October 19

𝐵𝐿𝐴𝐶𝐾 𝐿𝑂𝑉𝐸

𝓢𝓮𝓸𝓵 𝓢𝓸𝓸𝓳𝓲𝓷:
BLACK LOVE

Sen oʻgʻriqni his qilmay qoʻygan kuning- bu sen uchun hayotning tugashidir...

Jimlik va uning ortidan xoʻrsinish...

Jimlikni ichida gapi qaynab chiqayotgan, doʻstining qizga nisabatan nega birdaniga ochiqchasiga qilgan munosabati uni juda qiziqtirardi...

Jk:Aqlimga sigʻdirishim qiyin!!! Qanaqasiga ikki bora koʻrgan qizdan boʻsa olish va unga sevgi izhor qilish mumkin?

Jimin maxsus idishdagi spirtli ichimlikka termulish davomida 1oldingi voqealarni oʻyladi.

Qizni uning iliq boʻsasiga qoʻpol tarsaki bn javobi... Koʻzlarida soʻnmas qoʻrquv qoʻlsada uni koʻrsatmaslikka tirishish, yoshiga nisbatan keng fikrlash doirasiga egalik, bularning barchasi Yonada mujassam edi...

...Oʻsha kecha...
Ikki labning qoʻshilishi biri boʻsada shijoatli xuddi qarshi tomon lablarini yamlagan kabi chuqurroq kiradi. Ikkinchisida kuch va eʼtibor lablarda emas qoʻllar musht ila yigitning oʻzigs yarashib turgan kasyumidan siqqan holda oʻzidan nari ketkizishga urinar ammo urinishlar yigit tomonidan toʻxtatilib qoʻllarini oʻz qoʻllari ichiga qamadi...

Vanihoyat alam bn bor kuchini qoʻlida toʻplagan Yona Jiminning allaqachon tanasi tomon harakatni boshlagan qoʻllarini oʻzidan yulib oldi va nari surdi.
Yigit nima boʻlganini bilib ulgurmasidan achchiq tarsaki ila siylandi.

Qiz ham yigitdan kam hayajonga tushmagan holida koʻkrak qafasi nafas olishi tufayli tez tez koʻtsrilib tushardi.

Yona: Yaramas! Jin urgur iflos! Yoʻqol xonamdan! Sen tor fikr doirang bn menga nimalarni valdirayabsan! PARK YONA emush !

Pastda allaqachon unashtiruvni kelishib olgan ikki oila tepadagi shovqin sabab bezovta boʻlishdi.
Tepadan Yonaning qichqiriq ila haydash soʻzlari eshitilar ekan. Jung honim ularni tinchlantirishga urindi. Yonaning ozgina jizzaki ekanligini, va odam yovvoyi ekanini taʼkidlash bn birga siniq kulib qoʻydi.

Yona telbalarcha unga kulayotgan Jiminni xonasidan surin eshikdan tashqariga chiqardi vs haqorat soʻzlar ila yigitni yuziga eshikni alami boricha yopdi.

Jimin sal oldin boʻlgan ehtirosli boʻsani eslar ekan yuragi hapqirib labida qizning labi taʼmi qolgan kabi lablarini yalab ishtiyoq ila kulib qoʻydi.

𝓢𝓮𝓸𝓵 𝓢𝓸𝓸𝓳𝓲𝓷:
Hozirgi vaqt

Yona bugun uning va Jiminning unashtiruv munosabati bn uyushtirilayotgan bazm sabab holasining achchiq soʻzlariga eʼtibor bermagan holda koʻcha tomon otilar ekan.
Behosdan begona raqamdan boʻlgan qoʻngʻiroq uni joyida toʻxtashiga sababchi boʻldi

Goʻshakni koʻtargan Yona uni ertalabdan asabiga asab qoʻshuvchi ovoz yangradi.

Jimin:Salom Yonam! Bilaman meni juda sogʻingansan!

Yona javob berish yoqmayotganini bildirgan holda ensa qotirib oʻpkasidagi soʻrilgan havoni bir uhlashda chiqardi.

Yona:Tong sahardan taranglashgan asabimni buzishga qoʻngʻiroq qilgan boʻlsang buni uddalading. Hayr kuning hayrli oʻtsin!

Jimin gapirishiga ulgurmasidan qarshi tomondan goʻshakni qoʻyilganligi haqida habar beruvchi signal keldi. Jimin hayronlikni yuzida yasagancha mobil telefoniga qarar ekan qarsillab yopilgan eshik ovoz yangragach shu tomon yuzini burdi.

Yona har doimgi sovuq aurani yuzida saqlab qoʻrgʻon hovlisiga chiqqan zahoti uni anchadan buyon ishtiyoq va bir kunlik ulkan sogʻinch bn kutayotgan insonni koʻrib koʻzlarini koʻz doirasi atrofida aylantirib, Jiminni yonidan hech kimni koʻrmagan kabi har kuni uni maktabga olib boradigan, ammo bir necha kundan buyon Jimin Yonani maktabga eltib qoʻyishi sabab joyidan siljimayotgan zamonaviy mashinaga joylashdi.

Yonani bu harakatidan kulgan Jimin mashina kalitini qoʻriqchiga uloqtirib uni Parklar Qoʻrgʻoniga eltib qoʻyishini aytgan holda Yona joylashgan mashinaga hech nima boʻlmagan kabi orqa oʻrindiqqa yaʼni Yonaning yoniga joylashdi.

Pov:Jimin

Sevgilim oʻzimni! Seni uchratganimga bir hafta boʻlmasidan meni oʻzingga qaysarliging latofating bn rom etding! Dadamning mendan besoʻroq ishidan umrim davomida afsuslanmaslikka tayyorman suyukli mushukcham!

Jimin Yonaning yoniga joylashib Yonaga jilmaygan holda uning butun tanani koʻzi bn kuzatib chiqdi.

Qiz uning hatti-harakatlaridan sarosimaga tushgan holda haydovchiga mashinani haydamasligini va u boshqa mashinada ketishini aytar ekan qarshi tomon uning buyruqlarini keskin uzib haydashda davom etishini aytdi.

Jimin:Bugun baxtli kunimizda men sen bn boʻlaman

Pov|Yona

Umrim davomida hola deb nomlanuvchi telbaning safiga biri qoʻshilishini hech ham oʻylamagan edim. Bir hafta ham boʻlmay men uchun goʻyo osmonlarda uchayotgan Janob Park menga tezroq erishish uchun oʻsha oilasi biznikiga tashrif buyurgan kun, menda jirkanch ishini sinab koʻrgandan soʼng, sinovining jazosini koʻtara olmagan holda unashtiruvni tezlashtirishini va mensiz yashay olmasligini taʼkidladi.
Tabiiyki men kim ham edim bu yerda meni talab va istaklarim inobatga olinsa! Oʻz taqdirini oʻzgalar qoʻlida oʻyinchoq boʻlishiga qoʻyib bergan ojiza! Men edim- oʻsha ojiza...

Qancha urinsam bu shilqimni mashinadan tushirish rejam ish bermadi. Agar u bn shu yerda ketmasam majburan meni oʻz mashinasida olib ketishini aytgandan soʻng uni gaplariga ensa qotirib yuzimni teskari burdim.

Mashina maktab darvozasi yaqinida toʻxtab men uni tark etish uchun eshik tutqichini bosdim. Shu vaqt men yoʻl mobaynida gapirmay kelgan, hatto yuziga ham qaramagan, kimsa qoʻllari eshik tutqichida turgan qoʻllarimni mahkam ushlab, eshikni maxsus qulflaydigan moslamasini bosdi.

Yona Jiminning qilgan ishidan ajablanib uni yuziga qarashga shaylangan zahoti sochlari orasiga baquvvat qoʻllar suqulib Yonaning boshini egasi tomon yaqin olib kelishiga yordam berdi.

Tutashgan koʻzlar va jim qolgan lablar... Koʻzlar bir biri bn suxbatlashgan koʻyi termular ekan yigitning koʻz qorachiqlari maktab uchun unchalik ham koʻzga tashlanmas lab boʻyogʻi surkalgan lablar tomon tushdi va lablarini qiz lablari tomon tezda bosib boʻsa olishni boshladi.

Yona nima boʻlganini miyyasida tahlil qila olmay Jiminning harakatlaridan dovdirar ekan uni oʻzidan itardi. Ammo bir xil natija.

Pov|Jimin

Bu lablar... Ular menda ikkinchi bor his etilishi bu qanday tuygʻu hirs yoki his? Bunisini bilmayman. Ammo tobora bu nomaʼlum tuygʻu menga yoqib boryabdi.

Axiyri qarshi labni tishlash orqali oʼz lablarini oʻzga lablar orasida soʻrilishdan saqlagan Yona Jiminni bor kuchi bn oʻzidan nari surdi.

Lablarida ogʻriq va metal taʼmini his qilgan Jimin yuzini ogʻriqdan bujmaytirib ogʻzida allaqachon metal taʼmini berib ulgurgan qonni lablaridan artib unga olovla qarab turgan Yonaga ayyorona tikildi.

Jimin:Qoyil! Abjirsan sevgilim. Birinchi qonni men emas sen chiqarishga ulgurding Hayotim.

Yona bisotida bor shirin soʻzlar bn boʼlajak turmush oʻrtogʻini siylash bn mashinani tark etdi.

Pov Yona

Ahmoq..! Umrim bino boʻlib bunaqa shilqim yigit uchramagan. Nima qilsam ekan? U bn butun umr uning qiliqlariga chidab yashash qoʻlimdan keladimi? Hozirdanoq asab tolalarimning bir necha mingtasining nobud boʻlishiga sababchi "U"...

Dars yarmiga kelganda suyukli "onajonim" yoxud xolam boʻlgan kimsadan qoʻngʻiroq boʻldi. Uning aytishicha oʻzi onamning oʻlimidan oldin boshini aylantirib ega chiqqan "dadajonim" bugun Londondan kelar ekan.Jin ursin! Ularni hech birini koʻrishni xohlamayman.

Pov avtor: Qiz hayollari ogʻushida sinfxona tomon yoʻl boshlagan vaqt uni har doim kamsilitishiga va yerga urilishiga katta yordam beradiganlar paydo boʻldi.

Yona ularga eʼtibor bermagan xolda maxsus shkafdan kitoblarini olishga chogʻlanar ekan qarshi tomon zarb bn uning bilagidan siqdi va shkaf eshigi tomon itardi.

Minsu:Hoy chirkin malika! Yo boʻlajak Park xonim...

Mensimagan kulishi bn yoqimsizligi yanada ortar ekan. Mobil qurilma orqali bugungi "Kun yangiliklari"ni baland ovozda oʻqidi:

Minsu: Bugun 19-oktyabrning oqshomida Junglar oilasi va Parklar oilasining birlashishiga sabab boʻlgan yosh juftliklar Jung Yona va Park Jiminning unashtiruvi boʻlishi eʼlon qilindi. Bu oqshomda Janob Jung Namseok ham katta tanaffusdan soʻng biznes olamiga qaytgani munosabati bn barcha yaqin...

Zarda bilan itarilgan qiz gapi chala qolib, achchiqdan itarilishining sababchisiga qaradi.

Qizning yaqin dugonasi uni koʻp bora qutqargan ammo sport mashgʻulotlari sabab oyogʻi shikastlangan Asi bir muncha maktabga kela olmadi.

Asi: Minsu! Bu nimasi?!

Hayajon bn olingan nafas... Koʻzlar kosasiga siqmagan yoshlar betartib holda koʻzdan dumalar ekan. Koʻz yoshlar sohibasi shunchaki "Asi..." deya oldi xolos...

Pov Yona: Qarshimda men uchun dunyolardanda ancha aziz boʻlgan suyukligimnk koʻrgan holda ikki haftadan buyon tark etmayotgan gʻubor sogʻinishning qondirilishi bn yuvildi goʻyo... Koʻp yigʻlab hayajonlanganimdan qachon uning quchogʻiga qanday singib ketganimni bilmayman.Boʻy borasida mendan ancha ustun keladigan yaramas bezori dugonamni quchoqlar ekanman. U ham menikidan kam boʻlmagan sogʻinch bn qoʻllarini yelkamdan oʻradi...

Xona faqat ikki kishidan iborat. Biri soʻzlash barobarida achchiq kulib qoʻyar koʻp yigʻlaganligi sabab qiymati ancha baland boʻlgan maktab qizlar koʻylagi ancha hoʻl boʻlib ulgurgandi.

Yona dardlarini faqat shu dugonasiga aytardi. U tabiatan ogʻir bosiq qiz boʻlishiga qaramay faqat Asining yonida quvnoq boʻlar va dardlarni ozga boʻlsada unitardi.

Asi ham yoshiga nisbatan ancha qiynalgan onasidan soʻng oʻz holasi oʻgay onasi boʻlgan 17yil davomida qandaydur boʻlmagur shon shuhrat sabab yashirinib kelgan dugonasini yaxshi koʻrar va uni hech kim uchun koʻz yosh toʼkmaligiga harakat qilardi.

Maktab tugashi bn ikki dugona ozgina doʻkon aylanishdi. Qahvaxonada oʻzlari uchun zakas berish barobarida Yonaga qoʻngʻiroq boʻldi.

Yona qoʻngʻiroq egasining ismini oʻqib koʻzlarini asabiy koʻz kosasida aylantirgan holda goʻshakni koʻtardi.

Jimin qizga bir necha bor qoʻngʻiroq qilgan ammo barchasi besamar ketganidan xunob boʻlardi. Soʻnggi urinish deya oʻziga oʻzi soʻz qotgan yigit mobil qurilma ekraniga tanishganiga koʻp boʻlmagan boʻlsada "sevgilim"kontaktiga qoʻngʻiroq yoʻlladi. Qurilma hamon "sevgilisi"ni chaqirar va javob berilganidan dovdiragan yigit Yonaning qayerda ekanligini soʻrash bn cheklana olmadi.

Jimin:Yona! Qayerdasan? Nega hamon uyingda emassan? Men uying yonida seni kutyabman.

Yona bir zumda savollar bn koʻmilgan holda uh tortib sovuq javob qildi holos.

Yona: Nima senga hisob berishga majburmanmi? Meni tinch qoʻy!

Savoliga javobni sovuq olgan Jimin yetmaganiga hurmatsizlik ila yuziga oʻchirilgan goʻshak sabab jahlini yuzida ifodaladi.

Asi dugonasining qoʻpol javobidan bu uning boʻlajak turmosh oʻrtogʻi ekanini tushundi. Ammo soʻzsiz qolib uni Yonani goʻshakni qoʻyishini kutdi.

Qoshlar uyilgan holda bashang kiyim bn dadasining gapiga qaramasdan mashinani yuqori tezlikda boshqarib Parklar xonadonini tark aylagan Jimin Yonaning ters gaplari uchun u bn yuzlashganda uni eng ogʻir jazo bn siylashni oʻyladi.

Doʻsti orqali sevgilisini joylashuvini topib uning yoniga oshiqdi.

Hech qancha vaqt oʻtmay qizlar joylashgan qahvaxona yoniga mashina balonlarini asfaltga ishqalanish oqibatida baland ovoz chiqargan holda janob Park koʻrinish berdi. Mobil qurilma orqali qizning joylashuvini yana bir bor tekshirgan boʻldi va qahvaxona ichiga shoʻngʻidi.

Yona kuchli ishqalanish oqibatida chiqqan ovozdan shu tarafga qaragan holda uhlab qoʻydi va hech nima boʻlmagan kabi Asi bn suhbatni davom ettirdi.

Jimin allaqachon Yonani topib ulgurgan shahdam qadam ila unga yaqin keldi.

Faqat televizorlarda yoki modellar bn birga koʻrgan yigitni qarshisida koʻrgan Asi hayrat ila dugonasiga savol nazarida qaradi.

Jimin choʼntagiga qoʻl suqqan holda Yona tomon engashdi.

Jimin: Sevgilim! Bugun uchrashuvim bor deganingda balki unashtiruvimizni kechiktirgan boʻlar edimmi?

Yona jirkanganino bildirgan holda qulogʻiga labi tegay deb qolgan yigitdan yuzini nari oldi.

Jimin gavdasini koʻtarib Asiga hayrli kun tiladi va Yonani bilagidan siqib uni tashqari tomon tortib ketdi.

Nima boʻlganini anglab ulgurmagan Yona oldinda qoʼllarini zanjirband qilgan yigitdan oʻzini boʻshatishga urinar va bor ovozda baqirardi.

Tabiiyki bu tekin tomoshadan quruq qolgisi kelmagan koʻcha oʻtkinchilari bu mashhurni kuzatishni boshlab yuborgan edi.

Qancha urinsa ham boʻy bermagan sevgilisini axiyri qoʻllariga zoʻrlik ila koʻtarib olgan Jimin Yonani qarshiliklariga qaramay uni mashinaning old oʻrindigʻiga joyladi va Junglar xonadoni tomon mashinani otlantirdi...