Yesterday

๐๐ข๐ฌ๐ก ๐ก๐ข๐ค๐จ๐ฒ๐š๐ฌ๐ข

โ€” ๐˜”๐˜ฆ๐˜ฏ๐˜ช๐˜ฏ๐˜จ ๐˜ฌ๐˜ฐ'๐˜ป๐˜ญ๐˜ข๐˜ณ๐˜ช๐˜ฎ ๐˜ซ๐˜ถ๐˜ฅ๐˜ข ๐˜ฌ๐˜ฐ'๐˜ฑ ๐˜ฌ๐˜ฐ'๐˜ป๐˜ญ๐˜ข๐˜ณ ๐˜ฃ๐˜ช๐˜ญ๐˜ข๐˜ฏ ๐˜ถ๐˜ค๐˜ฉ๐˜ณ๐˜ข๐˜ด๐˜ฉ๐˜ฅ๐˜ช, ๐˜ข๐˜ฎ๐˜ฎ๐˜ฐ ๐˜ด๐˜ฆ๐˜ฏ๐˜ช๐˜ฏ๐˜จ ๐˜ฌ๐˜ฐ'๐˜ป๐˜ญ๐˜ข๐˜ณ๐˜ช๐˜ฏ๐˜จ ๐˜ฃ๐˜ช๐˜ญ๐˜ข๐˜ฏ ๐˜ต๐˜ฐ'๐˜ฒ๐˜ฏ๐˜ข๐˜ด๐˜ฉ ๐˜ฌ๐˜ฆ๐˜ญ๐˜จ๐˜ข๐˜ฏ๐˜ฅ๐˜ข, ๐˜ถ๐˜ญ๐˜ข๐˜ณ ๐˜ฐ'๐˜ด๐˜ฉ๐˜ข ๐˜ซ๐˜ฐ๐˜บ๐˜ฅ๐˜ข ๐˜ฒ๐˜ฐ๐˜ต๐˜ฅ๐˜ช... โ€”

3-epizod

โ€“ Siz bilan ko'rishganmiz-tabassum qilgancha so'zladi qiz so'rashish uchun qo'lini Sunghoon tomon uzatib.

Sunghoon jilmaygancha bosh irg'idi va qizning ortida turgan yigitga e'tibor berdi. Klassik usulda qora kostyum-shim kiygan yigitning sovuq aurasi bilinib turar edi. Sunghoon tomon qo'lini uzatgan yigit indamay so'rashib qo'ya qoldi.

Yigit va qiz Hyejindan keyingi o'rindiqlarga o'tirishar ekan Sunghoon biroz hayron bo'ldi. Yigit darrov qizning oldiga qoshiq va sanchqi qo'ygancha unga qulaylik yaratishga kirishdi. Yigitning o'zi tanigan โ€˜farishtaโ€™ga bunday mehribon bo'lishi Sunghoonni biroz asabiylashtirar edi.

โ€“ Bu chiroyli qiz va kelishgan yigit kim?-hazil qilgancha qiziqdi Ri-ki.

โ€“ Bu mening amakivachcham Saewon, hamda anavi yigit do'stlarimdan biri Beomgyu-javob berdi Hojae.

โ€“ Ular ikkovi uchrashadimi?-gap qistirdi Sunghoon o'z qiziqqonligini yashira olmay.

โ€“ Oh, unday emas-Hojae javob berishidan avval bosh chayqagancha gapirdi Saewon.

Saewon tomon qaragan Sunghoon qoshlarini ko'tarib, unga savol nigohi bilan qaradi.

โ€“ To'g'risini aytsam, biz yaqinda uchrashishni boshlaymiz-avval tomoq qirib, so'ngra ma'lum qildi Beomgyu.

Beomgyuning birdan ma'lum qilgani Saewonning ko'zlari kattalashishiga sabab bo'ldi. Biroq tanishlar davrasida jimgina ma'qullashni to'g'ri yo'l deb o'ylagan qiz jimgina qoldim

Beomgyuning so'zlarini eshitgan zahotiyoq butun tanasi titraganini his qildi Sunghoon va qo'liga suv quyilgan stakanni ushlab oldi. O'zini tinchlantirish uchun suvdan ichgach Saewonga bir nazar tashladi-yu, Ri-ki bilan suhbatlasha boshladi.

Havo allaqachon taranglashgan, Ri-ki va Sunghoon bir nimalar haqida suhbatlashar ekan. Hojae qo'lidagi chaqaloqni sekin-sekin tebratar edi. Hyejin esa televizor tomosha qilishga harakat qilar ekan, Beomgyu jimgina ovqatlanar edi. Saewon ham havoning taranglashgani va xonadagi muxit o'zgarganini his qildi. Biroq nima deyishni bilmay, tizzasi ustida turgan qo'llariga tikilgancha jim qoldi.

* * *

Oradan yarim soat o'tdimi yoki bor soatmi Sunghoon buni bilmas edi. Xona juda issiqligini baxona qilgancha, ayvonga chiqqan yigit plashining kissasidan sigaret qutisini oldi. Bir necha daqiqa davomida sigaret qutisiga tikilib turgach, uni yana kissasiga qaytardi.

Ayvon orqali sovuq havo yuziga urilar ekan, Sunghoon qor yog'ishini tomosha qilar edi.

โ€œโ€“ Men ahmoq deyarli yigiti bor qizga ko'z tashlab yurgan ekanmanโ€-o'yladi Sunghoon.

Shu payt avyon eshigi ochildi va kimdir kirib keldi. Sunghoon e'tibor bermadi va atrofni tomosha qilishda davom etdi. Biroq bir necha soniya o'tmay, bilagiga tekkan iliq barmoqlar tufayli yuragi qattiqroq urib ketganini his qildi va o'sha tomon o'girildi.

โ€“ Bu yer sovuq, ichkariga kiring-jilmaygancha so'zladi Saewon.

โ€“ A? Ha shunday..kirmoqchi edim-hayajondan tili aylanmay zo'rg'a gapirdi Sunghoon.

โ€“ Qani yuring, kiramiz-Saewon yigitning qo'lidan tortdi.

โ€“ Ha, siz kiravering..men ham hozir kiraman-Sunghoon qizning qo'llarini xohlamasa ham qo'yib yubordi.

โ€“ Sovuqda shamollab qolasiz, sizsiz kirmayman-qaysarlik qildi Saewon.

โ€“ Tezroq kiring, meni kutmay. Har xolda Beomgyu xavotir olishi mumkin-bu safar Sunghoon gapirganda ovozi jiddiyroq chiqdi.

โ€“ Menga farqi yo'q! U baribir mebga begona!-qat'iy ovozda ma'lum qildi Saewon.

Qizning bu so'zlarini eshitgan Sunghoon bir on hamma narsa to'xtab qolgandek his qildi va darrov Saewonga savol nazari bilan qaradi.

โ€“ Umuman olganda, u noto'g'ri gapirdi. Onam meni bu yigit bilan uchrashishimni istayapti. Men esa bunga qarshiman. Chunki Beomgyu menga yoqmaydi-ma'lum qildi Saewon ko'zlarini Sunghoonning nigohidan olib qochib.

โ€“ Ha, shunday deng?-allaqachon lablari tabassumga yoyilgan yigit ancha yengil torgancha so'radi.

โ€“ Shunday ekan, yolg'iz bo'lganimizda, uni menga eslatmang-ortiga burilgancha mexmonxonaga qaytib ketdi Saewon.

Saewon

Qorparchalarining yerga va daraxt shoxlariga qo'nishini tomosha qilgan Sunghoon yana bir bor jilmaygach, sovuq qotganini his qilib, mexmonxona tomon yurdi.

* * *

Chaqaloqni tinchroq xonaga olib borish uchun ketgan Hyejin qaytgach Hojae qo'liga qizil rangli vinoni oldi va qapqog'ini qindan chiqardi. Stakanlarga teng taqsimlab quygach, hammaga vinodan olishni taklif qildi.

O'tirganlar birma-bir qo'llariga vino quyilgan stakanlarni olishar ekan, Hojae o'zi birinchi tilga kirdi:

โ€“ Keling Yangi Yilda faqat xursandchilik qilish uchun ichamiz?!

โ€“ Men esa Yangi Yilda hamma sog' bo'lishi uchun ichaman-dedi stakanni biroz qimirlatib qo'ygan Hyejin.

โ€“ Siz nima deysiz Saewon?-qiziqqancha so'radi Ri-ki.

โ€“ Men sof muhabbat uchun!-Sunghoon tomon bir bor nazar tashlagan qiz stakandagi vinoni bir ko'tarishda tugatdi.

Saewonning so'zlari-yu nigohi o'ziga atalganini taxmin qilgan Sunghoon hayajonlanmaslik uchun vinodan bir qultum ichib oldi. So'ngra stakanni stol ustiga qo'yib, hayajondan qaltirayotgan barmoqlarini stol ostiga yashirdi.

* * *

Ichkilik ichib, biroz mast bo'lgan Hojae birdan o'rnidan turdi va Hyejin tomon yurdi. Rafiqasining bilagidan ushlab, o'ziga tortdi va Ri-kiga qarab buyurdi:

โ€“ Sokin va raqsga mos musiqa qo'y!

Ri-ki tezda o'rnidan turib, televizor orqali biror musiqa qidirar ekan, vaqtni boy bermagan Hojae bir qo'lini Hyejinning beliga qo'yib, bir qo'li bilan uning yuziga tushgan tartibsiz sochlarini taradi.

Hojae va Hyejin raqsga tushar ekan Beomgyu telefoniga qo'ng'iroq kelgani uchun xonani tark etdi. Ri-ki musiqaga mos ravishda o'tirgancha tebranib-tebranib qo'yar ekan, Saewon birdan tilga kirdi:

โ€“ Biz ham raqsga tushamizmi?

Qizdan bunday taklifni kutmagan Sunghoon bir necha soniya sarosimaga tushib qoldi-yu, keyin asta bosh irg'idi.

Qo'lini uzatgan Saewon Sunghoonga o'rnidan turishga yordam bergach, uni xonaning markaziga tortdi. Bir necha qadam narida raqsga tushayotgan Hojae va Hyejinga halal bermaydigan holatda turib olgach, Saewon qo'llarini Sunghoonning chap yelkasi ustiga qo'ydi.

Nima bo'layotganini hali ham tushunmayotgan Sunghoon butunlay qotib qolgan edi. Buni sezgan Saewon yigitning o'ng qo'lini ushlab, o'zining nozik beliga qo'ygach, Sunghoonga qaradi. Yigitning sarosima va hayajon aralashmasi aks etgan yuzini ko'rgan Saewon jilmayib qo'ydi-da, musiqaga mos ravishda harakat qila boshladi.

Qo'ng'iroqni yakunlab, ortga qaytgan Beomgyu Saewon va Sunghoonning xuddi juftliklar kabi raqs tushayotganini ko'rib, chuqur uh tortdi va o'z joyini egalladi.

* * *

Endigina o'z o'rniga o'tirgan Saewonning qo'lidan qattiq ushlab olgan Beomgyu uni boshqa xonaga tortdi-yu, eshikni qarsillatib yopdi. Saewon yuzlangan yigit, jiddiy va asabiylashgan ovozda gapira boshladi:

โ€“ Bugun nima qilishni rejalashtirgansiz, Saewon? U yigit kim o'zi?

Beomgyu

โ€“ Sizga nima farqi bor?-Beomgyuning qiliqlaridan pinagi buzilmagan Saewon uning savoliga savol bilan javob qaytardi.

โ€“ Ular allaqachon biz ikkimiz deyarli uchrashayotganimizni bilishadi! Shunday ekan siz qandaydir yigit orqali bizning boshlanayotgan munosabatlarimizni to'xtata olmaysiz!-Saewonning ohangidan g'azabi oshgan Bemgyu javob berdi.

โ€“ Bu munosabatlarga qarshiligimni ham, munosabatlar boshlanmasligiga kafolat berishimni juda yaxshi bilasiz! Shunday ekan, o'zingizni yigitimdek tutishni bas qiling-bu safar Saewonning ovozi jiddiy tus oldi.

โ€“ Hali shunday deng? Bu bilan seni to'xtatish uchun o'zimni har qanday yigit bag'riga otaman demoqchimisiz?-so'zlarga urg'u bergancha so'radi Beomgyu.

โ€“ Nima demoqchisiz? Sizdan meni o'sha qizlarga o'xshatishingizni kutmagan edim-Beomgyuning zahar tomgan so'zlaridan jahli chiqqan Saewon gapirdi.

โ€“ Bunday harakatlaringiz bilan men nazarda tutayotgan qizlarga o'xshab ketyapsiz, Saewon. Undan tashqari 'Sof muhabbat uchun' deganingiz-u, u yigit bilan raqs tushishingiz nimasi?-Beomgyuning ovozida hasadga o'xshash tuyg'u borligi sezilar edi.

โ€“ Oh, endi siz borligingiz tufayli gapirmasligim va raqsga tushmasligim kerakmi? Yo'q, men sizga itoatkor kuchukcha emasman! Men o'zim xohlagancha so'zlayman, o'zim xohlagancha harakat qilaman-ovozi qat'iylashgan Saewon javob berdi.

โ€“ Bunday so'zlaringiz-u ohangingizni eshitgan onangiz nima deyishi juda qiziq-Saewonning nozik tarafini bilgan yigit, mavzuni o'zgartirdi.

โ€“ Oh, endi onamning ortiga yashirinmoqchimisiz? Qani olg'a! Ko'ramiz qo'lingizdan nima kelar ekan?!-xonadan g'azablangancha chiqib ketishdan avval so'zladi Saewon.

โ€œโ€“ Bu qiz mendan osonlikcha qutula olmaydi!โ€-o'ziga ta'kidlagancha xonani tark etdi Beomgyu.

* * *

Dasturxon atrofiga qaytgan Saewon sanchqi bilan g'azablangancha qulupnayli shirinlikdan yer ekan, Sunghoon unga bir bor nazar tashlab qo'ydi.

โ€œโ€“ Nima bo'lganini taxmin qilib ko'rโ€-miyasidan kelgan ovoz, Sunghoonni sarosimga solib qo'ydi.

Bir necha soniyadan so'ng mexmonxonaga kirgan Beomgyu qo'liga plashini olib, ustiga kiydi-da Saewonga qaragancha buyurdi:

โ€“ Turing, ketamiz!

โ€“ Hech qayerga ketmayman! Shu yerda qolaman!-avvaldan rejalashtirib qo'ygan so'zlarini Bemgyuga qaramay aytdi Saewon.

โ€“ Yaxshi shu yerda qolavering!-jahl qilgancha, bir so'z aytmay mexmonxonani tark etdi Beomgyu.

Bir daqiqa o'tmasdan, chiqish eshigi ochilgani va soniya o'tib, yopilgani ovozi eshtildi.

* * *

Og'ir sukunat cho'mgan xonada Hyejin dasturxon yig'ish bilan ovora edi. Ri-ki allaqachon mexmonxonani tark etgan va qo'shni xonada uxlab yotar edi. Sunghoon indamay tizzasi ustidagi qo'llariga tikilgancha o'tirar, Hojae ham yumuq ko'zlari bilan o'rindiqqa suyangancha o'tirar edi. Birdan o'rnidan turgan Saewon ustiga o'sha jigarrang paltosini kiydi-da Hojaeni turtgancha pichirladi:

โ€“ Ketyapman.

Hojaedan avval Saewonga qaragancha xavotir to'la ohangda gapirdi Sunghoon:

โ€“ Allaqachon kech bo'ldi. Kechasi birda ko'chada nima qilasiz?!

Hojae ham asta ko'zlarini ochib, bosh irg'ib qo'yish bilan kifoyalandi.

โ€“ Nega yolg'iz bo'lar ekan? Yoki meni kuzatib qo'ygani vaqtingiz yo'qmi?

Qizning bunday deyishini kutmagan Sunghoon asta yutinib qo'ydi. Shuncha vaqt Saewon bilan bir dasturxon atrofida o'tirib, Sunghoon bu haqida o'ylab ham ko'ramagan edi.

โ€“ Unda Saewonni sog'-salomat uyiga tashlab qo'yishni Sunghoonga topshiramiz-go'yo sharafli vazifani yuklayotgan ohangda gapirgan Hojae yana ko'zlarini yumib, o'rindiqqa suyandi.

Sunghoon

Saewonning nigohini o'zida his qilgan Sunghoon asta bosh irg'idi va o'rnidan turib, o'zini plashini egniga kiydi.

* * *

โ€“ Shunday qilib u meni oyim orqali qo'rqitishga harakat qildi-ma'lum qildi Saewon.

Chorak soatdan buyon sovuq va qor bosgan ko'chada ketayotgan Saewon, Beomgyu bilan bahslashib qolgani haqida Sunghoonga gapirib berdi. Sunghoon indamay bosh irg'ib, Saewonning shakliga razm solgancha jimgina ketar edi. Oxirgi gapni aytib hikoyasini tugatgan Saewon Sunghoon tomon o'girildi va savol berdi:

โ€“ Shuncha suhbatlashibmiz-u, ismingizni so'ramabman, lekin Hojae murojaat qilganda โ€˜Sunghoonโ€™ dedi, to'g'rimi?

Yana bir bor jimgina bosh irg'igan Sunghoon Saewonga nazar tashladi. Qor yog'ayotgani uchun, Saewonning sochlari orasiga qor uchqunlari qo'nar, buni qizning o'zi sezmas edi. Sunghoon bu qor pachalar Saewonning sochlari orasida erib ketishini indamay tomosha qilar ekan, qiz yana tilga kirib uni chalg'itdi:

โ€“ O'sha kuni menga avtobusda yordam berganingiz uchun minnatdorman.

Saewondan bu so'zlarni kutmagan Sunghoon yana bir bor Saewonga qaramasdan qo'ya olmadi. Saewon esa unga yana o'sha chuqur mexr va minnatdorchilik aks etgan ko'zlari bilan qarab turar edi.

โ€“ Men shunchaki buni tomosha qilib tura olmas edim-dedi Sunghoon nigohini Saewondan olib qochib.

โ€“ Men sizdan juda xavotir oldim, jarohatlanmadingizmi?-Saewon gapirar ekan ohangi xavotir bilan to'lgani aniq edi.

Saewonning xavotir to'la ohangini eshitgan Sunghoonning yurak urishi yana tezlashdi. Yuzlari qizarmasligi uchun harakat qilgan Sunghoon qizdan nigohini yanada ko'proq olib qochdi.

โ€“ Sizga qarzimni qaytarishni istayman-birdan to'xtab, Sunghoon tomon o'girildi Saewon.

โ€“ Sh-sha..ert e-emas...-Saewonning nima qilmoqchi ekanini taxmin qilgan yigit yonoqlarida issiqlik his qildi.

โ€“ Men bilan vaqt o'tqazishni istamaysanmi?-dedi birdan qo'llarini Sunghoonning yonoqlariga qo'yish uchun cho'zgan qiz.

โ€“ B-bilmadim...m-men hozir...shunchaki...b-buni..-tutilib qolgancha, biror so'zni to'g'ri ayta olmadi Sunghoon.

Saewonning iliq qo'llarini o'zining qizib borayotgan yonoqlarida his qilgan Sunghoonning yuragi allaqachon ko'krak qafasidan chiqib ketadigan darajada urar edi.

โ€“ Agar istasang unda kelasi dam olish kunida tushdan keyin sening universititeting oldida ko'rishamiz-ortga qadam tashlagan qiz, birdan qo'llarini Sunghoon tomon silkitdi va bir necha qadam naridagi darvoza tomon yugurdi.

Sunghoon esa o'sha, juda qattiq va to'xtovsiz urayotgan yuragi bilan bir necha daqiqa shu ko'chada turib qoldi.

โ€ข 3-epizod tugadi.

โ€ข #Minatozaki_Mitsuki