

– Men biror marta qarorimni o'zgartirganmanmi?-savolga savol bilan javob berdi Sunghoon.

– Hali shundaymi? Hali ham noz qilaman deng?! Sen ham erkakmisan?!-g'azab bilan ortiga burilib, tuflisining poshnalarini jahl bilan taqqillatgancha yo'lak bo'ylab ketib qoldi Miya.

"– Ayb o'zingda! Kim senga xiyonat qil degan edi, ahmoq?"-sobiq rafiqasining qilig’idan biroz bezovta bo’lgan Sunghoon hitob qildi.

* * *

U paytlar Sunghoon hali universitetda o'qimas edi. Maktabni bitirgandan keyingi 2 yil davomida o'yin-kulgu qilib yurdi, biroq o'zining moddiy ahvoli yomonlashgach, ishlashga majbur bo'ldi. Yana 3 yil ham behuda o'tib ketdi. Shundan keyin Sunghoon harbiy xizmatga ketishga qaror qildi. 27 yoshida harbiy xizmatdan qaytib, Arxitektura universitetiga o'qishga kirmoqchi bo'ldi. 2 yil ketma-ket imitxondan o'ta olmagach, universitetdan umidini uza boshladi. O'sha kunlarda, siqilib, universitetga o'qishga kira olmayotgani alam qilib, biroz yengillashish uchun sayr qilishga qaror qildi.

Qish kunlari, Yangi Yil yaqinlashayotgani bois shahar ko’chalari bayram shukuxida chiroyli bezatilgan, daraxt shoxlariga rangli chiroqlar osilgan, turli xil savdo do’konlari ham Yangi Yil munosabati bilan maxsus chegirmalar qilgan edi.

“– Yangi Yil kelyapti, men ham bir o’zimni xursand qilay” degancha Sunghoon bu yerdan uncha uzoq bo’lmagan univermagga borishga qaror qildi. Qadamlarini tezlashtirgan yigit, vanihoyat o'sha univermagga yetib keldi.

Peshtoqiga katta-katta harflar bilan 'NC Oulet' deb yozilgan, univermag oynalariga esa turli xil reklama qog'ozlari va chegirmalar haqida eʼlonlar yopishtirilgan edi.

NC Oulet – Univermag

Sunhgoon eshikdan ichkariga kirishi bilan univermag gavjum ekanligiga guvih bo'ldi. Yangi Yil yaqinlashgani uchun odamlar o’zlari va yaqinlari uchun sovg’alar harid qilishayotgan edi. Sunghoon savdo rastalari bo’ylab yurib, ko’ziga tashlanadigan biror nimani qidira boshladi. Va oradan 2 daqiqa o’tar-o’tmas topdi ham. Biroq u topgan narsa shunchaki narsa emas kishi edi. Ha, ha! Huddi shunday! Univermag kassasida chaqqonlik bilan xaridorlarga xizmat qilayotgan, oppoqqina, muloyim qiz Sunghoonni shoshiltirib qo’ydi. Qizga 2 daqiqadan ortiq tikilib turganini o’zi sezmagan yigit, faqat yuragi qinidan chiqadigan darajada urayotganini his qilar edi xolos. Go’yo bu qiz uning aql-u xushini olib qo’ygandek edi. Sunghoon nima qilishni bilmay hali ham qotib turar ekan, uning ortidagi mijoz gapirdi, “Hoy yigit, yo’lni to’smang!”.

Sunghoon tezda o’ziga kelib chetroqqa o’tdi. Ayol o’tib ketgach, Sunghoon yana bir bor kassadagi qizga qaradi, so’ngra yana rastalar orasiga kirib ketdi.

O’sha kuni Sunghoon o’ziga yangi kiyimlar xarid qilib, uyiga qaytdi. Uyiga kelgach kiyimlarni yana bir bor ko’zdan kechirar ekan, sotib olgan shimi o’ziga katta ekanligini his qildi hamda shimni almashtirib kelish uchun yana o’sha univermagga borishga qaror qildi. Bir tomonda, yana o’sha qizni ko’ra olishidan xursand bo’lgan yigit, erta tongda turiboq, o’sha univermagga yo’l oldi. Univermagga kelganida, soat endigina ertalabki 7:40 bo’lgan edi. Univermag oynasiga esa hali ham “Yopiq” yorlig’i ilib qo’yilgan edi. Sunghoon yarim soatcha kutgandan so’ng, huddi o’sha qiz yo’lning narigi tomonidan kelib, univermag eshiklarini ochdi. Hali erta bo’lgani uchunmi, xaridorlar yo’q edi. Qiz bilan yolg’iz bo’lishi mumkinligini o’ylagan Sunghoon o’zicha jilmaydi-da, univermag ichiga kirdi. To’g’ri kassa tomon yurgan yigit, qo’lidagi yangi shimni kassa stoli ustiga qo’yib, qizga qaradi.

– Janob, biror muammo bormi?-uning harakatlaridan hayron bo'lgan qiz so'radi.

– U menga katta ekan, almashtirishning ilojisi bormi?-qizning nima deyishiga qiziqqancha gapirdi Sunghoon.

– Ha, o’zim ham o’ylagan edim, shim katta ekanligini, otangiz uchun sotib olyapsiz deb o’ylagan edim-dedi qiz nim tabassum qilgancha.

– Oh, shundaymi?-dedi Sunghoon aslida esa ichida “Meni eslab qolibdi” deya xursand bo’lgancha.

– Albatta va agar xohlasangiz shimni almashtirib beraman-taklif berdi kassa stolidan chiqqancha kiyim rastalari tomon yurgan qiz.

– Ha, aynan almashtirish uchun keldim-qizning ortidan yurgancha gapirdi Sunghoon.

Shundan so’ng, har qanday mayda narsa kerak bo’lsa ham Sunghoon o’sha univermagga boradigan bo’lib qoldi. Oradan 1 oy o’tmasidan, Sunghoon qizni kechki ovqatga taklif qildi. O’sha kuni navbatchi ekanligini baxona qilgan qiz, keying safar albatta o’z hisobidan kechki ovqat olib berishini va’da qildi. O’sha kuni Sunghoon biroz xafa bo’lgan bo’lsa ham, qizning tez orada xabar berishini kuta boshladi. Vanihoyat u 19-fevral kuni Miyadan kelgan jo’natmani o’qidi.

“Qadrdonim Sunghoon”

“Men ishxonamdan bugun uchun javob so’radim, shunday ekan, bugun kun bo’yi bo’shman. Agar sizning ham vaqtingiz bo’lsa, kunni birga o’tqazishga nima deysiz? Birga tushlik qilamiz, kino ko’ramiz va istirohat bog’ida sayr qilamiz”

“– Ahvolingiz yaxshi deb umid qiluvchi, Miya”

Telefoniga kelgan bu xabarni o’qishi bilan hayajonlanib ketgan Sunghoon, barmoqlari qaltiragancha bir necha daqiqa javob yozishga qiynaldi. Biroq ozroq suv ichib olgandan so’ng, ehtiyotkorlik bilan javob xatini yozdi.

“– Vanihoyat sizdan kelgan xabarni ko’rib, g’oyat xursandligimdan, boshim ko’kka yetdi. Va men albatta bo’shman. Uchrashuv manzilini yubora olasizmi?”

“– Shahar markazidagi favvora oldida uchrashishga rozimisiz?”

2 daqiqadan so’ng javob xabarini o’qigan Sunghoon rozi ekanligini aytib, uchrashuvga tayyorlandi.

O’sha kun Sunghoonga unutilmas bo’ldi. Keyinchalik esa ular tez-tez uchrashib tura boshlashdi. Oradan roppa-rosa 7 oy o’tib, Miya Sunghoonga turmush qurish niyati borligini aytdi. Deyarli aniq bir ishi ham bo’lmagan Sunghoon nima qilishini bilmay qolgan bir paytda, Miya to’yni o’zinin otasi o’tqazishini aytdi. Va 2018-yil, 19-sentyabrda Park Sunghoon va *** Miya turmush qurishdi. Biroq turmushdan bir oy vaqt o’tmasdan kata muammolar paydo bo’lib, janjallar boshlandi. Yoshligidan yetim bo’lgani uchun Sunghoon ijara xonadonda turar edi. Biroq to’ydan keyin, Miyaning otasi Sunghoonning ijara uyida yashashiga qarshilik qila boshladi. Miyaning onasi ham doim Miyaning uyiga mehmondorchilikka borishsa, mayda narsalardan ham janjal chiqarar, Sunghoonga tez-tez kinoyali gaplar gapirar edi.
Ota-onasi tufaylimi, Miya ham Sunghoonga sovuq munosabatda bo’la boshladi. Miya aslida munosabatlarda bo’lgan paytdagidek mehribon, muloyim emasligini Sunghoon tushundi. Biroq, Sunghoon Miyani yo’qotishni istamas, Miyaning “o’ziniki” ekanligidan qoniqish hissini his qilar edi. Oradan 4 oy ham o’tib ketdi. Qish kunlari tugab, bahorning iliq kunlari kelayotgan bo’lsa ham, Sunghoon hali ham o’ziga iliqlik kelmaganini his qilar edi.

* * *

Ajrashishga sabab bo’lgan muammo 2019-yil, 5-martda yuz berdi. Sunghoon o'sha kuni ishdan biroz ertaroq chiqdi. Miya bugun onasinikiga bormoqchi ekanligini aytgani uchun, Sunghoon uyda yolg’iz va xotirjam bo’lishini o’yladi. Uyga yetib kelgach, qulf eshikni ochish uchun kissasidan kalitlarni chiqardi. Qulfga kalitlarni tiqqach esa, eshik shundoq ham ochiqligini angladi. Biroz hayron bo’lgan yigit, eshikni sekin ochib ichkariga ko’z tashladi. Ostonada o’zi Miyaga Yangi Yilda sovg’a qilgan tufli va o’ziga tegishli bo’lmagan erkakning oyoq kiyimi bor edi. Ko’ngli g’ash bo’lgan yigit, ovoz chiqarmaslikka harakat qilib, uy ichkarrog’iga yurdi va nihoyat yotoqxonaga kelganda, u yerda chiqayotgan ovozlarni eshitib muzlab qoldi.

Bu ovozlarning biri ya'ni mayinrog'i o’zi bilgan Miyaga tegishli edi. Ikkinchi ovoz esa, notanish erkakning bo’g’iq ovozi edi. Sunghoon qattiq qo’rqib ketdi. U kimdan bo’lsa ham Miyadan bunday qilishini kutmagan edi. Sunghoon hayolini yig’ib olishi bilan uydan chiqib ketdi, chunki uning yotoqxona eshigini ochib, ortidagi sahnani ko’rishga yuragi betlamas edi. O’sha kuni Sunghoon ichdi, bo’kib ichib, keragidan ortiq darajada mast bo’ldi. U qancha ichganiga e’tibor bermas, hayolida esa “Xiyonat!” degan qandaydir ovoz jaranglab turar edi.

Sunghoon [Saewon ommaning juda kelishgan yigiti bor-da 🌚🌚]

O’ziga tegishli, eski xotiralarni bir bor eslagan Sunghoonning o’ziga achinib ketdi. O’sha ishlardan so’ng Sunghoon Miya bilan ajrashdi. Biroq har safar Miyani ko’rganida, yuragida achishish hissini his qilar edi. Nima qilganda ham, Miya uning birinchi muhabbati edi-da!

* * *

-Bugun Hojae bilan ko’rishdim, Rojdestvo kuni uchun uyida dasturxon yozar emish, bizni ham taklif qildi,-universitetdan qaytishar ekan Ri-ki ma’lum qildi.

-Yaxshi, unda boramiz-osongina rozi bo’lib qo’ya qoldi Sunghoon.

Hojae Tejon(Daejon)lik yigit edi. Hojae va Ri-ki bir-biri bilan yoshligida do’stlashib qolgani uchun Hojae Ri-ki va Sunghoonni tez-tez uyiga taklif qilib turar edi.

* * *

Havo sovuq, atrofga tuman tushgan, ko’chada deyarli odamlar yo’q edi. Yo’llar muzlab, qor bilan qoplangani uchun odam ehtiyot bo’lib yurmasa, sirg’alib biror joyini shikastlab olishi hech gap emasdi. Huddi shunday sovuqda, qo’llariga sovg’a qutilarini tutib olgan yigitlar, ko’p qavatli binolar orasidan o’zlariga keraklisi tomon yurib ketishayotgan edi.

Vanihoyat, binolardan biriga kirib, lift tomon yurishdi. Liftga chiqib, “5” tugmasini bosib, beshinchi qavatga ishora qilgandan so’ng, Ri-ki boshidagi shapkasini yechib, sochini tartibga solishga tushdi.

-Jin ursin bu sovuqni!-sovuqqotib ketganligi uchun hitob qildi Ri-ki.

Sovuqdan yuzi oqarib, burnining uchi qizarib qolgan Sunghoon indamadi.

-Mayli, ichkariga kirib, somek (somaek) ichib olsak, bizni tezda isitib qo’yadi-dedi Ri-ki va u gapini tugatgach lift to’xtab, eshiklar ochildi.

Yigitlar yo’lak bo’ylab yurgancha, “201” yorlig’i osilgan eshik oldida to’xtashdi. Ri-ki eshik qo’ng’irog’ini bir marta bosib, biror kishi eshik ochishini kutgancha ortga bir qadam tashladi.

-Xush kelibsizlar!-dedi Ri-ki va Sunghoon kirishi uchun eshikni ochgan Hyejin [Hojaening rafiqasi].

Yigitlar Hyejinga jilmayib, sovg'alarni unga uzatishdi. Eshikdan ichkariga kirgancha ostonada oyoq kiyimlarini yechib, mexmonxona tomon yo’l oldilar. Mexmonxona alohida dasturxon yozilgan, ayniqsa bir nechta spirtli ichimlik stol o’rtasiga joylashtirilgan edi. Televizor yaqinroq joyda qo’lida chaqaloq ko’tarib olgan Hojae eshikdan kirib kelgan Ri-ki va Sunghoonni ko’rishi bilan ular bilan so’rashish uchun o’rnidan turdi.

Oradan yarim soatcha o’tgach, hamma dasturxon atrofida o’tirar ekan, eshik qo’ng’irog’ining ovozi keldi. Hyejin tezda o’rnidan turib, eshikni ochish uchun mexmonani tark etdi.

Bir necha daqiqadan so’ng, mexmonxonaga Hyejin boshchiligida 2 kishi kirib keldi. Ulardan birini tanigan Sunghoonning ko’zlari kattalashib, baxtdan yuragi shishib ketdi.

Mexmonlar avval Hojae bilan so’rashgach, Sunghoon va Ri-ki tomon yurishar ekan, Sunghoonni ko’rgan qizning ko’zlari xursandchilikdan chaqnadi. Go’yo qiz ko’zlari orqali “– Men sizni taniyman, biz tanishmiz” deb Sunghoonga aytmoqchi bo’lgandek edi.

• 2-epizod tugadi.
#Minatozaki_Mitsuki