October 9

Black Love

Pov/Yona

Shu yoshimda shuncha koʻrgilik koʻraman deb hech ham oʻylamasdim...
Odamlar... Koinot va yetti olamning mitti mavjudotlari...
Odamlarga berilgan taʼrif baʼzida bu taʼrif toʻgʻri berilganmikin deya oʻylab qolman Rostan ham odamlar yerdagi mavjudotlar orasida eng onglisimi..? Rostan ham odamzot oʻzi uchun oʻzi yashab dunyoni obod qila oladimi..?
Ha!!! Shunday!!!Odamzot yerdagi barcha mavjud narsalarni anglashga va barpo etib dunyoni obod qila oladi...Lekin bir narsani ular obod qila olishmaydi...Ammo uni yoʻq qilish boʻyicha ustasi farang! Bu narsa esa - koʻngildir...

Yona oʻz dardlari bn boʻlgan kez Junglar xonadoniga Parklar oilasi ularning jiyani boʻlmish Jung Yonani oʻzlarining oʻgʻillari Park Jiminga unashtirish masalasida yigʻilishdi...

Masala barchaga ayon bu munosabatlarning poydevori ishq va mehr muhabbatga toʻlgan koʻngillar emas, balki ikki oilaning qoʻshilishidan hosil boʻladigan qudratni oʻylagan nafs edi.

Jimlik ila dasturxonga kechlil tortilar ekan bu yerdagi har bir odam oʻzining zoti balandligini har bir harakatida aytib turardi goʻyo.

Endi jimlik oʻz oʻrnini sanchqi va likopchalarning sokin ammo shovqinli tovushiga boʻshatib berdi . Bu sukunat odamni yeb bitirar va hamon ikki oila tomonidan kutilayotgan qiz oʻzini tashrifini ulardan ayirib qiynar edi...
Janob Park shovqinni buzgan holda tashqi tomondan sokin ammo ichki tomondan Yonaning hamon kechikayotgani va uning qaysarliklariga qarshi chora izlayotgan Jung xonim tomon yuzlandi.

Janob Park:Jung xonim, balki Yonani chorlarsiz yonimizga yo biz bilmagan qandaydir muammo bormi?

Oʻynoqi koʻzlar... Qoʻlning asabiy titrashi...

Jung xonim oʻzini ovqatdan uzib Janob Park tomon kulgu ila yuzlandi.

Jung xonim:Albatta Janob Park!Hammasi joyida...Menimcha Yona hamon tayyorlanayotgan boʻlsa kk. Men uni oʻzim bn olib kelaman.

Jimin Yonani ismini eshitarkan yana oʻsha kungi manzara koʻz oldiga kelib uni chuqur xoʻrsinishga sabab boʻldi.

Yona hamon hech tayyorgarliklarsiz xonada sukut ila yolgʻiz qolar ekan. Bu yolgʻizlikni xona eshigining asabiy ochilishi buzdi...

Yona bu bezovtalikdan eshikka tikilar ekan bugun har kungidanda shohona kiyinib olgan xolasi Jung xonimga koʻzi tushdi. Lekin hech qanday oʻzgarishsiz avvalgi holiga qaytdi.

Jung honim asabiylik ila hali taxlami buzilmagan kiyimga koʻzi tudhar ekan. Yonani bir urinishda oʻziga qaratdi va zaxarlik ila vishilladi.

Jung honim: Hoy sen qiz, Meni asabimni yeyidhni rejalashtirdingmi?

Asabiylik ila oʻzga qoʻllar orqali siltanayotgan Yona hech qanday oʻzgarishsiz hamon Jung honimning yuziga tikilar edi.

Jung honim:Yo hozir pastga tushib biz bn ovqatlanib boʻlajak ering va uning ota onasiga hurmat bildirasan yoki anavi Jimin bn tushgan muhabbatga toʻla ehtirosli suratlaringiz avvalgidanda shaharda mashhur boʻladi!!!

Yona Jung honimning soʻzlarini karaxt odam kabi tinglar ekan.Koʻzlarida chuqur alam va nafrat bor edi holos...

Siltangan qoʻllar va oʻrtada yanada uzoqlashib ketgan munosabatlar...

Yona xolasining soʻnggi soʻzlarini qayta oʻylab holasiga uni pastda kutishini va ungs biroz vaqt berishini aytdi.

15daqiqada oʻz gʻamini va tashvishlarini yorqin kulgusi ostiga yashirgan Yona bitta bitta bosib zinalar yordamida mehmonlar bn yuzlashdi.

Hurmat yuzasidan Parklar oilasiga taʼzim bn birga salom berar ekan
Jiminning qarshisiga holasining yoniga joylashgan Yona mayinlik ila kulib qoʻyardi.

Jimin bu qizni umrida birinchi bor koʻrishi va bir qarashda uni yeb qoʻygudek boqar edi...
Nahot shu boʻlsa oʻsha odamlar tilidan tushirmay gapirib yuradigan "bir koʻrishdagi sevgi" Jimin ovqatlanib boʻlishguncha yoʻqotgan ammo anchadan buyon topolmay kelayotgan narsasini topib olgan kabi quvonar,tez tez jilmayib qoʻyardi...

Endi kechlik tugab ikki oila oʻzaro gaplashish uchun xizmatkorlarga qahva olib kelishini buyurar ekan yoshlarni ham oʻzaro gaplashishlarink xohlagan kabi Jung honim Yonaga soxta tabassum ila

Jung honim:Yona, qizalogʻim! Jiminga oʻz xonangni koʻrsatishni xohlamaysanmi?
Jimin: Vanihoyat!!!

Ancha daqiqalardan buyon shu onni kutayotgan qoni qaynoq yigit bitta soʻz ila oʻz ishtiyogʻini atrofga bildirib qoʻydi va hijolatdan oʻziga hayron boqayotgan koʻzlarga qarab shunchaki siniq jilmaydi... Jimin xonani Yona boshchiligida koʻzdan kechirar ekan.Savol ila Yonaga yuzlandi...

Jimin:Yoshing...Yoshing nechida?

Allaqachon 29yoshni qarshilab ulgurgan har tomonlamaga yetuk yigit ayni damda 18yoshli bola sevgi izhor qilgani kabi hayajonda edi...

Yona hech qanday javobsiz Jiminni gʻalati qiliqlariga jim qarar ekan kulgusi qistadi.
Qarshi tomondan savoliga faqat mensimaslik kulgusila qarshilashgan yigit hurmatsizlikdan jahli chiqib Qoʻllarni koʻksiga bogʻladi.

Jimin:Yona eding? Shunaqami Jung eee Yoʻq!!! Park Yona!

Oʻz ismini oʻzga familiya bn eshitgan qiz nafsoniyatiga tegilgan kabi oʻtkir koʻzlar ila yigitni paxtadek yumshoq ammo tulki kabi ayyor koʻzlarni oʻyib olib javob berdi.

Yona:Bu gaping bn nima demoqchisan? Nima bitta qutqardim degani uni xohlagancha nafsoniyatiga tegish mumkin deganimi?

Jimin kulgu ila ayyorlik bn Yona va oʻzini oʻrtasidagi masofani uzib Yonani devor tomon shiddat bn itargan kabi uning qizgʻish ammo yoqimli sochlarini nafasi bn qaltiratgan holda yo yaqin kelib qizning sochlaridan hidlagan misol soʻz qotti...

Jimin:Qiziq... Seni oʻsha kuni qutqaruvching men boʻlgan edim.Ammo shu soʻzlaring uchun ilk kechamizda meni qoʻlimdan seni qaysi qutqaruvching holos qilar ekan...

Yanada yaqinlashgan yuz va yigit tomonidan egilgan boʻy lablar esa quriqshab qizni lablarini tezroq egallash maqsadida qoʻrquvdan qaltirayotgan qarshi tomon lablari tomon tezlikda bosdi...