๐๐๐ช๐๐ข๐ซ ๐ค๐จ'๐ณ๐ ๐ฎ๐ฌ๐ข
Quyosh allaqachon osmonga ko'tarilib, xonani yoritgan ondayoq pishshillab uxlayotgan qizni bezovta qildi. Ko'zlarini ishqalagancha deraza tomonga orqasini o'girgan qiz biroz yotgach asta o'rnidan turdi. Inha artibsiz sochlarini yig'ishga harakat qilgancha atrofdan Hemini qidira boshladi.
โ Bu jodugar qayerga ketdi?-xonaning u tomoni-yu bu tomoniga alanglagancha xitob qildi qiz.
O'rnidan asta turib, kiymini to'g'irlar ekan, birdan Hemining so'zlari yodiga tushdi:
โโ Yaxshi! Unda shu yerda uxlayver! Men esa sensiz, mazza qilib shahar aylanib kelaman!โ
โ Demak aldamagan ekan-da?-o'ziga gapirgancha xonani tark etdi Inha.
โ Endi nima qilmoqchisan? Hali ham menga uylanmoqchimisan?-yerga tikilgancha gilamning naqshlarini tomosha qila turib gapirdi Hemi.
โ Albatta va agar xohlasang bo'lsang to'yni biroz surib turamiz-Hemining qo'lini ushlash mumkin yoki yo'qligu borasida o'zi bilan bahslashayotgan Wangso oddiy gapirishga harakat qildi.
โ Iloji bormi? To'yni surib turishni imkoni bormi?-bir necha daqiqadan buyon bir kishi haqida o'ylayotgan qizning ko'zlarida umid uchqunlari chaqnadi.
โ Albatta, sen uchun hamma narsaga tayyorman. To'yni surib turishni istaysanmi?-dedi Wanso aslida buni unchalik istamasa ham.
โ Agar iloji bo'lsa, ha, xohlayman. Chunki men biroz o'zimga kelib olishim kerak-da, meni tushunasan-..ya'ni tushunasiz-ku, to'g'rimi?-shahzodaning rozi bo'lishini umid qilib so'radi Hemi.
โ Agar bu senga yordam bersa, roziman-bosh irg'igancha javib berdi shazoda.
โ Rahmat, bundan juda xursandman...va yana bir narsa so'ramoqchiman. Maylimi?-dedi shahzoda yana bir bor uning xohishini amalga oshirishini umid qilgan Hemi.
โ Qani so'ra, qulog'im senda-deb rozi bo'lgancha, Hemi nima so'rashi mumkinligiga qiziqqan shahzoda.
โ Men...shu kungacha birga yashagan kishilarim bilan ko'rishishni istayman. Agar rozi bo'lsangiz, u yerga borib kelsam-shahzodaning javobi "yo'q" bo'lmasligi uchun borini berishga tayyor bo'lgancha gapirdi Hemi.
โ Yaxshi...faqat sening himoyalanganingga ishonch hosil qilishim kerak!-oxirgi so'zlarini jiddiy ohangda gapirdi Wangso.
โ Ya'ni?-dedi shahzodaga savolli nigoh bilan qarab, u gapini davom ettirishini kutgan Hemi.
โ Ya'ni...o'sha o'zing bormoqchi bo'lgan joylarga yolg'iz bormaysan. Men ham birga boraman...bo'ladimi?-Hemini yolg'iz qo'yib yuborishni istamagan shahzoda iltijoli ohangda so'radi.
โ Nima? Birga?-rejasi barbod bo'layotganiga ishona olmagan Hemining ovozi biroz balandlashdi.
โ Ha, birga. Agar bu seni bezovta qilmasa-so'radi har bir so'zini xushmuomilalik bilan gapirgan shahzoda.
โ Y-y..yaxshi...-zo'rg'a rozilik bildirdi Hemi.
Eshikning taqillagan ovozi shahzodani chalg'itdi-yu, Wangso asta o'rnidan turdi. Eshik tomin yurgan yigit, eshik tutqichiga qo'l uzatib, o'zi tomon tortdi.
โ Zoti oliylari, qirolichadan muhim xabar keldi-eshik ochilishi bilan qaysidir saroy xizmatchisining ovozi keldi.
โ Men hozir bandman-dedi Hemidan uzoqlashishni istamagan shahzoda.
โ Biroq bu juda muxim shahzodam-xizmatchining ovozi iltijoli eshitildi, go'yo qirolicha oldiga shahzodasiz qaytsa, boshidan judo bo'ladigandek.
โ Yaxshi-eshikdan chiqishdan avval Hemi tomon qaragancha so'zladi shahzoda-shu yerda kelgunimcha kutib tur. Tez qaytishga va'da beraman.
Eshik yopilib, xonaga og'ir sukunat cho'kdi. O'z hayollari bilan band bo'lgan Hemi esa hech kim va hech nimaga e'tibor bermas edi.
โโ Men nimadir qilishim kerak. Shahzoda men bilan birga bormasligini ta'minlashim kerak. Biroq qanday qilib? Agar u ham men bilan birga borishiga qarshilik qilsam nimadandir shubxalanishi aniq. Biroq u bilan birga borsam, rejalarim barbod bo'ladi. Endi nima qilsam bo'ladi?โ-miyasida yaxshigina bahs ketayotgan Hemi o'ziga savol berishdan boshqa hech nima qila olmas edi.
Bir necha soatdan buyon Hemini qidirayotgan Inhaning ko'zlari allaqachon yoshga to'lgan edi. Hemi hech qayerda, na yerda va na osmonda yo'q edi. Inha faqat vaqtinchalik mexmonxonani emas balki atrofdagi har bir uyni ham qarab ko'rdi. Biroq hatto Hemining izini ham topa olmadi. Akasi kelib, nima qilishi mumkinligini o'ylamaslikka harakat qilgan Inha katta harsang tosh ustida charchagancha o'tirar ekan allaqayerdan bir ayol va bir qizcha yugurib uning oldiga kelishdi.
Inha ularga qaragancha, ayol gapl boshlashini kutar ekan, ayol biroz nafas rostlagach, shoshilib so'zlay boshladi:
โ Hoy, bilasizmi nima? Mening qizim siz qidirayotgan o'sha qizni ko'ribdi.
โ A? Heminimi?-qalbida umid chiroqlari yongan Inhaning ovozi darhol o'zgarib, harsang tosh ustidan turib, qizaloqqa yaqinroq keldi-Nimani ko'rding? Menga aytib bera olasanmi?
Qizcha boshini irg'igancha hikoyasini boshladi:
โ Ho'sh, eslashimcha o'sha opa pushti rang hanbokda edi, sochlari esa o'rilgan. Men opadan 50 qadamcha ortda edim. Opa yurganda sochlari silkinib, chiroyli ko'ringani bois uning sochlariga tikilib ketar ekanman, qayerdandir bir kishi paydo bo'lib, opaning boshiga urdi. Kaltak bilan opaning boshiga urib, uni ko'tarib, qandaydir ot-aravaga solib, qayergadir olib ketishdi. Men boshqa narsa bilmayman.
Qizaloq gapirar ekan Inhaning butun tanasi jimirlab, xavotirga to'ldi. Inha gapirishga shaylanib, og'zini ochgan edi-ki, ortidan akasi Taehyungning ovozi keldi.
โ Ot-arava qanday edi? Eslay olasanmi?
Akasining ovozini eshitishi bilan qo'rqib ketganidan bir sakrab tushdi Inha.
โ A...aka bu yerda n-nima qilyapsiz?-so'radi yigitning Hemi haqidagi voqeani yashirishga uringancha jilmaygan Inha.
Inhaga sovuq ko'zlar bilan qaragan Taehyung, nigohini yana qizchaga qaytardi.
โ Bilmayman, menimcha biror zodagonniki bo'lsa kerak-da?-Taehyungning savoliga javob berdi qizaloq.
โ Zodagon? Bo'lishi mumkin emas! Biror kishining Hemida qasdi bormidi?-hayratini yashirib turolmagan Inha gapirib yubordi.
โ Yo'q, shunchaki Hemi qidirilayotgan edi-taxmin qilgan narsasini haqiqatga aylanganini o'ylagan Taehyung javob berdi.
โ A? Qidirishayotgan edi? Nega?-nigohini Taehyungga olib o'tish davomida so'radi Inha.
โ Bilmayman-kissasidan qandaydir qog'oz parchasini chiqargancha yelka qisdi Taehyung.
Darrov akasining qo'lidan qog'oz parchasini olgan Inha uni o'qishga kirishdi.
Qog'oz rangi biroz o'chgan bo'lsa ham yozuvlari va qandaydir kishining sur'atini ilg'ash qiyin emasdi. Qog'ozga yaxshilab nazar tashlagan Inha bu Hemining rassom tomonidan chizilgan sur'ati ekanligini angladi va yozuvni o'qishga kirishdi. Qog'ozdagi yozuvning har bir satrini o'qir ekan, Inhaning ko'zlari kattalashib, hayrati oshgandan oshar edi.
โ D-d...demak, Hemi...bo'lajak malika ekan-da?-qog'oz parchasini Taehyungga uzatar ekan, so'radi Inha.
โ Shunga o'xshayapti-bosh irg'idi biroz xomush bo'lib qolgan Taehyung.
โ Kutilmagan xabar bo'ldi a?-dedi akasining nega xomushligini allaqachon anglagan Inha.
Sukut saqlagancha bosh irg'igan Taehyung sekin ortiga o'girildi. Inha ham qizcha va ayolga rahmat aytgancha Taehyungga ergashdi.
โ Xafamisan?-javobini bilsa ham so'radi Inha.
โ Menimcha, xafa bo'lishdan ham ko'ra hafsalam pir bo'lgandek tuyulyapti-past ovozda javon berdi Taehyung.
โ Nega unday?-kutilmagan javobdan hayron bo'lib, so'radi Inha.
โ Shunchaki...men shunchaki umid qilgan edim-da...ya'ni...yo'q, men shunchaki umid qilmagan edim...balki...shunchaki..-javob berishga qiynalgancha duduqlandi Taehyung.
โ U senga yoqadi a?-akasini qiyin ahvoldan chiqarishga uringancha so'radi Inha.
โ H-ha...men shunday demoqchi edim...-yuzi biriz qizarib, yerga tikilgancha gapirdi Taehyung.
โ Unda nega buni Hemiga aytmading?-so'radi Taehyung hislarini sir saqlagani uchun biroz jahli chiqqan Inha.
โ Aytish? Tan olish? Hislarni-ya?!-Taehyung bunday hayolning o'zidan qo'rqib ketdi.
Taehyung Inhaga kattalashgan ko'zlari bilan qarab turar ekan, Inha asta bosh irg'idi.
โ Sen buni oson deb o'ylayapsan-biroz asabiylashib nolidi Taehyung.
โ Nima hislarni yashirish yaxshiroqmi?-so'radi Inha.
โ Yo'q...yo'q..biroq..ularni oshkor etgandan ko'ra...yaxshiroqmi deymanda..-tutilib gapini yakunladi yigit.
โ Balki sen to'g'ri gapiryotgandirsan, biroq men sening gaplaringga qo'shilmayman-Inha bosh chayqagancha gapirdi.
Taehyung uning so'zlariga e'tibor bermagach, oraga og'ir bir sukunat cho'kdi. Ikkovlari yo'l cheti bo'ylab, vaqtinchalik mexmonxonaga qaytishar ekan, faqatgina Hemi qayerda bo'lishi mumkinligi haqida o'ylashar edi.
โ Ertaga qidirishni davom ettiramizmi?-o'z xonasiga yo'l olishdan avval Taehyungdan so'radi Inha.
โ Ha shunday...hozircha u qayerda bo'lishi mumkinligi haqida taxminlarim yo'q-hatto xayrli tun tilamay, ortiga burildi Taehyung.
Inha ham jimgina bosh irg'ib, ortiga burildi. Bo'm-bo'sh yo'lak bo'ylab yurar ekan, yana hayollari "Hemi qayerda bo'lishi mumkin?" degan savollar bilan band bo'ldi. O'z xonasiga yaqinlashib, eshikni ochgan Inha avval xona chirog'ini yoqdi.
"โ Oyim uxlab qolibdi"-o'yladi Inha xonaning burchagidagi yotoqda yotgan ko'lankani ko'rgancha.
Xona bo'ylab sekingina yurgan qiz o'zining yotog'i oldiga bordi. Xona atrofiga bir nazar tashlagan qiz chuqur uh tortdi.
"โ Qayerlarda yuribsan, ahmoq qiz?"-o'ziga o'zi savol bergancha o'rnidan turdi.
Inha xona bo'ylab ovoz chiqarmay yurib, chiroqni o'chirdi-yu o'z yotog'iga qaytdi. Ko'rpaning ostiga kirgan Inha o'zi bilmagan savollarni o'ylagancha, uyquga ketdi.
Uxlab yotgan qizning yelkasini kimdir ohista turtar, Inhaning ismini pichirlagancha chaqirar edi. Inha ko'zlarini ochishni istamas, biroq uning ismini pichirlagancha aytayotgan ovoz juda tanish edi.