October 18
Jondor tuman adliya bo'limi tomonidan targ'ibot tadbiri amalga oshirildi
Jondor tumani adliya bo'limi tomonidan otaliqa olingan yoshlar tizim faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi, ularga huquqshunoslik kasbi, uning o‘ziga xos jihatlari, nufuzi haqida amaliy tushunchalar berildi.
Tarkibiy bo‘linmalarda ish jarayonining borishini bevosita kuzatgan yoshlar tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ldilar. Muloqotlar davomida yuridik ta’lim va kadrlar tayyorlash, adliya organlariga ishga kirish kabi masalalarda o‘zaro fikr almashdilar.
Shuningdek, o‘quvchilarga “Huquq maktabi” mobil ilovasi hamda “Huquq ta’limi” telegram kanali qulayligi va afzalliklari haqida tushuntirishlar berildi.