“Bosh qomusim 33 yoshing muborak, har bir daraxt – Yangi O‘zbekiston nafasi”
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda joriy yilning 8-noyabridan 8-dekabrigacha “Bosh qomusim 33 yoshing muborak, har bir daraxt – Yangi O‘zbekiston nafasi” shiori ostida dolzarb bir oylik e’lon qilindi.
Oylik davomida majmua hududidagi barcha ishlab chiqarish obyektlari va yordamchi inshootlar atrofida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, bino-inshootlar atrofidagi yashil maydonlarda qo‘shimcha mevali va manzarali ko‘chatlar ekish, yo‘l chetlarini begona o‘tlar va chiqindilardan tozalash, quduq va ariqlarni tozalash, yo‘l cheti to‘siqlarini (bardyorlarni) oqlash, shuningdek, daraxt va butalarga shakl berish ishlari olib borilmoqda.
Bunday tadbirlar natijasida majmua hududi yanada ko‘rkam qiyofaga ega bo‘lib, obodonlashtirish ishlari nafaqat hududning estetik qiyofasini yaxshilamoqda, balki atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va sog‘lom mehnat muhitini yaratishga ham xizmat qilmoqda.