Ichki Ishlar Organlari xodimlarining odob-axloq qoidalari bo’yicha, ular fuqarolar bilan munosabatni qanday amalga oshirilishi kerakligini bilasizmi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son qaroriga asosan taqsdiqlangan Ichki ishlar organlarining INTIZOM USTAVI tasdiqlangan bo’lib, unda quyidagilar belgilangan:

- Ichki ishlar organlari safiga qabul qilingan kundan e’tiboran har bir xodim odob-axloq qoidalariga amal qilishga majburligi;

- Odob-axloq qoidalariga rioya etish xodimning kasbiy faoliyati samaradorligi va xizmatda o‘zini tutishini baholashning mezonlaridan biri hisoblanishi;

- fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, kamtar va bosiq bo‘lish, ularning mavqeidan qat’i nazar hech bir shaxs, guruh yoki tashkilotlarning kamsitilishi yoki afzal ko‘rilishi holatlariga yo‘l qo‘ymasligi

- O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar xalqlarining urf-odat va an’analarini hurmat qilish, turli etnik, ijtimoiy guruh hamda konfessiyalarning madaniy va boshqa xususiyatlarini inobatga olish, ijtimoiy barqarorlik, millatlararo va dinlararo hamjihatlikka ko‘maklashishi;

- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida, beg‘araz va qonuniy ko‘rib chiqishi;

- xodimning o‘z xizmat burchini vijdonan bajarishiga nisbatan fuqaroda shubha uyg‘otuvchi xatti-harakatdan tiyilish, shuningdek ichki ishlar organlari obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmasligi;

- Xodimlar korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashishi va faollik bilan uning profilaktikasiga ko‘maklashishi;

- Xodimlar xayrixoh, xushmuomala va e’tiborli bo‘lishi, fuqarolar va hamkasblariga sabr-toqat va hurmat bilan munosabatda bo‘lishi;

- Xodimlar fuqarolarga nisbatan qo‘pollik qilmasligi, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, asossiz ruhiy va jismoniy ta’sir o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymasligi

- Xizmat vazifalarini bajarish vaqtida xodimlarning tashqi ko‘rinishi ish sharoiti va xizmat tadbiri turini inobatga olgan holda, aholida ichki ishlar organlariga nisbatan hurmat uyg‘otishi, toza va orasta bo‘lishi zarur.

- Xodimlarga xizmat paytida alkogol ichimliklar iste’mol qilish taqiqlanadi.

- Xodimlar xizmatdan tashqari paytda umumiy odob-axloq qoidalariga amal qilishi, g‘ayriijtimoiy harakatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymasligi shart va zarurligi belgilab qo’yilgan.