October 5

𝐓𝐚𝐪𝐝𝐢𝐫 𝐤𝐨'𝐳𝐠𝐮𝐬𝐢

Episode 2

-Eshigimizni buzib yuborish niyatingiz bormi?...

Hemi bu ovozni eshitishi bilanoq ortga o'girilib, bir qizga duch keldi-yu, ko'zlari kattalashdi.

-I..I-Inha?...-Hemining qalbida mitti umid miltillab, titroq ovoz bilan chaqirdi.

-Meni ismimni qanday qilib bilib oldingiz?...-Hemining qarshisidagi qiz hayron bo'lib so'radi.

-Inha?...Bu senmi?...Meni eslay olasanmi? Men Hemi...eng yaqin dugonang...-Hemi qizni juda yaxshi tanib, o'zini tanishtirmoqchi bo'ldi.

-Men...Inhaman-kuya, lekin siz kimsiz?..Hemi?..-qiz qoshlarini chimirgancha, nimanidir eslashga harakat qildi,-...Umm, menimcha sizni tanimayman...

Hemining kichik umidi ham so'nib, yelkasida og'ir yukni his qildi. Biroq osongina to'xtashni istamay, Inhaga o'zini eslatishga harakat qildi.

-Nahotki, meni eslay olmaysan?...Inha, hazil qilishni bas qil!-Hemi biroz qat'iyroq ovozda talab qildi.

-Yo xudo...nega ishonmaysiz? Men sizni umrimda ko'rgan emasman. O'zi nega menga yopishib oldingiz?...Va ayting, nega eshigimizni buzmoqchi edingiz?...O'g'irlik qilmoqchimidingiz?...-qiz ketma-ket bir nechta savol berdi.

-Nima?... Albatta yo'q! Nega meni o'g'ri deb o'ylayapsan?...Meni-ya? Eng yaqin dugonangni "o'g'ri" deyishga uyalmaysanmi?-Hemi g'azab bilan so'radi.

-Hoy, sen!...Sen meni dugonam bo'lish tugul hatto tanishim ham emassan-ku! Yana, menga uyalish-uyalmaslik haqida gapiryapsanmi?...Aslida uyalishi kerak bo'lgan sensan! Kuppa-kunduzi birovning uyiga o'g'rilikka tushgani uyalmadingmi?-Inha ham g'azablanib javob berdi.

-Hoy, qiz! O'zingni kim deb o'ylayapsan?...Hoziroq "o'g'irlik" haqidagi gapingni qaytarib ol!-Hemi g'azab bilan buyruq berdi.

-Nega ekan?..Rost gapirdim-ku, nrga inkor qilyapsan, yolg'onchi?-Inha uning buyrug'iga bo'ysunmay javob berdi.

-Nima? Yolg'onchi?..Avval o'g'ri, endi yolg'onchi-mi?...Sen juda haddingdan oshub ketyapsan! Agar dugonam bo'lmaganingda o'zim bilar edim nima qilishni!-Hemi atayin kinoya qildi.

-Dugona degin?...Seni qayerdadir uchratganimni eslay olmayman!...-Inha Hemi tomon bir necha qadam tashlab unga yaqin keldi. Hemini ko'kragidan chetga itarib, yo'lni ochdi va eshik tutqichini ushlab, gapirdi-Yo'limdan boshqa chiqma!...

Inha eshikni o'ziga tortib, ochdi-yu ichkariga kirmoqchi bo'ldi. Ammo huddi shu payt hozirgi holatdan g'azablangan Hemi qizning sochidan tortib ortga qaytardi.

-Hoy, yalmog'iz! Hozir nima qilding?...Meni itardingmi?...-qizning sochlarini qattiq ushlab so'radi Hemi.

-Hoy...hoy...qo'yib yubor!...-Inha uning qo'lidan qutilishga harakat qilib baqirdi.

-Avval menga javob ber! Qanday qilib meni itarishga jur'at etding?...-qizni sochini yanada qattiqroq ushlab so'radi Hemi.

-Ha... shunday qildim...-Hemining qo'lidan qutilishga harakat qilish barobarida javob berdi qiz.

-Va nega, a?...Mendan osongina qochib keta olmaysan! Sen meni dugonam Inhasan! Va menga bunday qila olmaysan!-Hemi tutqichni biroz bo'shatib, gapirdi.

Tutqich biroz bo'shaganini his qilgan Inha, biroz o'zini o'nglab oldi.

-Senga necha marta aytishim kerak?...Men seni tanimayman! Nega tushunmayapsan?...Yoki meni kimdir bilan adashtiryapsanmi?...-qiz biroz umidsiz ohangda javob berdi.

Pov_Hemi

"Balki rostdan ham bu mening Inhayim emasdir?...Ammo juda o'xshash-ku..Ko'rinishi, ovozi, harakatlari. Hammasi bir xil...Unda nega meni eslay olmayapti...Inha bunchalik uzoq hazil qila olmas edi..U yoki kulib yuborardi yoki hazil qilayotganini sezdirib qo'yar edi. Bu qiz esa juda qaysar va so'zida turibdi. Rostdan ham bu mening Inhayim emasmi?..."

Hemi biroz sukut saqlab, o'yga toldi va Inhaning sochini qo'yib yubordi.

-Qo'polligim uchun kechir...Men shunchaki seni dugonamga juda o'xshatgan edim...-Hemi biroz past ovozda gapirdi.

-Yaxshi...-zarda bilan javob berish bilan birga sochini ham tartibga keltira boshladi.

-Men...sen rostdan ham meni eslay olmaysanmi?..-nima bo'lishidan qat'iy nazar, yana bir marta so'rashga qaror qildi Hemi.

-Yo'q...eslay olmayman...-Inha javob bergach, uyga kirib ketdi.

Hemi tashqarida biroz jim turdi. So'ng yana atrofga bir bor qaradi-yu, bu yerda turish foydasiz ekanligini tushundi. Yo'lini davom etish uchun yana so'qmoq bo'ylab yurishda davom etdi.

Hemi boshini yerga qaratgancha qandaydir hayollar bilan band bo'lib yurar ekan e'tiborsizlik qilib kimdirga urilib ketdi.

-Voy!..-uncha qattiq tegmagan boshini ishqalab, boshini ko'tardi Hemi.

Qiz qarshisidagi kelishgan va muloyim yigitni ko'rishi bilan jim bo'lib qoldi.

-Oh, meni kechiring, sizni to'xtatgunimcha menga urilib ketdingiz....-tushuntirishga harakat qildi yigit.

-Hmm..mayli qo'yavering...uncha qattiq urilmadim...-dedi Hemi hali ham boshini silab.

-Unda yaxshi...hmm bu yerda nima qilyapsiz?-yigit bu savolni berish kerakmi yoki yo'qmi bilmas edi. Ammo qiziqishi ustun kelib so'rashga majbur bo'ldi.

-O'zim ham bilmayman...Qayerdaman, qachondan beri, aslida kimman?...Bularning hech birini bilmayman...-javob berdi Hemi biroz ma'yuslik bilan.

-Bilmaysiz?...-biroz hayron bo'ldi yigit.

-Ha bilmayman... o'zingiz kimsiz? Aslida nega meni so'roq qilyapsiz?...-Hemi birdan asabiylashib so'radi.

-Men shu yaqin oradagi uyda yashayman...Bu yerda tug'ilganman va...cho'ponlik qilaman...-javob berdi yigit.

-Ha...tushundim..menimcha singlingiz ham bor a?-dedi Hemi.

Chunki Hemi avvalroq ko'rgan kulba va Inha qiyofasidagi begona qizdan boshqa hech kimni ko'rmagan edi.

-Ha to'g'ri...onam ham bor...-qo'shimcha qildi yigit.

Hemi indamay bosh irg'ish bilan kifoyalandi.

-Aytishingizcha, bu yer qayerligini bilmaysiz, a?...-so'radi yigit

-Ha, shunday..ammo men tez orada shaharga boorish uchun yo’l topib olaman. Faqat yo’ldan adashmasligim kerak. Agar shu so’qmoq bo’ylab to’g’ri yursam, men shaharga yetib olamanmi?-so’radi Hemi bu tog’liklar orasidan chiqib keta olishiga umid bog’lab.

-Afsuski, bu so’qmoq bo’ylab yursangiz, siz qorong’u o’rmon ichiga kirib qolishingiz mumkin. Umuman olganda, bu yer shahardan juda juda uzoqda. Piyoda yetib olaman deb o’ylasangiz, bu xato ekanligiga kafolat beraman. Chunki bu yerdan shaharga 2 kundan yetib boorish mumkin, shunda ham piyoda emas,-dedi yigit qat’iy ovozda.

-Oh, endi men nima qildim? Bu olamdan ketmoqchi edim ammo shu oddiy tog’lar orasidan ham chiqa olmayapman. Bu adolatdan emas!-nolidi Hemi.

Yigit Hemi nima haqida gapirayotganini tushunmay, unga qarab turishda davom etdi.

-Umm…mening bunday ahmoqona gaplarimga e’tibor bermang. Ba’zan juda ham hissiyotlarimga berilib ketaman va o’zimni boshqara olmayman-dedi Hemi o’z qiliqlaridan biroz uyalib.

-Yo’q, hammasi joyida va aslida bu…juda yoqimli-dedi yigit va biroz hijolat tortgancha bo’ynini qo’li bilan ishqaladi.

Uning gapidan Hemi ham uyalib ketdi va uning yanoqlari biroz qizardi. Oraga bir necha soniyaga sukunat cho’kdi va bu safar ham gapni yigitning o’zi boshladi.

-Agar hoxlasangiz, bizning uyimizda bir necha kun qolishingiz mumkin. Men va oilam bunga qarshi bo’lmaymiz. Bunday taklif berayotganimni sababi esa, singlim va onam bir necha kundan so’ng shahrga tushishadi. Bu yerda bir necha kun qolib, keyin ular bilan ketishingiz mumkin-dedi yigit Hemi rozi bo’lishiga umid qilib.

Hemi bu haqida bir necha soniya o’ylagach javob berdi:

-Ammo, bu biroz noqulay-da…

-Unday emas, men onamga tushuntiraman-dedi yigit mayin ovozda.

-Ular rozi bo’lishadi deb o’ylaysizmi?-so’radi Hemi.

-Men ular rozi bo’lishiga kafolat beraman-dedi yigit qat’iy ohangda.

-Agar ular rozi bo’lishmasa-chi?-biroz havotirlanib so’radi Hemi.

-Unda…agar rozi bo’lishmasa nima qilishni keyin o’ylab ko’ramiz, maylimi?

Yigitning tinchlantiruvchi ovozini eshitgach, Hemi ancha o’ziga keldi va asta bosh irg’idi.

-Unda ketamizmi?-so’radi yigit.

Hemi yana bir bor bosh irg’ib, sekingina yigitga ergashdi.

-Men hatto sizni ismingizni ham so’ramadim,-dedi yigit ular bir necha qadam yurishgach.

-Mening ismim Hemi, sizniki-chi?

-Mening ismim Taehyung-yigit javob berdi.

-…tanishganimdan xursandman,-nima deyishni bilmay, shu so’zlarni aytib yubordi Hemi.

-Men esa, sizni ko’rishim bilan…o’zimni boshqacha his qildim-bu so’zlar og’zidan qanday chiiqb ketganini bilmay, yigit uyalib ketdi.

Hemining yuzlari yana qizarib, Hemi sekin isiyotgan yanoqlarini ushlab oldi. Yigit uning yoqimtoy harakatlarini ko’rib, mayin jilmaydi. Taehyungning jilmayishini ko’rgan Hemining yuzi yana-da qizardi.

-Seni qizarishga majbur qilish juda oson, buni bilasanmi?-so’radi Taehyung, Hemini biroz masxara qilishni istab.

-B-bilmadim…-dedi Hemi ko’proq uyalib.

-Sen huddi kichkina pomidorcha kabi qizarib ketasan, bu juda yoqimli,-davom etdi yigit.

-U-unday emas-rad etishga harakat qildi Hemi.

-Unday emasmi? Rostdami?-Taehyung ortiga o’girilib, Hemining ko’zlariga qaradi.

-Men…meni shunchaki…allergiyam bor,-aldashga harakat qildi qiz.

-Aynan nimaga allergiyang bor?-yurishdan to’xtab, Hemiga tikilishda davom etdi.

-Allergiyammi?...Meni..meni..mana bu atrofdagi lolalarning isiga..allergiyam bor-yolg’on gapirdi Hemi.
-Sen aldashni umuman bilmaysan-dedi Taehyung va yo’lini davom ettirdi.

Hemi esa o’zining holatidan uyalgancha, yuzlarini to’sib oldi.

* * *

-Oyijon, uyga mexmon keldi-kulba eshigidan kirish bilanoq, baland ovozda e’lon qildi Tehyung.

Qo’liga latta ushlab olgancha qo’shni xonadan Inha chiqib keldi va avval akasiga keyin Hemiga qaradi.

-Bu qiz kim?-so’radi Inha biroz asabiylashib.

-Mexmon-pichirladi Taehyung.

Inha indamadi va qo’lidagi lattani ikki buklab, qo’shni xonaga qaytib kirib ketdi.

Taehyung Hemiga ortidan yurishiga imo qilib, chap tomondagi yo’lak bo’ylab yurib, bur eshikni taqqillatdi.

-Oyijon, kirsam bo’ladimi?-so’radi Taehyung onasining javobini kutib.

Ichkaridan nimadirning yerga tushib ketgan ovozi eshitlishi bilan, Taehyung eshikni asta ochib ichkariga kirdi. Yigit chaqirmagani uchun Hemi eshik ostida qolib, hiyol ochilgan eshikning darchasidan xonaga qaradi va ko’rgan manzarasidan qattiq hayratlanib muzlab qoldi...

The end