October 16

Jondor tuman Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tumandagi 25-son maktabda yangi saylov tizimining mohiyati bo'yicha seminar tashkil etildi!

Seminar davomida Qonunchilik palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha saylanadi, 75 nafari yagona saylov okrugi bo‘yicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarga mutanosib ravishda partiya ro‘yxati asosida saylanashi haqida tushuntirish berildi. Shuningdek, Xalqaro tajribada saylov tizimining bir nechta shakllari mavjudligi, jumladan majoritar, proporsional va aralash tizimlari, ya'ni, majoritar tizimida saylovchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri ayni bir nomzodga ovoz beradi vaeng ko‘p ovoz olgan nomzodlar saylangan deb topilishi hamda Proporsional tizimda esa saylovchilar muayyan nomzodga emas, partiyalarga ovoz beradi. Partiyalarning parlamentdagi o‘rni ular to‘plagan ovozga muvofiq taqsimlanishi tushuntirildi.

Saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek tegishli hududiy, tuman va shahar saylov komissiyasining qaroriga binoan tegishli hudud aholisining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tillarda chop etilishi aytib o`tildi

Jondor tuman Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi!