November 11

𝐓𝐚𝐪𝐝𝐢𝐫 𝐤𝐨'𝐳𝐠𝐮𝐬𝐢

— 𝘔𝘦𝘯𝘪𝘯𝘨 𝘶𝘺𝘪𝘮 𝘣𝘪𝘳𝘰𝘳 𝘮𝘢𝘷𝘫𝘶𝘥 𝘫𝘰𝘺 𝘦𝘮𝘢𝘴, 𝘣𝘶 𝘴𝘦𝘯𝘪𝘯𝘨 𝘫𝘪𝘨𝘢𝘳𝘳𝘢𝘯𝘨 𝘬𝘰'𝘻𝘭𝘢𝘳𝘪𝘯𝘨𝘥𝘪𝘳 !.. —

4-epizod

– Menga shunday tuyuldi shekilli-o'yladi qiz.

Hemi atrofga bir bor nazar tashlab, yo'lida davom etmoqchi bo'ldi biroq yerdagi nimadirga qaqilib yerga yiqildi va boshida ham qattiq og'riq sezdi.

* * *
“Qayerda uyg’onganimni bilmayman, biroq hali ham boshimda og’riqni sezyapman. Ko’zlarimni ochishga erinsam-da, qiziqishim ustun keldi. Ko’zlarim ochilgan payt, o’ng tomondan tushgan yorug’lik sabab kipriklarim pir-pirab ketdi. O’zimga kelish uchun barmoqlarim bilan ko’zlarimni ishqalab, yana bir bor atrofga qaradim. Endi ancha yaxshi, hamma narsa oddiydek tuyuldi…Biroq, nimadir xato..”

Hemi atrofga alanglagancha, hamma narsani sinchiklab qaradi. Keyin esa hushidan ketishidan avval nima bo’lganini eslashga harakat qildi.

“Oh…to’g’ri! Men shahar aylanmoqchi bo’lib, ko’chalar bo’ylab yurgan edim. Keyin boshimning orqa qismida qattiq og’riq sezdim. Keyin-chi? Keyin nima bo’ldi?”

Qiz xonaga yana bir bor nazar tashladi.

Katta va keng, juda yaxshi jihozlangan xonani o’ng tomondagi katta derazalardan tushgan yoruqlik yoritib turar edi. Xona juda katta bo’lsa-da, turli xil uy jihozlari ko’pligi sababli tor kabi ko’rinar edi. Katta derazalarni ikki tomonida, uzun va qalin oq rangli pardalar osilib turgan edi. Kirish eshigi, xona markazining to’g’risida joylashgan bo’lib, katta va haybatli edi. Uning chetlaridagi naqshlar va eshik tutqichi tilla suvi bilan bezalgan, eshikning ham ikki tomonida derazalarning ikki tomoniga osilgan kabi pardalar osilgan edi. Undan tashqari Hemi o’zi o’tirgan yotoq ham kattagina va yumshoq edi. Yotoqning chap tomonida qandaydir oppoq eshik ham bor edi. Xona markazining o’ng burchagida ikkita oq kiyim javoni bor edi. Javonlarning biri rangli kitoblar bilan to’lgani, ikkinchi javon kiyimlar uchun ekanligini anglatar edi.Kitob javonining yonida kichikroq yana bir javob bo’lib uning ustida qandaydir haykal bor edi. Bir so’z bilan xona mukammal bo’libgina qolmay, barcha jihozlar ham eng yaxshilaridan edi.

(Tasavvur qilish uchun yetarli deb o'ylayman)

Hemi o’zi o’tirgan yotoqdan sekin tushib, xonani biroz tomosha qildi. Xonaning devorlari oq, naqshlar esa tilla rangda edi. Yana xona devorlariga did bilan chizilgan turli xil portret va natryumotlarning sur’atlari osilgan edi. Oldiga Hemi bu sur’atlardagi go’zallikdan baxramand bo’lib, xonani ko’zan kechirishda davom etdi.

– Yo xudo, uyatsizlar!-Kitob javonining oldiga yaqinroq kelgach, uning yonidagi kichikroq javon ustidagi haykalni ko'rishi bilan hitob qildi Hemi.

"Uzoqdan bosh og'rigi sababli ilg'amagan bo'lishim mumkin, biroq yashash xonasiga shunday haykal qo'yish to'g'rimi?"-o'yladi Hemi.

Bu ayol kishining haykali bo'lib, uncha katta bo'lmagan va oq rangda edi. Undan tashqari ayolning faqatgina belidan yuqori qismi haykal shaklida yasalgan edi. Hemi hayron bo'lishing sababi esa, ayol haykalining ko'kraklari ko'rinib turadigan darajada yasalgan edi. Biroq ayol haykalining ko'kraklaridan ko'ra jingalak sochlari va chiroyli ko'zlari ko'proq e'tibor tortar edi.

– Nima bo'lganda ham, bunday haykal xonada, yana ko'zga ko'rinadigan joyda turishi yaxshi emas-dedi Hemi o'ziga va haykalchani olib, qayerga qo'yish haqida o'yladi.

Atrofga bir-ikki bor nazar tashlab, Hemining ko'zi kiyim javoniga tushdi.

– Aynan!-hitob qildi qiz va ikki qadam tashlab, kiyim javonini ochdi.

Javon turli rangdagi, chiroyli hanboklar bilan to'lgani Hemining nazaridan chetda qolmadi. Qiz kiyim javonining yuqori qismiga haykalni joylashtirib, javonni yopdi.

– Ho'sh...endi nima qilamiz?-yana o'ziga savol berdi Hemi.

Xonani sinchiklab tomosha qilar ekan, avvalroq yotoqning chap tomonida ko'rgan oppoq eshik yodiga tushdi va o'sha eshik tomon yurdi qiz. 2 daqiqa o'tar-o'tmas Hemi eshik oldiga kelib, uning tutqichini ushladi. Eshik qulf yoki qulf emasligi, uni ochi mumkin yoki mumkin emasligi borasida o'zi bilan o'zi bahslashgan Hemi, nima bo'lishidan qat'iy nazar eshikni ochishga qaror qildi.

"Qiziqishim ustun kelib, eshik tutqichini qattiqroq ushladim va o'zimga tortdim. Hali eshik ortini ko'rib ulgurmasimdan, men turgan xonaning kirish eshigi ochilib, bir yigit kirib keldi. Ha, uni kelishgan va baland bo'yli deyishni ham unutmasligim kerak..."

– Bu eshikni ochish mumkin emas, sevgilim-eshik tutqichini ushlab turgan qo'llarimni o'zini qo'liga oldi va birlashtirib, gapirdi yigit.

Shahzoda-Han Wang So

– Qo'yub yubor!-baqirdi Hemi yigitni itarish barobarida.

Ortga ikki qadam surilib ketgan yigitning ko'zlari kattalashib, Hemining qilig'idan hayron bo'ldi.

– Senga nima bo'ldi, azizam?-so'radi yigit.

– A..azizam?!-baland ovozda so'radi Hemi hech nimani tushunmagan Hemi.

– Ha, azizam..eh ha, esladim, senga seni "shirinim" deb chaqirsam yoqar edi, to'g'rimi?-deya jilmaydi yigit.

– Sh..shirinim?-Hemi o'z quloqlari eshitayotgan narsaga tushunmas edi.

– Ha, shirinim, azizam, malikam, sevgilim, yana qanday chaqirishim mumkin?-Hemining hayratga tushgan qiyofasini hazil sifatida qabul qilgan yigit so'radi.

– Oh, bu bilan menga xushomad qilmoqchimisan? Meni bu yerga olib kelding, shu xonaga qamab qo'yding va endi xushomad ham qilyapsanmi, ahmoq?!-jahl bilan so'radi Hemi.

– N..nima? Ahmoq?-shahzoda uning so'zlaridan hayratda qoldi.

– Ha! G'irt ahmoq...va uyatsiz!-shahzodani haqorat qilishda davom etdi Hemi.

– Az...azizam, bilaman, sen hazillashyapsan, biroq chegaradan chiqma. Meni haqorat qilishing menga yoqmayapti-yigit bosiqlik bilan gapirib Hemiga qaradi.

– Hoy, qovoq bosh, senga nima dedim? Meni ahmoqona erkalovchi nomlar bilan chaqirishni bas qil!-Hemi yanada g'azablanib gapirdi.

– Nega sevgilimni erkalashim mumkin emas? Senga nima bo'ldi? Kasalmisan?-shahzoda Hemiga yaqinlashib, uning yanoqlaridan tutib, yuzini siladi.

– Yo..xudo!-Hemi bor kuchi bilan shahzodani itarib yubordi va gapirdi–Nega menga yopishasan?

– Azizam, bas qil!-Hemining qiliqlaridan asta-sekin g'azablana boshlagan yigit jiddiy ovozda gapirdi.

* * *

"Oradan bir necha soat o'tdi. Endi men hech nimadan hayratlanmayapman. Sababi o'zini Choson shahzodasi–Han Wangso deb tanishtirgan bu yigit, menga juda ko'p narsalar haqida gapirib berdi. To'g'ri, u menga har bir narsani tishuntirayotganda bunga ishongim kelmadi va bu mening ko'rinishimdan ham bilinib turar edi. Qoshlarim suhbat davomida chimirlib turdi. Eshitayotganlarimga ishonmaganim tufayli ko'zlarim kattalashdi. Biroz asabiylashganim uchun, pastki labimni qimtib, uning gaplarini eshitdim. Biroq unga ishonmaslikni ilojisi yo'q edi. Uning tashvishli va biroz xafa bo'lgan yuz ifodasi, qo'l va tana harakatlarini ko'rib, u rost so'zlayotganini angladim"

– Sen tabib Kangning qizi Kang Hemisan, eslaysanmi? Men seni birinchi bor 16 yoshimda qattiq kasal bo'lganimda ko'rganman. O'sha payt qattiq kasal bo'lganim uchun, otam tabib Kangni uyida davolanishimni aytgan. Va sen esa doim tabib Kangga ergashib yurar eding. Avvaliga kasal bo'lganim uchun senga e'tibor bermadim. Biroq biroz darmon kirgach, senga ko'zim tushdi-yu yuragim tez-tez ura boshladi. Seni sevib qolganimni tushungach, nima qilishni bilmay qoldim. Chunki, men shahzoda edim, biz yosh edik, senga qanday aytishni bilmas edim. Oradan 5 yil o'tgach, mening kasalligim qaytalandi va men yana sizlarning uyingizda davolanadigan bo'lib qoldim. Va bir kun bog'ingizda dam olayotganimda sen meni dorilarimni olib kelding va ularni ichishim kerakligini aytib, ketmoqchi bo'lding. Biroq men seni qo'lingdan tutib, senga bo'lgan his-tuyg'ularimni aytdim. O'sha payt, sen ham qattiq hayratga tushding. Keyinchalik, sen mendan o'zingni olib qochadigan bo'lding. Lekin men seni sevishda davom etdim.

Va nihoyat, onamga hamma gapni aytdim. Onam mendan xafa bo'lishi, unga yoqadigan qizga uylanishim kerakligini aytishini kutgan edim, biroq u mayin kulib qo'ydi. Shundan so'ng, men yana bir bor seni ko'rish uchun uyingiz yaqinida poyladim, seni uyingdan chiqishingni kutdim. Bir necha soat o'tgach sen uyingdan chiqding, lekin seni oldingda dugonang ham bor edi. Men barcha qo'rquv va hayajonimni seni kutayotgam joyga tashlab, sen tomon shaxdam qadamlar bilan keldim. Va shartta seni uchrashuvga taklif qildim. O'sha payt uyalib, hijolatdan qizarib ketding va indamay ketib qolding. Ammo dugonang, u menga biroz tikilib turgach, gapirdi: "Hayron bo'lmang, aslida u ham sizni yoqtiradi". Bu gapni eshitishim bilan yuragim ko'kragimdan chiqib ketar darajada qattiq urdi. Baxtdan xushimni yo'qotay dedim. Oradan bir necha hafta o'tib, biz unashtirildik. To'yimiz bo'lishiga 3 hafta qolganda, birdan sen g'oyib bo'lding. Hamma joydan qidirdik, biroq seni topa olmadik. Seni topishdan umidimni uzgan edim. Butunlay xafagarchilik va umidsizlik dunyosiga tushib qolgan edim. Ba'zan o'ylab qolar edim, balki sen mendan qochib ketgandirsan, deb. Biroq qancha o'ylamay savolimga javob topa olmas edim. Chindan ham senda qochib ketish uchun sabab yo'q edi-da. Shunday qilib, tubsiz chuqurlikka tushgancha, quyosh nurlaridan juda uzoqda, yolg'iz qoldim. Har kun xonamga qamalib olib, hech nima haqida o'ylamay qo'ydim. Chunki mening jismim ham ruhim ham sening izmingda edi. Lekin, vanihoyat kecha mening tubsiz chuqurligimga birinchi bor quyosh nurlari tushdi. Ya'ni, mening mulozimlarimdan biri sen kabi qizni topishganini aytishdi. Va o'sha ondayoq, tezda seni olib kelishlarini buyurdim. Oradan necha soat o'tdi, buni bilmayman biroq o'z hushingda bo'lmasang ham sen yetib kelding. Huddi o'sha ko'rinish, huddi o'sha kiyim va huddi o'sha go'zallik. Bir on men aqldan ozdim deb o'yladim. Axir seni juda uzoq kutdim. Biroq senga bir necha daqiqa tikilib turishim bilan tushundim. Vanihoyat mening ham yorug' va baxtli kunlarim yetib keldi-deya hikoyasini yakunladi shahzoda.

Kang Hemi

• 4-epizod tugadi.

• #Minatozaki_Mitsuki