๐๐๐ช๐๐ข๐ซ ๐ค๐จ'๐ณ๐ ๐ฎ๐ฌ๐ข
Yigit chaqirmagani uchun Hemi eshik ostida qolib, hiyol ochilgan eshikning darchasidan xonaga qaradi va koโrgan manzarasidan qattiq hayratlanib muzlab qoldi.
Chap tomondagi derazadan tushadigan quyosh nurlari uncha katta bo'lmagan ammo shinamgina xonani yaxshi yoritib turgan edi. Xona biroz tartibsiz bo'lsa-da yaxshi jihozlangan, eshikdan kirishda yerga chiroyli gilamcha to'shalgan, o'ng tomonda kichikroq yotoq va undan sal nariroqda kichkina javoncha bor edi. Derazaga yaqin joyda yumshoq divan va xonaning chap burchagidan kiyim javoni o'rin topgan edi.
Biroq hech nima bu xona egasi bo'lgan, jussasi kichik, sochlari oq oralagan, zaifgina ayolning ma'yusligini o'zgartira olmagan edi. Ayol ko'rinishidan hali qarimagan biroq allaqachon munkillab, kuchdan qolgan edi.
"Bu Taehyungning onasimi? Demak...uning onasi nogiron ekan-da a?"-o'yladi Hemi.
Xonadagi nogironlar aravachasi Hemining fikri rost ekanligidan dalolat berib turar edi.
Bir necha daqiqa avval xonadan kelgan nimadirning singan ovozi esa, bu javon ustidagi ichiga lola gullar solingan chiroyli guldonning yerga tushib, singanida eshitilgan edi.
Ichkariga kirgan Taehyung siniqlarni bosmaslikka harakat qilib, tezda onasining oldiga bordi. Nogironlar aravachasida o'tirgan ayol Taehyungga qarab, siniq tabassum qildi.
- Kechir, e'tiborsizlik qilib, guldonni sindirib qo'ydim, o'g'lim-sekin ovoz chiqardi ayol.
- Nega bunday deysiz? Siz hamma narsadan qadrliroqsiz-dedi Taehyung onasini yuzidan silab.
Ko'z o'ngidagi sahnani ko'rgan Hemining ko'zlari biroz yoshga to'ldi. Hemi darrov ortiga o'girilib, ko'z yoshlarini artdi. Keyin esa o'sha yerda Taehyung xonadan chiqishini kutdi.
- Onang nogiron ekanligini aytmagan eding-mehmonxonada o'tirgan Hemi sekin gap boshladi.
- Aytsam nimadir o'zgarar edimi?-so'radi Taehyung.
- Aytmoqchimanki, onangni bezovta qilib qo'yishim mumkin-dedi ko'zini yerdan uzmagan Hemi.
- Shundaymi? Bu tomonidan xavotir olma, allaqachon onam bilan suhbatlashdim, u rozi bo'ldi.
- Onang juda mehribon ekan...huddi sen kabi-dedi Hemi nihoyat Taehyungning ko'zlariga tik qarashga jur'at qilib.
- Bu mening farzandlik burchim...
- Ertaga onam va singlim bilan shaharga ketasizlar-kechki ovqatni tanovul qilgach, gap boshladi Taehyung.
- Yaxshi, biroq...onangni qanday olib boramiz?-qiziqishini tiya olmay so'radi Hemi.
- Avval sen bilan ko'rishgan so'qmoq bo'ylab yuramiz ke...-Taehyung gapini tugatmasidan avval gapirdi Hemi:
- Biroq u so'qmoq qorong'u o'rmon tomon olib boradi, degan eding-ku.
- Albatta, u fikr o'zgarmaydi. Ammo o'sha o'rmonda daryo bor. Qayiq orqali daryo bo'ylab suzsak shaharga tezroq yetib boramiz-bildiruv berdi Taehyung.
- Demak daryo orqali tezroq yetib boramiz? Piyoda yurishning keragi yo'qmi?
- Yo'q, biz doim qayiqdan foydalanib, shu daryo orqali shaharga ancha tezroq yetib borganmiz-dedi yigit.
- Unda yaxshi- dedi Hemi va Inhaning xonasiga borish uchun o'rnidan turdi.
Erta tongdan kulbadagi barcha uyg'onib, shaharga ketish uchun tayyorlandi. O'rmogacha yetib olish uchun Taehyung onasini yelkasiga opchib oladigan, Hemi Taehyungni onasining nogironlar aravachasini sudrab ketadigan va Inha yo'lda yeyish uchun yegulikni ko'taradigan bo'ldi.
"So'qmoq tugab, daraxtlar zich jiylashgan o'rmonga yetib kelganimizda, atrofga qandaydir sovuq tushgandek his qildim. O'rmon ancha qorong'u va qo'rqinchli edi. Har qadamda yerda yotgan qurigan shoxlar chirsillab, kishini biroz qo'rqitar edi. Agar hozir yolg'iz bo'lganimda allaqachon qochib ketgan bo'lar edim"-yo'l bo'ylab o'zicha hayol qildi Hemi.
Hali quyosh botmagan bo'lsada zich joylashgan daraxtlar allaqachon o'rmonga qorong'u tus bergan, 4 kishining qomati esa qorong'uda deyarli bilinmas edi.
O'rmon juda katta bo'lib, uning yarmi kesib o'tilganda, daryo suvlarining sharqiragan ovozi eshitila boshladi. Hammadan oldinda ketayotgan Inha, ortdagilarga e'tibor bermas, uzoq yo'lni onasini opichlagancha bosib o'tgan Taehyung esa allaqachon charchab bo'lgan edi.
Hemi atrofga nazar tashlagancha, nimadir paydo bo'lishidan qattiq qo'rqar edi.
Vanihoyat, uncha keng bo'lmagan daryo ko'rindi va hamma qadamini tezlatdi. Daryoga 10 qadamcha qolganda esa, daryo qirg'og'idagi qayiq ham ko'rindi. Qayiq uncha katta bo'lmasa ham 6-7 kishini bemalol ko'tara olar edi.
Taehyung onasini Hemi sudrab kelgan nogironlar aravachasiga o'tqizib, o'zi daryo tomon yaqinroq keldi. Qayiq suzib ketmasligi uchun daryoga yaqin bo'lgan daraxt oldiga qoziq qoqib, qayiq arqon vositasida bog'lab qo'yilgan edi. Taehyung arqonni tortib, qayiqni qirg'oqqa butunlay yaqin keltirdi va Inhani chaqirdi.
- Doimgidek men birinchi...-Inha ehtiyotkorlik bilan qayiqqa chiqa turib gapirdi. Keyin esa qayiqning chetrog'idan joy egalladi.
Taehyung ham qayiqqa chiqib, Hemiga yuzlandi.
- Aravachani yaqinroq surib bera olasanmi?
Hemi bosh irg'ib, nogironlar aravachasini asta itardi va qayiqqa yaqinlashtirdi. Taehyung bir oyog'i bilan qayiqda turib, ikkinchi oyog'ini qirg'oqqa qo'ydi va onasini ko'tarib, Inhaga yaqinroq joyga o'tqazdi.
- Endi aravachani berib yubor-Taehyung yana bir bor Hemidan so'radi.
Hemi uncha og'ir bo'lmagan aravachani ko'tarib, Taehyungga uzatdi. Taehyung aravachani qayiqning chetrog'iga qo'yib, ortiga o'girildi va Hemiga qo'l uzatdi.
- Y-yo'q...o'zim chiqa olaman-yigitning yordamini rad etdi Hemi va sekingina qayiqqa chiqdi.
Biroz hijolat bo'lgan Taehyung tezda qayiq eshkaklarini ushlab, qayiqni harakatlantirish uchun aylantira boshladi.
Manzarani ko'rgan Inha esa kulib yubormaslik uchun bor kuchini to'pladi.
Hemi qayiqning boshroq tomoniga o'tirib, nogironlar aravachasini ushlab oldi va ko'zini Taehyungning nigohidan olib qochdi.
Allaqachon quyosh botib, osmon to'q ko'k tusga kira boshladi. Bulutlar yo'qolib, osmonda yulduzlar miltillay boshladi. Daryoda suzib ketayotgan qayiq ichidagilar esa kechki sovuq tushgani bois hiyol qaltiray boshlashdi.
Inha tezda kiyim qidirib, onasining ustiga tashladi. Eshkaklarni aylantirib, tinimsiz harakatlanayotgan Taehyung esa hech qanday sovuqni his qilmasdi. Hemi yo'l bo'yi daryoni tomosha qilib, suvning sekin-sekin chayqalishini, osmon aksi suvda paydo bo'lganini tomosha qilib ketar edi.
Oradan biroz vaqt o'tgach, uncha uzoqda bo'lmagan shahar qirg'oqlari ko'rina boshladi. Taehyung ham haraktlarini biroz sekinlashtirib, to'xtash uchun qulay joy qidira boshladi.
- Vanihoyat, yetib keldik-dedi Inha qo'llarini ikki tomonga yozgancha o'rnidan turib.
- Inha, ehtiyot bo'l, ho'l bo'lishni istamaysan-ku a?-qayiqni asta to'xtata turib, gapirdi Taehyung.
Qayiq qirg'oq oldida to'xtatilgach Inha ohista sakrab, qirg'oq tomon o'tib oldi. Keyin esa nogironlar aravachasi Inhaga uzatilgach, Taehyung ham qirg'oqqa o'tdi. Qayiq muvozanatini saqlab turgan arqonni tortib, onasini ko'tarish uchun qulayroq holatga keltirgan Taehyung, tez orada onasini nogironlar aravachasiga o'tqizdi.
Bu safar Hemi Taehyung qo'lini uzatishini kutdi biroq yigit ortiga o'girilib, nogironlar aravachisini itarib, yurg'iza boshladi. Hemi indamay ehtiyotkorlik bilan o'zi qirg'oqqa tushib, qolganlarga ergashdi.
"Biz qirg'oqdan o'tib, shahar ko'chalaridan biriga chiqib qoldik. Tez orada turli xil ko'chalarni kesib o'tib, bir kampirning uyiga yetib keldik. Bu kampir shaharga kelganlarga bir necha kun uyidan joy berib turgani uchun, Taehyung va uning oilasi ba'zan bu yerda yotib qolishar ekan. Shunday qilib, bu yerga yetib kelgach, men, Inha va uning onasiga bir xonani ajratib berishdi. Uncha katta bo'lmagan, biroq shinam va yaxshi jihozlangan edi. O'tgan bir necha kun ichida Inha bilan ancha kelishib qolganim uchun, uxlashdan avval u bilan biroz suhbatlashdim. Va suhbat davomida bildimki, ertaga Taehyung va onasi tabibga borishadi. Inha esa men bilan shahar aylanar ekan. Biroq keyin nima qilishim haligacha noma'lum"
Sharqdan quyosh endi chiqayotgan payt, eshik taqilladi. Bir necha marta taqqilagach, Hemi asta ko'zini ochdi. Quyosh nurlari xonani hali to'liq yoritmagan edi. Bunday erta kim kelishi mumkinligiga hayron boสปlgan Hemi o'rnidan asta turib, eshik oldiga bordi.
โ Hayrli tong, sizlarni bezovta qilmadim degan umiddaman-eshik ochilishi bilan Hemini ko'rgan Taehyung asta tilga kirdi.
โ Yo'q, deyarli bezovta bo'lmadim, biroq bunday erta tongda nega kelding?
โ Inha aytganmi yo'qmi bilmadim-u, men anchadan buyon onamni Sejukvondagi tabib oldiga olib boraman. Sejukvon biroz uzoq bo'lgani uchun ertaroq yo'lga chiqishimiz lozimโjavob berdi Taehyung.
โ Shundaymi? Tushunarli. Unda men onangni uyg'otaymi?-so'radi Hemi.
โ Agar malol kelmasa, iltimos.
โ Kutib tur-dedi Hemi va sekin eshikni yopib, xonaning chap burchagidagi yotoq tomon yurdi.
โ Xonim..xonim...uyg'oning-ayolning yelkasiga yengil turtib, uyg'otishga harakat qildi Hemi.
Tez orada ayolga kiyinishga ham yordam bergan Hemi, Taehyungni chaqirdi. Soสปngra Taehyung onasini nogironlar aravachasiga o'tqizdi va Hemiga qarab, gapirdi:
โ Biz ketyapmiz, shunday ekan Inha bilan qolasan. Inhaga aytdim, kun davomida senga shaharni ko'rsatadi. Keyin bu yerg...
โ Men ertadan boshlab nima qilaman?-Taehyung gapini tugatmasidan gapirib yubordi Hemi.
โ Ho'sh, bu borada biror nima deya olmayman. Hoxlasang biz bilan yashashda davom et. Yoki...hoxishing...
โ Men bu haqida o'ylab ko'raman-dedi Hemi.
โ Yaxshi, unda biz ketyapmiz, ehtiyot bo'ling-Taehyung qo'l silkitib, ortiga burildi va onasi bilan chiqish eshigu tomon yurdi.
Eshikning taqqillashi tufayli hayoli buzilgan yigit, bir bor uf tortdi.
Eshik ochilib, ichkariga kirib kelgan erkak tezda ta'zim qilib, shoshilgancha gapira boshladi.
โ Shahzodam, sizni bezovta qilgan bo'lsam, bir qoshiq qonimdan keching. Biroq sizga xush xabarim bor. Ishonchim komilki, xabarim ta'bingizni xira qilib, bezovta qilganim sababini oqlaydi. Fikrimcha biz bo'lajak bekamizni topdik, olampanoh.
โ N-nima?!-bir on hamma narsa to'xtagandek qotib qoldi yigit.
โ Ha, shahzodam, biz bo'lajak bekamizni topdik.
โ Q-qayerdan? U Hemi ekanligi aniqmi?-dedi hali ham saroy xizmatchisining gapiga ishonmagan yigit.
โ Albatta, shahzodam, u huddi xonimdek kiyingan edi, soch turmagi ham, hatto yuzi va ko'rinishi ham bur xil. Ishonchim komilki, biz topgan qiz bo'lajak bekamiz bo'lib chiqadi.
โ Unda nimani kutyapsizlar? Hoziroq u qizni bu yerga olib keling!-jiddiy ohangda talab qildi shahzoda.
โ Inha, Inha...tura qolsangchi...-deyarli 20 daqiqadan buyon Inhani uyg'otishga harakat qilayotgan Hemi uning yelkasiga qattiq turtib, gapirdi.
โ Y..yana...5...daq...iqa..-ko'zi yumilgan holatda javob berdi Inha.
โ Shunday deb 4 marta aytding, tura qolsangchi!-bu safar Hemining ovozi balandladi.
โ Iltimos....meni b-bezovta..qilma-deb, Hemining ovozini eshitmaslik uchun, yostiq bilan quloqlarini to'sib oldi Inha.
โ Yaxshi! Unda shu yerda uxlayver! Men esa sensiz, mazza qilib shahar aylanib kelaman!-dedi Hemi va jahl bilan o'rnidan turdi.
Eshik oldiga borib, yana bir bor ortiga qaragan Hemi gapirdi:
โ Ehtiyot...bo'l-esnagancha dedi Inha.
Hemi jahl bilan eshikni qarsillatib yopdi va yo'lak bo'ylab yurdi. Oradan 5 daqiqa o'tmay, uyning darvozasidan chiqqach, qayerga ketayotganini ham bilmasdan yo'lini davom ettirdi Hemi. Bir necha daqiqadan so'ng, Hemi qandaydir chakalakzor oldida o'tib ketar ekan, ortidan kimdir kuzatib kelayotgandek bo'ldi. Qo'rqib ketgan qiz ortiga qaradi, biroq u yerda hech nima yo'q edi.
โ Menga shunday tuyuldi shekilli-o'yladi qiz.
Hemi atrofga bir bor nazar tashlab, yo'lida davom etmoqchi bo'ldi biroq yerdagi nimadirga qaqilib yerga yiqildi va boshida ham qattiq og'riq sezdi.