Jondor tuman Adliya bo'limi YXKM tomonidan targ'ibot tadbiri tashkil etildi
Joriy yilning 27-oktyabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lishi munosabati bilan Jondor tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan tumandagi 21-son maktabda aholining huquqiy savodxonligini yanada oshirish, maqsadida targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi.
O‘tkazilgan uchrashuvda xodimlar saylov tizimi va tartibi bilan yaqindan tanishtirilib, saylov tizimida yangi qabul qilingan hujjatlar, saylov byulletenlarini berish tartibi, saylov jarayoni nazorati borasida shuningdek, sohaga doir Mehnat qonunchiligiga oid ma’lumotlar berilib ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.