November 25

YOU AND ME

Avtor:Bazan har bir sòz yoki voqea bizga tushunarli va aniq bòlavermaydi,har birini tushunishning òz òrni va vaqti bor.Bizni xatolar kuchli qiladi,xato qilmaydigan insonni òzi yòq.

Yoki kim xato qilmagan?Kimdir men umrim davomida xato qilmaganman deb ayta oladimi?Jimlik...xatolarimizni òzgalar bilmasa ham òzimiz yaxshi bilamiz,qalbimiz tubiga yashirgan sirlarimiz faqatgina òzimizga ayon,faqat òzimizga❗️

Pov:Bir on❗️bir onda hayotim bu darajada òzgaradi deb òylamagandim,sevdim,òzligimni unitar darajada sevdim,sevgim uchun qòlimni qonga belashdan ham tonmadim,uning qalbidan yakka òzim bòlishim uchun harakat qildim,uning kòzlarida faqat òz aksimni kòrishni hohladim,bu tomirli kuchga tòlgan qòllar faqat meniki bòlsin dedim,kòp narsa sòradimi?Menimcha juda kòp orzu qilib yubordim,orzularim meni samolarga yetakladi,biroq yerga qulash oģriqli bòldi,endi esa òzim nafratlanuchi insondan bòsa olmoqdaman,biroq yuragim shu qadar entikyabdiki,xuddiki birinchi bòsamni olyotgandekman,bu yupqa lablar meni yetarlicha òziga asr qildi,boshida bu lablar orasidan chiqan sòzlar meni qatlim farmoni bòlishidan qòrqdim,ammo endichi?endi nega hech ham bu lablardan ayrilishni hohlamayabman,òzimni undan ajratish uchun qilgan harakatlarim esa qarshi tomondan qaytarilgan javob bòsasi tufayli tòxtab qoldi.Nima u chindan ham javob qilyabdimi?ishongim kelmaydi,bu nimani anglatadi?Bu nimani ham anglatsin axmoq ,bu uni mastligini anglatadida boshqa nima ham bòlsin..

Suga va Hari atrofdagi hech bir mehmonga etibor ham bermay bir-birining lablaridan bòsa olarkan u bòsani Hari tugatishga qaror qildi.Orqada ularni boyadan beri kuzatyotgan qòriqchilar endi biroz hijolat nimaligini his qildi shekilli tezda u yerni tark etishdi.Hali ham betartib olinyotan nafas,ikki qalbni ham kuchli zarb bilan urishiga sabab bòldi.

Bazmga yolģiz kelgan uch ayolni olib ketishar ekan,Hari biroz yengil nafas oldi,u hali ham Suganing tizzasidan tushmagandi,yetmaganiga yigitning kòkraklariga bosh qòyib olgan, Suga esa qizning gul ifori kelyotgan sochlarini kòzlarini yumgancha chuqur xidladi.Hari Suganing yurak urishini tinglarkan bu xuddiki mashkur bastakor tomonidan yozilgan,eshitganda insonga huzur baģishlovchi kuydek edi.Bir mudat shu alfozda òtirgan yigit va qiz endi òzini ònglab oldi.Hari Suganing tizasidan turib ketishga shaylanar ekan,qòllarini turtgan qaynoq qòllar tufayli tòxtab qoldi,qiz ortiga ògrilib unga savol nigohlari bilan tikilib turgan yigitni kòrib sukut saqlashni maqul deb bildi.Ikki nihohlar òzaro tòqnasharkan uzoqroqdan qargan inson bu nihohlar yordamida suhbat deb òylashi munkin,lekin bu butunlay boshqa tuyģu,bir-biriga nafratdan boshqa hech bir tuyģu xis qilmagan ikki insonning yuragiga otash tashlagan nigoh bu..

Hali hanuz bir biridan kòz uzmagan juftliklarning hayolini sahnada balant eshtilgan erkak kishining yòģon ovozi tarqatib yubordi..

-hayrli kun,xonimalar va janoblar,tartibsizlik uchun uzur sòraymiz,biz bugun barcha mehmonlarimizni shu yerda qolishini maqul kòryabmiz,hech bir etirozlar qabul qilinmaydi.Nega,Nima uchun kabi savollarga javob sifatida esa orangizda bir insonni qidiryabmiz,uni topmagunimizcha sizni joy issiq ovqat va xafsizligingizni taminlaymiz,endi esa barcha juftliklarmizni xonalariga kuzatib qòysak.Erkak sòzlarini yakunlarkan Harining afti burishib ketti,u vazyatni bu darajaga kelishini kutmagandi.Biroq hozir gap uning hayoti haqida ketyabdi.Hari atrofga najot kòzlari bilan boqarkan birdan kimdir uni sudrab ketyotganini angladi,butun boshli tanani bir necha soniyaga tark etkan ruh nihoyat òziga keldi.Qarshisida uni qòlidan tortgancha ketyotgan Suga qizni tajublantirdi.Ikkinchi qavat xonalaridan birini eshigini ochgan yigit qizga kir degandek ishora qildi.Hari ozroq atrofni kòzdan kechirgach dastavval kirish yoki kirmaslik haqida òylay boshladi.Lekin uning hayollari tarqoq,u bu tòģri yoki notòģri ekanini shunchaki anglamayabdi.Birdan zinalardan eshtilyotgan qoriqchilar ovozi Harini xonaga odimlashga undadi,qiz xonaga kirgach zarb bilan yopilgan eshik va belidan oralgan metindek qòllar qizni devorga tiradi..

-meni qòyib yubor..

-bu nima edi?

-nima haqida gapiryotganingni tushunmadim.

-kulgimni qistatma,nega mendan bòsa olding?

-bu,bu shunchaki axmoqlik edi..

-axmoqlik,kel unda bu axmoqlikni yana takrorlaymiz.

-hohlamayman...

-jiģimga tegma,sen ham buni hohlayabsan,boya lablarimga in qurib bola ochishinga sal qoldi,nima unitingmi?

-yolģon bu...

-inkor qilma

Hari Suganing qòllaridan òzini halos qilib eshik tomon yuradi, shu on tòxtab qoldi sababi xona burchagiga òrnatilgan kamera uni tòxtashga undadi.Hammasi aniq va ravshan,barcha mehmonlar kuzatuv ostida,hozir ketsa bu qasrdan chiqmasidan suyaklarini maydalab kul qilishadi.Ammo xonada qolsa ham bòlmaydi, qanday qolsin,qarshisida unga xirs tòla nihohlarini tikib turgan yigitni nima qilishi nomalum,xonadan chiqish esa axmoqlik.Bu qizģin hayollar bòyniga kelib tekkan nam lablar sabab har tarafga sochildi,hayolot olamidan real hayotgan qadam qòygan qiz ortidan uni quchgancha bòynidan shimib òpyotgan yigitdan qanday holos bòlishni òylay boshladi..

-Suga,tòxtang...

-sen boshlading,men oxiriga yetkazaman.

-keragi yòq...

-jim qizaloq,tirik qolishni hohlasang men bilan qolasan...

-oģzingdan chiqqanini quloģing eshityabdimi?

-sen meni bazmimga yolģiz kelding va barcha mehmonlarim qarshisida mendan bòsa olding...

Pov:faqat bu emas,yòq-yòq bunday bòlmasligi kerak,yoq iltimos kimdir meni kòz yoshlarimni tòxtasin,men òzimni òlim tomon boshladim.

-bu...bu....nima deganigiz...

-hòsh men bilan qolasanmi yoki qòriqchilarga habar beraymi?

Pov:Men òldirishim kerak bòlgan inson umi?agar shunday bòlsa bugun bu xonadan ikkovimizdan birimizni jasadimiz chiqadi.

-bu bazm egasiman dee.

-tògrisini aytsam yòq,bu ziyofat bizning yangi hamkor tomonidan shartnoma munosabati bilan òtkazilyabdi.Shunday ekan bu bazm meniki desa ham bòladi..

Pov:hmmmmm demak u emas,hayriyat,òzimni òtka otdim deyotgandim,oltin baliqni ilintiribman,men bu uydan omon chiqman va meni shunday vazyatga tushirgan hammadan bittalab hisob sòrayman..

-hòsh,men bilan qolasanmi?yokida qoriqchilarni chaqiraymi?

-hohishing..

-Nima?

-sen bilan qolish kerak bòlsa huddi shunday qilaman/lab chetida jilmayib.

Besh kundan keyin...

-aaaaaaaaaaaa yòq,men ketaman onajon yordam bering.

Balant osma kòpir tepasida yerga chòkkalagancha òtirgan qiz qarshi tomonni unga termulib turgan bir juft kòzlarga qarab gap boshladi..

-jin ursin seni Park Jimin uchrashuvga bundan boshqa joy qurib qoldimi?

Yigit jimgina qizni sòzlarini tinglarkan biroz yuziga tabassum yugurdi

-sen qaysi kallang bilan meni balandlikdan sakrashga olib kelding,axir fobiyam borligini bilasan?

-men senga qòrquvingni yengishga yordam bermoqchiman...

-axmoq,shunchaki meni yerga tushur kònglim ayniyabdi,hozir qusib yuboraman

Minsu shu sòzlarni aytarkan,Jiminni yuzidagi kulgu yana ham kuchaydi.

-havotirlanma hammasi yaxshi bòladi,men yoningdaman.

-shuning uchun ham qòrqyabmanda/pichirlab.

-nimadir dedingmi?

-yòq hech narsa meni pastga tushur iltimos,Jimin/erkalanib/Jiminaaaaaaa iltimos...

Minsu balantlikdan sakramaslik uchun Jiminga jilmayib kòzlarini pirpiratdi.

Jimin esa uning yoqimtoy qiliqlariga mahliyo bòlib turarkan boshqa bir erkakning ovozi ularni suhbatini bòlinishiga olib keldi.

-sakraysizmi?

-ha biz birga sakramiz...

Minsu Jiminning sòzlarini eshtib biroz hafa bòldi.Bir nechta qurilmalar bilan bir-biriga mahkamlangan ikki yosh,sakrash uchun tayyorgarlik kòrisharkan Minsuning yuragi baribir bunga dov bermadi..

-yòq yòq,men ketaman....

Minsu gaplarni tugatmasidan belidan òralgan qattiq qòllar tufayli tòxtab qolgan qiz òzini yerga qulayotganini kòrib kòzlarini chirt yumib oldi..

Pov:men ishonaman,bu bizni yaqinlashtiradi,uning qalb eshiklari men uchun ochiladi,men bu haqida juda kòp òyladim,u uchun unitilmas uchrashuv,ha bu uchrashuvimiz uni butun umir yodida qoladi,u qòrquvdan meni mahkam quchoqlab oldi.Yo xudoyim bu juda òzgacha tuyģu,uni deb yurakkinam tez-tez urayabdi,bu qaysar qiz meni butunlay òziga òrgatib oldi,eng qiziģi esa u bu narsa uchun umuman harakat qilmadi ham.Meni yuragim uni tanladi,jismim uni deb tirikdek gòyo.Qachon?qachon men bunchalar telbaga aylandim ekanaaaa..

Birozdan sòng..

Tinmay kòngli ayniyotgan qiz va uni sochlarini ushlagancha yordamlashyotgan yigitni qòllarini siltab tashlgan qiz unga ģazab tòla nigohlari bilan tikilib qoldi..

-hoy axvoling...

-aslo❗️aslo axvolim bilan qiziqma Jimin,men ketyabman,ortimdan kela kòrma,kelma....

Minsu orqa oldiga qarmay Jiminni tark etarkan Jimin uni orqasidan tikilib qoldi.U nima xato qildi?axir shunchaki unitilmas uchrashuv qilmoqchi edi.Biroq bari chappasiga ketti.

Baland osmon òpar binoning 9-qavatiga kòtarilgan qiz kvartirasining eshigi ostiga kelarkan bir zum tòxtadi,eshik ochiq..

Minsu uy ichkarisiga mayda qadamlar bilan kirdi, mehmonxona derazasi orqali kòchani kòzdan kechiryotgan yigitni kòrib tòxtab qoldi.

-xòsh uchrashuv qanday òtdi?

-siz bu yerda?

-uchrashuv qanday òtdi dedim/ovozini keskin balantlatib.

-men,men haligi..

-Sen qiz tògri gapga tushunmas ekansan,qoyil.Men senga aniq va ravshan aytim men yoqligimda hech qayerga bormayasan,hech kim bilan gaplashmaysan,shunchaki uyda òtirasan dedim,xòsh sen nima qilding Minsu?

-Taehyung....

-jim,òchir ovozingni nima bilmaydi,kalta faxm axmoq deb òyladingmi?xòsh balantlikdan qorqadigan odam unnashtirilgan yigiting bilan tepadan saktashga kelganda qormay qoldingmi?gapir?

Gazabdan kòzlariga qon tòlgancha qòlidagi suratlarni uloqtirib.

-seni har bir bosgan qadamingdan habardorman,men senga eng boshidan aytdim,menga tegishli bòlgan insonlar faqat va faqat meniki,men bu sòzlarni u quloģingdan kirib bunisidan chiqsin deb aytganmidim?

-iltimos,iltimos Taeeee axir otamni...

-jonimga tegdi,otang bilan gaplashaman desam yiģlasan òsha yigit bilan gaplashaman desam yana yiĝlaysan,lekin u bilan uchrashuvni kanda qilmaysan ,jonimga tegdi.

Taehyung ĝazab bilan Minsuga gapirarkan ortiq òzini bosib turolmadi shisha stòlga zarb bilan urilgan qòllar natijsida parchalanib ketgan shisha bòlaklari,butun zal bòylab sochildi.Buni kòzlarida yosh bilan kuzatyotgan Minsu tezda borib yigitning qòllarini mahkam ushlab baģriga bosdi...

-yòq..yòq..unday qilmang hammasida men ayblang lekin òzingizga ziyon yetkazmang iltimos..

Allaqachon kòzlaridan oqqan shashqator yoshlar bilan yigitning qonga belangan qòliga lablarini bosib..

Minsuning harakatlarini kuzatyotgan yigit tezda qòllarini undan holos qildi..

-Jim!ortiq bir sòz dema,seni sevgan kunimga lanatlar bòlsin.Òsha unashtirilgan yigiting bilan ishni pishitib ham bòlgandirsan balkim...

Taehyung gaplarini yakunlamasidan yuziga kelib tushgan tarsaki uni aqlini joyiga kelishiga kòmaklashdi.

-senga bir soniya ham xiyonat qilmadim,seni uchratkan ilk kunimdan boshlab bu yurakda faqat bitta ism òyib yozilgan,mendan shubhang bor ekan ketishing munkin,ana eshik,biroq shuni unitmaki hozir ketsang nafaqat uyimdan balkim kònglimdan ham daf bòlasan...

Minsu kòzyoshlardan yakkalangan kipriklari bilan bòģziga nafasi tiqilib titroq ovozda shu sòzlarni ayta oldi.Shundan keyin kòzlarini yigitdan olib qochib yon tomonga qararkan belidan ushlab òziga tortgan qaynoq qòllar sababli gangib qoldi.Lablari ustiga qòngan sevgilisining lablari uni aqli hushini uchirdi...

Ayni vaqdda Jimin..

-ha uni uyiga ketyabman..

-sen chindan ham axmoqsan nega uchrashuv uchun shunday joyga olib bording...

-ha tanqid qilmagan bitta sen qolganding,sen ham qil...

-hop,mayli tezda borib kechirim sòra va uni yaxshiroq joyga taklif qil...

-hop,mayli gòshakni qòyabman...

Jimin shu sòzlarni aytib qizil tugmani bosdi va mashinani yana ham tezroq haydab manzil tomon yòl oldi..

Qisqa gapiraman,Reaksiya bosmasangiz ketkizgan vaqtim va asablarimga rozimas😆👌

By:Hari

Kanal:Bangtan_fanfic_shop