๐๐๐ช๐๐ข๐ซ ๐ค๐จ'๐ณ๐ ๐ฎ๐ฌ๐ข
...yana o'sha ko'zguni ko'rdi. Qiz ko'zguni ushlashga yanada qiziqib ko'zgu tomon qo'l uzatdi.Qizning qo'li ko'zguga deyarli yetay deganda, nimadir ro'y berdi-yu, Hemi ko'zlarini ochdi...
"Yana o'sha tushlar. Deyarli har kun ko'rganim uchun yod bo'lib ketgan bu tushni har kun, qayta-qayta ko'rish jonimga tekkan. Bu tushni ko'rmaslik uchun hamma narsa qilib ko'rdim. O'sha tushni ko'rmaslik uchun uxlashdan avval bor kuchim bilan mashq qilib, o'zimni charchatdim, askiga olib, tushning sifati yaxshilashib, hamma narsa aniq ko'rindi. Tuni bilan uxlamaslikka harakat qilsam, ko'z o'ngimda o'sha puturidan ketgan, tashlandiq uy va juda chiroyli ko'zgu paydo bo'ldi...go'yo sarobdek. Nima qilishni bilmayapman..Bu tushlarni to'xtata olmayapman..."
Qiz o'z hayollari bilan band bo'lib yotib, bir necha soat o'tganini sezmay qoldi. Soat endigina 5 bo'lsa ham Hemi o'rnidan turib, ishga ketish uchun tayyorgarlik ko'rdi. Soat 6:21 bo'lganda qiz allaqachon tayyor bo'ldi va uyini tark etdi. Yo'l bo'ylab yurib, taksi to'xtatdi va mashinaga chiqdi. Haydovchiga manzilni aytgach, yana o'z hayollariga sho'ng'idi.
Oradan bir necha daqiqa o'tmay, Hemi studiya oldiga yetib keldi. Yo'l kira haqqini to'lab, mashinadan tushgan qiz, bir necha qavatli binoga jimgina kirib ketdi. Kirish yo'lagidan yurib, liftga yetib borgan qiz, liftga chiqib, 5 raqamini bosdi. Liftning bir chekkasida, hech nimaga e'tibor bermay ketayotgan qizning ko'z oldida yana o'sha ko'zgu paydo bo'ldi.
Unchalik katta bo'lmagan, ammo oltindek yaltirab turadigan bu ko'zgu har qanday kishining e'tiborini osongina jalb qila oladi. Tutqichi nozik ammo ushlashga qulay bo'lib, atirgul naqshlari bilan bezatilgan. Ko'zguning shakli oval shaklida bo'lib, ko'zgu chetlari ham atirgul naqshlari bilan bezatilgan. Hammasidan ham ko'p e'tibor tortadigan narsa esa bu tutqichning boshlanish qismidagi oppoq, yaltirab turadigan toshdir...
Biroz hira ko'rinayotgan tasvirni yo'q qilmoqchi bo'lgan qiz, qo'lini havoda u yoq bu yoqqa silkitdi. Ko'zlarini ham bir necha marta ochib-yumgach, tasvir g'oyib bo'ldi. Qiz "hayriyat" degancha, liftning ochilgan eshiklaridan chiqdi va bir necha qadam yurgach, o'ziga tanish bo'lmagan qavatda ekanini angladi. Qiz biroz asabiylashib uf tortgach, zina tomon yurdi.
5-qavatga tushgan qiz, bir necha marta chuqur nafas olgancha, yo'lak bo'ylab yurdi va studiyaga yetib keldi. Eshikni taqqillatmasdan, ichkariga kirdi. Doimgidek atrof odamga to'la...
Aktyor va aktrisalar, pardozchilar, stilistlar, rejissyorlar, kamerachilar, prodyuser va yana tanish-notanish kishilar katta studiyaga to'plangan...Hemi o'ziga tanish chehrani qidirib, olomon orasidan yurdi va tez orada dugonasini topdi.
-Bugun qayerga boramiz ekan?...-dugonasi bilan salomlashmay savol berdi Hemi...
-O'zim ham hali bilmayman...ammo hammaning og'zida qandaydir tashlandiq uy haqidagi gaplar yuribdi...-kameralarni taxlayotgan qiz javob berdi.
-Tashlandiq uy?...-Hemining ko'z oldiga tushidagi uy keldi-yu bir zumda g'oyib bo'ldi.
Studiyadagi hamma shahar chetidagi tashlandiq uyga yo'l oldi. Yo'l bo'yi hamma o'zi bilan ovora bo'ldi ammo shahar chetidagi uyga yetib kelgach hamma jim bo'ldi. Darvozadan boshlangan fayzsizlik butun uyga tarqalgan bo'lib, har qanday inson bir zumda qandaydir umidsizlikka yuz tutadi. Atrof suv quygandek jim-jit, daraxt barglarining shitirlashi ham eshtilmaydi. Uy atrofidagi bog'da gullar-u daraxtlar allaqachon qurib, sariq-jigarrang aralash tusga kirgan. Bir necha qavatli savlatli uy bir paytning o'zida qo'rqinchli va sirli ko'rinadi. Derazalarning romlari singan, eshiklari taxta qoqib to'silgan, uyning tashqarisidagi devor ko'chgan...uy chindan ham ko'rimsiz holatga kelgan edi.
"Uyning arkidan o'tib, hovlisiga kirar ekanmiz, mashina oynasuni buroz tushirib, atrofga nazar tashladim. Ko'rinishidan juda tanish bo'lgan uyni ko'rgach, o'sha fikrim o'z tasdig'ini topganini angladim. Go'yo oldimda paydo bo'lib qolishi mumkindek, atrofga qarab, o'sha ko'zguni qidirdim..."
Bir necha daqiqada atrofidagilar bu yerning muhitiga ko'nikib, yana o'z ishlari bilan mashg'ul bo'la boshlashdi. Uyning turli tomonlariga kameralar va chiroqlar o'rnatildi. Kino kadrlari uchun sahnalar tayyorlandi...
Har kim harchand urinsa ham hech kim uyning kirish eshigini ocha olmadi. Oxiri, uyning tahsqarisidagi kadrlar ham yetadi, degan qarorga kelib, eshik ochishga harakat qilishni bas qildilar...
Hemi yon chiroq va yuqori kameralarni tayyorlagach, bekorchiga aylandi. Hech qanday ishi qolmagan qiz, negadir qiziqib, bog' tomon yura boshladi. Dugonasining ortga qayt degan gapiga qaramay, Hemi yo'lida davol etdi. Bog'ning ortidagi chakalakzor o'tlari devorgullar bilan bir-biriga chigallashib, katta to'siq hosil qilgan ekan. Hemi bir nechta harakat bilan to'siqni olib tashladi va eski eshikka duch keldi.
-Nahotki bu eshikni hech kim ko'rmadi?...Yoki bu to'siqdan o'tisha olmadimikan?...-o'ziga savol berdi qiz.
Eshikning zanglab ketgan dastasiga qo'l uzatib, eshikni ichkariga itardi va deyarli qop-qorong'u xonaga kirib qoldi. Xonada bir necha daqiqa turgach, ko'zlari asta-sekin qorong'ulikka moslashdi. Atrofga nazar tashlab, uyning tashqarisi kabi kir va iflos bo'lgan xonaga kirib qolganini angladi. Bir qadam tashlamoqchi bo'lganda havoga chang ko'tarilib, Hemi changdan yo'taldi...
Bir necha marta qisqa yo'taldan so'ng, Hemi baribir oldinga qadam tashladi. Har bir qadamda chang ko'tarilsa ham, og'zini qo'li bilan to'sgan qiz yo'lida davom etdi. Hemi bu xonadan o'tgach oshxonaga o'xshagan xonaga kirib qoldi. Atrofga qarab, biror nima qidirdi...
Hemi atrofni ko'zdan kechirib, xonaning chetrog'ida deyarli ko'rinmaydigan qilib qurilgan zinani ko'rdi-yu bu uyga qiziqishi yanada oshdi. Hemi iloji boricha, qattiq qadam bosmay, zinaga yetib keldi va sekin zina pog'onalaridan ko'tarila boshladi. Zina pog'onalaridan chiqar ekan, har safar qadam bosganda havoda chang bulutchalari paydo bo'lar edi.
Hemi zinalardan chiqqach, qandaydir xonaga duch keldi. Xona aylana shaklida bo'lib, xona markazidagi kuchli yorug'lik nuri xonani deyarli yoritgan edi. Hemi atrofga qarab, xonada hech qanday e'tibor tortadigan narsani aniqlamadi va asta sekinlik bilan yorug'lik tomon harakatlandi. Har bir qadamini katta qo'rquv va qiziqish bilan bosar ekan, yorug'likka bir necha qadam qolganda, tanish buyumni ko'rib, ko'zlari kattalashdi...
"Yo xudo...bu o'sha ko'zgumi?...Aniq o'sha ko'zgumi..Ha, juda o'xshaydi..Tutqichlari atirgul naqshlari bilan bezatilgan, ko'zgu atrofida ham naqshlar bor, mana o'sha ko'zgudagi katta tosh ham..Huddi tushimdagi kabi nur sochmoqda...Ammo...Men hozir tushimda emasman-ku!..Unda nega men bu uyga keldim, nega hech kim ocha olmagan eshikni men ocha oldim, nega bu ko'zguni men topib oldim?..."
Qiz savollariga javob olish uchun, yana bir necha qadam tashladi va ko'zguni yanada yaqinroqdan ko'rish uchun pastroqqa egildi. Toshdan kelayotgan yorug'lik sababli Hemining ko'zlari biroz qamashdi va qo'llari bilan yorug'likni to'smoqchi bo'lganda barmoqlari behosdan ko'zguning tutqichiga tegib ketfi-yu, yorug'lik yanada kattalashib, butun xonani yutib yubordi...
"Ko'zlarim bu yorug'likdan qamashib, yuzimni to'smoqchi bo'ldim ammo barmoqlarim ko'zguga tegib, yorug'lik yanada kuchaydi va nimadir meni o'z ichiga tortib ketdi. G'alati uchish hissini his qilib, ko'zlarimni ochdim va atrofga qaradim. Yoki tunligi yoki qandaydir noma'lum joyda paydo bo'lganligim uchun atrof qop-qorong'u edi. O'rnidan turib, kiyimlarimni qoqdim va nima qilishni bikmay qoldim. "Balki hali ham tashlandiq uydadirman?" deya atrofga qaradim. Ammo bu zulmatda hech nima ko'rinmas edi. Nimadir his qilish uchun o'ng tominimga 2 qadam tashladim-u, qandaydr qattiq narsani his qildim..Bir necha soniyani paypaslab, bu toshning g'adir-budir sirti ekanini angladim..."Demak, men tashlandiq uyda emasman...Chunki uyda bunday tosh yo'q edi" deb, toshni payspaslashda davom etdim. Bir necha daqiqa yurdim hamki, yo'l tugamayapti.."Tosh yoki juda katta yoki men bir joyda aylanib yuribman" deb o'yladim..."
Qiz yana bir necha daqiqa yurdi-yu, sekin yorug'lik nurini seza boshladi. Hemi yana 20 qadamcha yurgach, uncha uzoq bo'lmagan joyda yorug'lik manbaini topdi. Hemi endi qadamlarini tezlatib, yorug'lik tomin harakatlandi va tez orada u yerga yetib bordi. Hemi yorug'lik orqali atrofga nazar tashlab, bu yer qandaydir juda sirli va qorong'u g'or ekanligini angladi.
Hemi g'ordan chiqqach yon-atrofga qarab, qandaydir tog' ustida ekanligini his qildi. Atrofga qarab, faqaf va faqat yanada balandroq yoki nisbatan pastroq tog'larni ko'rdi.
-Yo xudo...men qaysi jin urgan yerlarda yuribman?...Nega ahmoqona g'orda paydo bo'lib, endi bu yerlarda ham sang'ib yuribman?..-Hemi o'zidan o'zi so'rayotib narigi tog' etagidan chiqayotgan tutun oqimini ilg'adi va ko'zlari kattalashdi.
Hemi ehtiyotkorlik bilan tog'dan tushishni boshladi. Yiqilmaslik uchun deyarli yerga o'tirib, tushish mobaynida atrofidagi turli buyumlardan tayanch sifatida foydalandi. Oradan 15 daqiqacha o'tgach Hemi uydan yana bir necha yuz metr narida paydo bo'ldi va endi yugurib, o'sha uyga tezroq yetib borishga harakat qildi.
Vanihoyat Hemi yana 1 qadam tashladi va uy eshigi oldida turdi. Eshikni ohistalik bilan taqqillatib, javob kuta boshladi. Hech qanday javob bo'lmagach, Hemi yana bir bor eshikni taqqillatdi. Bir necha daqiqa o'tsa hamki, ichkaridan javib bermadi. Asabiylashmaslikka harakat qilgan Hemi bu safar eshikni nisbatan qattiqroq taqqillatdi. Ammo mana hali ham javob bo'lmadi. Endi butun vujudi bilan g'azablangan Hemi eshikni tepib, taqqillata boshladi. Bir nechta urinishdan keyin, biroz to'xtab, chuqur-chuqur nafas olar ekan, kimdirnging ovozini eshitdi..