Lanatlangan sevgi
Hayot insonni turli yoʻllar bilan sinar ekan kimnidir boylik yana kimnidir pulsizlik va yana kimlarnidir sevgi degan ogʻir dard bilan sinar ekan. Men doimo õzimga vaʼda bergan edim hech qachon hech qachon hech kimni sevmayman deb.Shunday ham boʻlayotgan edi ammo bir gina qadamim hayotimni butkul oʻzgartirib yubordi.Sevmayman dedim sevdim buni tan olishni istadim ammo yurakka buyruq berib boʻlarmidi yoʻq sevgi masalasiga kelganda insonlar õz aqliga emas yuraklariga quloq solar ekanlar.
AMMO men boshqalar kabi emas edim
Menga sevish mumkin emas edi ajoyiba menga sevish mumkin boʻlmagan chunki oddiy inson emas edim.Lekin bir narsani chin dildan istar edim oddiy inson boʻlishni bu men uchun bir orzu edi.
Toʻgʻri bu kulgili tuyilishi mumkin ammo men uchun ushalmas narsa.Doimo tinch,sokin va oddiy hayot kechirishni istar edim.
Men boy badavlat oilada dunyoga kelganman.Hamda shu oilaning yagona farzandi man ammo oila degan narsa nima ekanligini bilmadim.
Dunyoga kelishimning va shu yoshga yetib kelishimning oʻzi bir havotir ostida edi.Chunki bizning oila oddiy oila emas edi.Eng katta mafialardan birining qizi edim.Ayrimlar savol berishi mumkin mafiyalar bormi deb ha ular juda koʻp lekin ularni hech kim payqamaydi.
Tugʻilgan paytim oʻz onamni koʻrmaganman hech qachon koʻrmagan chunki onam meni dunyoga keltirishi bilan daxshatli oʻlim topgan edi.
Yoshlik menda hatto bu ham boʻlmagan hali jajji paytimdan boshlab urushishni jang qilishni qurol ishlashni oʻq uzishni oʻrganganman hamma bolalar koʻchalarda sayr qilib yurgan bir paytda men toʻgʻri oʻq uza olmaganim uchun otamdan dakki eshitganman.Yoshligim ham boʻlmaganligi uchun men eslay oladigan hech qanday quvonchli va yaxshi xotira boʻlmagan.
Qorongʻu koʻchada harakatlanayotgan mashina bir daraxtzor tomon yoʻl oldi.
U yerlarda hatto chiroq ham yõq atrof zimiston edi.Faqatgina mashinaning faralaridan yorugʻlik tushib turar edi.
Mashinani boshqara yotgan inson tezlik bilan nimadirga yorilganini his qildi va birdan tormozni bosdi.Mashinadan tushdi va yerda qonga belanib yotgan qizga koʻzi tushdi.
?:bu nimasi endi shu yetmay turgan edi....hoy yaxshimisiz
Qizning nafas olishini tekshirdi va uh tortib uni mashinasiga chiqazdi tezlik bilan shifoxonaga yetib Asabiy holda yigit kimgadir qoʻngʻiroq qildi.
?:Do-youn meni eshit hozir senga bir manzil beraman
Yigitning yoniga shifokor keldi
?: hoʻsh nima boʻldi qiz yaxshimi
Shu:ha yaxshi qattiq jarohat olmagan faqatgina qoʻli qattiqroq lat yegan ammo qoʻrqinchli muammo yoʻq bemorni palataga oldik uni koʻrish uchun kirishingiz mumkin
Yigit palata tomon yoʻl oldi.Eshik tutqichini qoʻlini bir oz qoʻyib turdi da soʻng palataga kirdi.Qiz narkoz taʼsirida bir qoʻli bogʻlangan yuzlari va qoʻllarida bir oz ishish hamda koʻkargan izlar bor boshi ham bint yordamida bogʻlangan holda yotar edi.
Yigit bir stulga oʻtirdi va qizning oʻziga kelishini kutib turar edi.