November 19

XIYONAT💔

Ep-13

Xonada barcha narsani ostun ustun qilyotgan qiz tinmay baqirar òzini har tarafga urib tezroq kimdir kelib jonini olishini hohlardi...

-nega?nega bunday......qaysi yuz bilan/yiģlab.

Y/n qòliga ilingan narsalarni devorga qaratib uloqtirar ekan erta tongda qanday baxtdan quvonganini òylab kòzlaridan qator-qator kòz yoshlari tòkila boshladi.

Flashback...

Erta tongdan erining qaynoq quchoģida uyģongan y/n bugun kuni har kungidan yaxshi boshlanganiga ishonch hosil qildi,mana 1 haftadan beri eri deyarli har kun u bilan hattoki bir necha qaynoq tunlar ham y/nga yanada quvonch baģishlar Suga har gal Y/nni qornini silab òpib qòyganida y/nni ichida kapalaklar uchardi.

Mana bugun ham kechgi qaynoq tundan keyin er -xotinlar bir-birini pinjiga kirib tonga yaqin uxlab qolishgan,Suga qòllarni zanjir qilib y/nni qòrnidan òtkazib quchoqlab olgancha uxlarkan.Y/n Sugaga tikilib uzining qanday yoqimtoy eri bor ekaniga yana bir bor iqror bòldi.

Y/n Sugani yuziga tushib turgan sochlarini ozroq qòllari bilan tartibga keltirdi va uni lablaridan qisqa bòsa olib ozroq qiynalsa ham òrnidan turib yuvinish xonasig kirib ketti,biroz mudatdan keyin yuvinib chiqan y/n kiyimlarini alishtirib oshxonnaga yòl oldi,y/n bugun eri uchun òz nonushta qilishni hohladi,y/n dastaval yengiroq nimadir qilishni hohladi va ozroq quymoq tayyorladi,uni asal va turli rezavor mevalar bilan bezatkach,yoniga boshqa taomlar ham tayyorlay boshladi,1 soatga yaqin oshxonada kuymalangandan keyin nihoyat òzi tayyorlagan chiroyli nonushtalarga qarab jilmayib qòydi.

Y/n endi Sugani uyģotish uchun tepa qavatga kòtarilar ekan birdan chalingan eshik qònģiroģi uni e'tiborini tortdi.Y/n kòtarilgan bir necha zinalaridan qayta tushib eshik tomon borib eshikni ocharkan qarshisidagi insonni kòrib biroz hayratlandi...

-kechirasiz sizga kim kerak?

-erimni qidirib kelgandim...

Qorni anchagain bilinib qolgan qiz Y/nni qòli bilan yon tomonga surgancha ichkariga kirarkan Y/n nimalar bòlyotganini bilmay qoldi.Qiz tògri oshxonaga kirib chiroyli qilib bezatilgan stoldagi quymoqlardan birini qòli bilan olib oģziga solgandi va stulga òtirib yey boshladi...

-hoy siz kimsiz?yana qanaqa er?

-ha sen meni tanimaysana?men Saranman/hafa bòlgandek soxta ifoda bilan

-Saran bòlsangiz nega ertlabdan uyimga kelib tomosha kòrsatyabsiz?

-chunki kundoshingman/kulib

Y/n pov:bir onga yuragimda oģriq turdi,kundosh?bu qanday sòz nahot,Suga boshqasiga uylandi?Nahotki men òlmasimdan ustimga xotin oldi,nega nega kòz yoshlar kelmayabdi,nima kòz yoshlarim qurib qoldimi?bir tomchi , bor yòģi bir tomchi bòlsa ham ham tòkilmayabdi.Yuragim nega u huvillab qolgandek,nega bu kichik gòsht parchasi bunchalik sanchyabdi?

Y/n shu kabi òylar bilan turarkan tepa qavatdan kelgan Suganing ovozi Y/nni hayollarni tarqatib yubordi...

-Sarannnnn......

Balant eshtilgan ismdan biroz chòchib tushgan qiz qòllari bilan qornini silgancha gapira boshladi...

-yo xudoyim sekinroq,bizni qòrqitib yubordingiz/qornini silab.

-bu yerda senga nima bor?

Suga katta-katta qadamlar bilan Saranga yaqinlashib uni bilagidan mahkam tortgancha kòchga sudrarkan Saran qòlidagi quymoqni boya olgan idishiga otib yubordi va Sugani qòllarini siltab tashladi.Suga Saranni qiliģini kòrarkan unga nafrat nihohlari bilan boqa boshladi.

-hoziroq oldimga tush/ģazab bilan

-hohlamayaman,nega u bilan birgasiz?axir uni sevmaysiz.Men bilan bolamni bir hafta yolģiz qoldirdingiz,qanday bizni yolģiz qòyib u bilan bòlishga kòzingiz qiyyabdi,yana hashamatli nonushtlarni qara,men u yerda yeyishni hohalgan narsalarnimni ham yeyolmay tinmay kòngil aynishlardan bezor bòlib òtiribman,lekin siz xotinchangiz bilan asalli quymoq yeyabsiz shundaymi?gapiring?

-jim....jim bòl.

Suga shu sòzlarni aytib,Y/n tomonga qararkan chiroyli qilib bezatilgan stol va ularni devorga suyangancha kuzatib turgan Y/nni kòrib jimin qoldi.

-y/nnnn

Y/n suyanib turgan joyidan sekin qòzģalib,stòl qarshisiga borarkan stòl ustida turgan idishladni qòliga olib devorga qarab uloqtirdi,ketma-ket uloqtirilgan idishlardan chiqan ovozdan chòchib ketkan Saran Sugani orqasiga berkinarkan Suga Y/nni tòxtatiah uchun unga yaqinlasha boshladi.Biroq birdan oyoqlari ostiga kelib tushgan idishni chil-chil bòlib singanini kòrib tòxtadi.Yana bir mudatdan keyin y/n tomon yurgan Suga y/nni qòliga shisha bòlagini ushlab olganini kòrib tòxtab qoldi.

-sevgilim,qòlingdagini tashla iltimos,tashla,sen bilan hammasini tichgina gaplashib olamiz..

-gaplashamiz/kulib/gaplashamiz.....xaxaxa gapalshamiz.

Y/n tinmay bir gapni qaytarib qòlidagi shisha bòlagini tomoģiga turadi.

-y/nnnnn.....y/n iltimos yòq...yoq...unday qilma,meni qòrqitma....

-qoch!qoch yòlimdan,yòqsa shu yerni òzida òzimni sòyib tashlayman

Y/n shu sòzlarni baland ovozda aytarkan Suga tezda unga yòl ochib berdi

-sevgilim iltimos,qòlingdagini endi menga berasan shundaymi?

Y/n hali ham qolidagi shisha bòlagini bòyniga tirab tepa qavatga kòtarila boshladi.Suga uni ortidan ergasharkan Y/nning gaplarni uni toxtatdi..

-yaqinlashma,qol,òynashing bilan qol,òynashing bilan qol....kelma...baqirib.

Y/n baqirgancha xonaga kirib qamalib oldi.Suga ham tezda xona eshigiga yaqinlashib uni tinmay taqillatarkan ichkaridan singan idishlar tovushi shundoqqina eshtilib turardi boshida eshtilgan singan ovozlar keyinchalik yiģi ovoziga aylandi va oxirida hech bir ovoz kelmay qolganini kòrgan Suga eshikni buzish uchun harkat qila boshladi,biroq ancha qalin va musrahkam qilib ishlangan eshik hech ham buzilay demasdi,buni kòrgan Suga tezda qòshimcha kalitni olib kelish uchun pastki qavatga yòl oldi...

Comeback...

-Xiyonat❗️men eng qòrqqan narsani u menga qayta-qayta ravo kòryabdi.Nega bunday qilyabdi?Nega dadangiz bizga buni ravo kòryabdi/yiģlagancha qornini silab.

Y/n shu sòzlarni aytagncha òsha yerdagi siniqlarndan birini olib bilagi tomon olib bordi.

Suga qòshimcha kalitni olib kelgach tezda uni eshik qulfiga tiqib ocharkan qòllari tinmay qaltirar y/nga nimadir bolishini òylasa yuragi uvishib qolardi.Nihoyat xona eshigini ochgan yigit ichkarida kòrgan manzarasidan butunlay karaxt axvolga tushib qoldi.Tildan qanday rafiqasini ismi sirģalib chiqnai òzi han sezmay qoldi..

-y/nnnnn/kòz yoshlar bilan

Kanal:Hari_fanfic

Muallif:Shin_Hari

13-qism tugadi