October 21

LEWD FEELINGS 

Часть 27🔞

Pov/Shahi

Yana bir tong men uchun o'ta ayanchli tarzda otdi. Ko'zlarimda shunchalar kuchli og'irlik bor ediki xatto ularni ochishni istamasdim. Qorin sanchig'i yetmaganidek qovuq sohasining burab og'rishi kravat ustida 2 marta yumalab kezishimga sabab bo'ldi. Kecha tundagi yetarli darajadagi keskin bosim*larni eslasam battar holsizlanib ketyapman. Hoziroq turib og'riq qoldiruvchilarni qabul qilmasam bu dardlarga chidashga ortiq bardoshim yetmaydi. Yostiqdan boshimni ko'tarishni eplay olmayapman xatto. Kindikdan pastki qismimni changallagancha tirsagimga tayanib bo'lsa-da turishga urunib ko'rdim.

Tanamga o'ralgan oq choyshabni olib tashlagan onimda to'shak ustida qon dog'lari ko'rinish berdi. Ming la'nat bilardim shunday bo'lishini. Ko'zlariga qon to'lib menga yirtqichdek tajovvuz qilgan maxluqning zo'rligi natijasi qanday ham bo'lsin. Uning menga tegingan barmoqlari-yu , meni ayamay zo'rlagan barcha narsa*sidan o'la-o'lgunimcha nafratlanaman. Ko'zlarimni mahkam yumgancha og'riqdan qattiq ingrab , tirishdim-u yotoqdan tushishga harakat qildim. Polda yotgan xalatimni bazo'r qo'l cho'zib oldim va noqulayliklarni tarqatish uchun chuqur-chuqur nafas olib uni kiydim. Tanamning ahvoliga qarab bo'lmaydi. Menga kiyimlar emas faqat tuproq ostida bo'g'ilish yarashadi. Ba'zan turib-turib hayolimda be'mani fikrlar aylanadi. Aerin mendan ko'ra omadli ekan. Hammasini menga tashladi-yu ketdi. Men esa bu yerda eshitishni , tushunishni bilmagan bir hayvonning qo'lida bo'zlab qolib ketdim. Uni o'rnida bo'lmaganimdan hozir qattiq afsus chekyapman. Ammo foydasiz. Bu nadomatlarni o'zimdan boshqa hech kim tinglamaydi. O'tirishga ham izn bermayotgan og'riqlardan tirishgancha o'rnimdan turdim. Xalat berkitishga ojizlik qilayotgan tanamni matoni tortqilab yopgancha eshik tomon yura boshladim. Eng sekin yuradigan sudraluvchi ham mendan o'zib ketsa kerak degan tahminlar bn o'zimni chalg'itishga urindim. Qon ketyapti. Ahh jin ursin* bu qanaqasi? Bugun , ayni daqiqalarda kimdir jonimni olsa-yu shu zahoti qutulsam mana shu dardlardan. Eshikka yetib kelganimdan bir muncha o'zimdan mamnun bo'lib tutqichdan ushladim. O'zimga tortganimda ochilmadi demak hali ham uyqusirayapman. Qattiqroq urinish kerak Shahi. Bu nima qilganing? Xuddi bir hafta hech narsa yemagan och-naxor odamga o'xshaysan. Nafasim ostida o'zimga dashnom bergancha biroz kuch bn tortib ko'rdim. Ichki sonimdan sizib kelayotgan qondan irkangancha yana harakat qildim. Ketma-ket tortqilashlarimga ham ochilmaganiga qaraganda u tashqaridan qulflangan.

Shahi: Och eshikni!

Jonimdan o'tib ketayotgan sanchishlardan ahvolim og'irlashib eshikni taqillatishga tushdim. Hushim boshimdan uchib nigohlarim oldida qalin mato tortilgandek bo'ldi.

Shahi: Och dedim shuni , savdoyi-telba! Och...

Nima bo'lganini anglay olmay qoldim. Oyoqlarim o'z-o'zidan bo'shashib birdan yerga yiqildim. Polga urilganimda jimgina ingrar ekanman ostim*dagi og'riq misli ko'rilmagan darajada kuchaydi. Boshim shiddat bn aylanib ko'nglim aynirkan nafas olishim juda qiyinlashdi. O'rnimdan turishga urinib ko'rdim lekin ilojini qila olmadim. Hamma narsa loyqa , bu ham yetmagandek xona atrofimda aylana boshladi. Hushimni saqlab qolishga harakat qilgancha ko'zlarimni chirt yumdim. Biroq soniyalar o'tishi bn tobora qiyinlashib borardim. Hech qancha o'tishga ulgurmay polga yuztuban quladim. Ko'zlarim yumilishga tayyor va bo'ynimdagi keskirlik yomon yiqilganimdan dalolat berib turardi. Keyingi voqealarni ko'ra olmadim. Shunchaki kipriklarimni jipslashtirdim-da zimiston qorong'ulikka cho'kib ketdim.

Pov/avtor

Yarim soat o'tgach qizini uxlab qolganidan foydalangan Jungkook yotoqxonasi tomon kela boshladi. Ichkarida Shahining hamon uxlab yotgan tasavvurini hayol qildi-da uni ko'rishni istab eshik qulfini bo'shatdi. Chuqur kislorod yutgancha kirish-kirmaslik haqida o'zi bn bahslashib eshikni ichkariga itarib kirganida butunlay boshqacha manzara guvohiga aylandi. Pol ustida behush yotgan qizni ko'rib vahimaga tushish , uni yoniga tiz cho'kib ahvolini bilish o'rniga xuddi hech nima sodir bo'lmagandek Shahining boshi ustiga kelib zaharxandalik bilan qarsak chalishga tushdi.

Jungkook: Juda ishonarli. Dunyo miqyosidagi aktrisalar ham sendek o'z rolini qoyilmaqom qilib ijro eta olmaydi

Qizning qimir etmasdan yotishi ham Jungkookning fikrini o'zgartirmadi.

Jungkook: Yetar endi , tur o'rningdan. Yana qochish uchun har xil ahmoqona rejalar tuzishni boshlagan bo'lsang bu gal bo'lmaydi. Meni o'ldirsang ham mendan qutula olmaysan buni allaqachon tushunib yetishing kerak edi

Yana o'sha sukut , yana o'sha jimlik. Jungkookning sabr kosasi to'lib , o'zini tuta bilish tizginini qo'ldan chiqara boshladi.

Jungkook: Tur o'rningdan dedim , yo'qsa hozir tepkilashni boshlayman!

Uning nigohlari qizning qomati ustidan yurib o'tarkan , oyoqlariga kelib bir zumda qotib qoldi. Shubhali qon chiziqlarini payqagach Shahiga jiddiy tarzda qarab uning yonida cho'kkaladi.

Jungkook: Shahi

Qizning boshini ohista ko'tarib yuziga to'plangan sochlarini ortga taradi. Qon qizning xalati etagini dog' qilishgacha borganini ko'rgach bu shunchaki sahna ko'rinishi emasligini bildi. Sekinlik bn uning kichik tanasini kelinlik uslubida ko'tarib ko'ksiga bosgancha bir-ikki ulkan qadami bn xonadan chiqdi. Qizning boshi osilib qolganini ko'rib ichida allaqanday tashvish uyg'ondi-yu uxlab qolgan Milanni ham unutgancha mashinasi tomon oshiqdi.

*

Kasalxonalarga uncha-munchada ishi tushmaydigan yigit besabrlarcha kutish mobaynida muhit sababli bo'g'ila boshladi. O'zining shaxsiy klinikasiga ortiqcha gap-so'z bo'lmasligi uchun Shahini eng yaqin shifoxonaga olib kelgandi. Palata eshigi yonida dam devorga tiralar , dam u yoqdan bu yoqqa yurib vaqt o'tkazardi. O'ylari to'laqonli chalkashib kecha tunda Shahini yetarlicha qiynaganini o'zicha tan olib qo'ydi. Har galgidek g'azabga yengilib kuchiga erk bergancha barchasini barbod qildi. Ammo bu borada zarracha afsus qilmadi. Yirtilgan* bo'lsa tuzalishi mumkin biroq Jungkookning qalbidagi xiyonat jarohati osonlikcha bitmaydi. U yaralarning achchiq iztirobini o'tgan kunlar oralig'ida har soniya his qilib bordi. Doktor xonim xonadan chiqqanida fikrlarini jamlab uning kelib vaziyatni tushuntirishini kutdi. Jungkook aslo o'zgarmaydi. Shifoxonaga kirgan zahoti erkak doktor-u , yordamchilarni xotiniga yaqin kelishiga yo'l qo'ymadi. Ayol kishi Shahining sog'ligini o'z zimmasiga olgach ko'ngli hotirjam bo'lib barchasiga ruxsat berdi. U shifokorning o'ychan yuzini tahlil qildi va ortiqcha tahminlarni chetka surib unga yuzlandi.

Jungkook: Menga hammasi joyida deb ayting!

Doktor og'ir xo'rsinib u bn yo'lakda gaplashishni istamay xonasiga taklif qildi.

Jungkook: Yaxshi emas shundaymi? Aks holda barini shu yerda ro'y-rost tushuntirardingiz

*

O'zi bilmagan holda havotirga berilgan yigit shifokorning gap boshlashini kutib qaltirayotgan barmoqlarini nazorat qilishga urinardi. Doktor xonim vaqtni ortiqcha olishni xohlamay Jungkookka botinib qaradi.

-rafiqangizni jinsiy tomonlama hech qanaqa shikoyati yo'qmidi?

Aloqa*lar sababli yuzaga kelgan muammolarni hisobga olmaganda Shahi bu masalada hech qachon norozi bo'lmagan.

Jungkook: Yo'q. Chaynalishni bas qilib ochiq-oydin ayting barchasini. Shifoxonangizda nafas olib bo'lmayapti! Menga ayni damda toza havo , kislorod kerak

-3 haftalik homilani asrab qola olmadik

Mana shu 2 og'iz gap Jungkook uchun nafas olish imkoniyatini yo'q qilgandek bo'ldi. Shifokor bu gaplar bn uning oshqozoniga musht tushurgandek qattiq og'riqni sezdi. Qanday qilib axir? Shahi homiladormidi? 3 haftalik bo'lgan bo'lsa bu bola Jungkook bn yashab yurgan kezlaridayoq shakllanganmi? Nega buning belgilarini Jungkook sezmadi? Qanaqasiga shunchalar befarq bo'lishga ulgurdi? Eng daxshatlisi , endi u intizor kutgan , Shahidan har kuni kerak bo'lsa har daqiqa talab qilgan bolasining qotili bo'ldimi? Kecha tunda qizni qanday ahvolga solgani faqat o'ziga ma'lum. Yana bir dunyoga kelishga ulgurmagan go'dakning boshiga yetdimi? Hammasi aniq. Bu Jisungning hali tug'ilmagan bolasi uvoli edi. Han umrining so'nggi daqiqalarida boshqalarni baxtsizligi evaziga hech qachon baxtli bo'la olmaysan degandi unga. Yorug' olamga kelmasdan burun nobud bo'lgan go'dakning barcha gunohi o'ziga ayanchli tarzda qaytib keldi. Jungkook bu bolani intiq kutgan edi. Shahidan farzand ko'rishni juda xohlagandi. Doim qizga shu masalada tazyiq o'tkazib uni azob ichida qoldirardi. Ming afsus , qilgan qilmishi-yu gunohlari barcha orzulariga o't qo'ydi.

-homila bachadon bo'ynida joylashib rivojlanayotgan ekan. Biz uni operatsiya yo'li bn o'z o'rniga qaytarib asrab qolishimiz mumkin edi. Lekin nimadir sabab bo'lganki u rafiqangizning tanasida qotib qolgan. Uni saqlab qolishning iloji bor edi. Shifoxonamiz va tajribali shifokorlarimiz bunday murakkab operatsiyalarni ko'p marotaba o'tkazib ijobiy natijaga erishishgan. Shundoq ham nozik joyga joylashgan homila yaxshi bo'lmasa-da rivojlanayotgan ekan. Tashqi ta'sirdan qandaydir muammo uni erta nobud qilgan. Ayolingiz noxosdan yiqilib tushmaganmidi?

Tushunarli , doktorlar hali buning sababini bilishmaydi. Jungkook kecha qizni ajali bn yuzlashtiradigan darajada u bn qattiq aloqa*da bo'lgandi. Shuning uchun bola bu kuchli bosimga dosh bera olmagan. Rangi g'azab-u alamdan o'zgara boshlagan yigit kaftlarini shunchalar kuch bn musht qilib tugdiki butun vujudi titrab ketdi. Ko'zlari jahldan qisilib borarkan o'z-o'zidan nafratlanayotgan bo'lsa ham butun qahrini shifokorga sochdi.

Jungkook: Bolani joyiga qaytarasiz?

Doktor undan bolasini yo'qotgan ota sifatida ta'sirlanishini , asabiylashishini , to's-to'polon ko'tarishini qabul qilishga tayyor edi biroq bunday ahmoqona buyruqni kutmagan edi. U so'ragan narsani hech qanaqasiga amalga oshirib bo'lmaydi.

-esingiz joyidami?

Jungkook: Yo'q , shu kunlarda davolanishdaman

Shifokor Jungkookning vajohatidan havotirga tushurib , qo'rquvdan yuragi tez urishiga sabab bo'layotgan edi.

Jungkook: Meni bolam onasini qornida yana o'sishda davom etadi , tushunarlimi?

-nima telbamisiz

Jungkook g'alati kulimsiragancha doktorni vahimaga tushurib qo'yganini aniq his qildi

-ishonavering bunaqa telbani dunyoni aylanib ham topa olmaysiz. Shuning uchun yaxshilikcha aytganimni qiling. Kasalxonangiz foydasi , sizning salomatligingiz uchun kichik ogohlantirish bu!

-janob... sizni tushunaman buni yengib o'tish oson emas lekin...

Ayol so'zlariga yakun yasashga ulgurmasdan turib Jungkook o'rtadagi stolni kuch bn ag'darib tashladi. Uning ustidagi ashyolar har qayoqqa sochilib shifokorning daxshat ichra qichqirishiga sabab bo'ldi.

Jungkook: Qancha kerak? Ming , million , milliard...? Hammasini qoplayman! Kerak bo'lsa siznikiga o'xshagan klinikalarni 10 mingtasini sotib olishga bemalol kuchim yetadi. Og'zingizga siqqancha so'rang. Evaziga farzandimni men va onasiga yana qaytarib bering!

-iltimos , tinchlaning. Siz... umuman aqlga sig'maydigan narsani so'rayapsiz. Homila allaqachon halok bo'lgan. Uni rafiqangiz vujudiga qaytarishning mutlaqo iloji yo'q. Yosh ekansizlar hali farzandli bo'lasizlar. Bu so'nggi bekat degani emas. O'zingizni qo'lga olishga harakat qiling

U endi o'zini umuman qo'lga ololmaydi. O'z farzandini umriga zomin bo'lganlik alami uning ich-etini kemirib tashlayapti. Shu paytgacha biror kimsani o'ldirgani uchun pushaymon bo'lmagan inson hozir yurak-yurakdan tashqariga chiqarmay nadomat chekyapti. Jungkook ilk marta kimningdir joni isrof bo'lganidan chinakamiga afsus qilyapti. Vujudida ming xil og'riq uni har qayoqdan dard-u sitamlar qariga tortib boryapti. U bo'ynining orqasini ishqalagancha shifokor xonasidan shirakayf odamdek chiqib ketdi. Oyoqlari bosayotgan qadamlarini bilmay nigohi oldida manzaralar xiralashib ishdan chiqqan telivizor singari tasvirlar chayqalib boryapti. O'ta mas'uliyatli va sinovli ish hali oldinda. U Shahiga bularni qanday tushuntiradi? Qiz shuncha ishdan keyin Jungkookning bu jirkanch qilmishini qanday tarzda qabul qiladi? Shusiz ham unga bo'lgan nafrati samodan-da cheksiz , bu xabardan so'ng Jungkookka kim sifatida qaraydi? Shahi yotgan palataga yaqinlashgan yigit ikkilanib o'tirmasdan eshikni ochib ichkariga kirdi. Hamon tinchlantiruvchilar ta'sirida uxlab yotgan qizning tepasida g'imirlab yurgan hamshira birdan ishini to'xtatdi.

-bemorni yoniga hozircha kirish mumkin emas. Siz qanday

Jungkook: Chiqib ket!

U behush Shahidan ko'z uzmagan holda hamshiraga past ovozda buyruq qildi.

-nima

Jungkook: CHIIIQ!

Uning o'shqirig'idan sakrab tushgan hamshira qo'rqqanidan oyog'ini qo'lga olib eshik tomon shoshdi. Qaltiragancha xonadan qanday chiqqani-yu , eshikni qanday yopganini bilmay qoldi. Stulni tajanglik bn qiz yotgan kravat yoniga surgan yigit o'tirdi-yu chuqur-chuqur nafas oldi.

Jungkook: Yaxshi... yaxshi. O'tib ketadi. Hotirjam bo'l , tinchlan. Bundan battarlarini ham yengib o'tgansan. Shunchaki hammasini unut

U mushtini burniga tiradi-da Shahining uyqudagi siyratiga termuldi. Go'yo uxlayotgan malakning o'zginasi. Boshqa olamda tinchgina , bamaylixotir sayohat qilyapti. Shu vaqt oralig'ida oz bo'lsa ham g'am-anduhlardan ortga chekinmoqda. Jungkook unga qo'l uzatib yuzlaridan , sochlaridan silab o'z ko'ngliga taskin bermoqchi bo'ldi ammo shuncha ishdan keyin bunga botina olmadi.