May 13, 2025

𝐁𝐄𝐇𝐈𝐍𝐃 𝐓𝐇𝐄 𝐌𝐈𝐑𝐀𝐆𝐄

𝐂𝐇𝐀𝐏𝐓𝐄𝐑 15

𝐌𝐔𝐀𝐋𝐋𝐈𝐅: 𝐒𝐇𝐈𝐍 𝐇𝐀𝐑𝐈
𝐂𝐇𝐀𝐍𝐍𝐄𝐋:@Bangtan_ff_shop

Jk ko‘zlarini ohista ochdi. Dastlab, oppoq shift unga begona tuyuldi. Hushini jamlab, boshini biroz ko‘tarar ekan ozini qayerda ekanni anglab yetti.U bir muddat joyida qotib qoldi, tanasidagi og‘riq, ustidagi qurib qotgan loy bularning bari go‘yoki tushday edi..

U asta yotoq chetiga surilib, oyoqlarini yerga qo‘ydi, qollarini orqaga tirab, chuqur nafas oldi. Hali ham yuragi qattiq urardi. So‘ng, sekin turdi. Og‘ir qadamlar bilan xona chetidagi eshikka yaqinlashib, yuvinish xonasiga kirdi.

Sovuq suv... Uning tanasiga urilishi bilan hamma og‘riqlar birdan uyg‘ondi. Go‘yoki bu sovuq suv bor iztirobini yuvib, o‘rniga og‘riqni qo‘yayotgandek. Ammo Jk to‘xtamadi. U suv ostida jim turar, ko‘zlarini yumib faqat bir narsa haqida o‘ylardi."Karina" Uning qabriga bosh urgan on, qo‘lidagi tuproq, bag‘riga bosgan loy nega u bunday axmoqlik qildi.

Jk suvni o‘chirganida tanasidagi harorat oddiy odamnikidan ancha yuqori edi. Jk beliga sochiqni o‘rab,xonaga chiqdi ,shikafni ocharkan uni bòm bosh ekanni korib chuqur ux tortib qayta yopdi.

Qo‘lidagi qotgan, loy aralash kiyimlarini olib, pastga tushdi. Har qadamida oyoqlari polga cho‘kib borayotgandek tuyulardi. Ichkari yo‘lak oxiridagi eshikni ochdi va kiyimlarini kir yuvish mashinasiga joylab, uni ishga tushirdi. So‘ng, bir muddat ko‘zlarini yumgancha jim turdi.

Jk sòngra oshxonaga yo‘l oldi. Muzlatkichni ochib, sovuq suv shishasini olib chiqdi. Qopqog‘ini yechdi. Suvni icha boshladi har yutganida bo‘ynidagi tomirlar cho‘zilar, suv lablaridan oqib pastga tushib, tanasi bo‘ylab sirg‘alib nam iz qoldirardi.

U oxirgi yutumni yutib, asta ko‘zlarini ochdi. Va...

Yon tomonga burilganida, ko‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri stol oldida o‘tirgan Yuna bilan to‘qnash keldi.

Stolda bug‘ chiqayotgan cofeni qolida ushlab òtirgancha Yuna qotib qolgandi, u qoshlari sal ko‘tarildi, lablari yarim ochiq. Ko‘zlarida hayrat, shubha va... hech ham yashira olmagan bir titroq.

Jk esa bir lahza nafas ololmay qoldi.

Jk muzday shishani asta stul ustiga qo‘ydi. Ko‘zlari hanuz Yuna tomonda edi.

— Yuna... men haligi...

Jkning ovozida pushaymonlik va o‘zini oqlashga bo‘lgan harakat bor edi.

Ammo Yuna uni eshitgisi ham kelmayotgandek ko‘rindi. U birdan stuldan turdi, nigohini Jkdan olib qochdi. Uning yuragi shunchalik qattiq urayotgandiki, yuragining tovushi quloqlarida aks sado berayotgandi. Ko‘zlarida alam, g‘azab...

Yuna bir og‘iz so‘z demay, yuzini burdi.Jahl aralsh tezda zinalar tomon yurib ketti..

Jk jim uning ketishini kuzatgancha bir necha kun oldingi voqealarni eslay boshladi.

Flashback:

O‘sha tunda Jk Yuki bilan navbatdagi kechani o‘tkazganidan so‘ng, Jk mashinani o‘zi haydab shifoxonaga yo‘l oldi.

Shifoxonaga kirib borgach, uni kutib turgan shifokorlar Jkga Yunaning axvoli haqida habar berishdi..

— Janob Jeon, Yuna xonimning axvoli barqarorlashdi. Istasangiz, bugunoq olib ketishingiz mumkin.

Jk shifokorning sòzlarini tinglab hop degandek bosh chayqab Yunaning xonasiga yòl oldi.Eshik qarshisida turib bolgan voqealarni xotirladi.shundan keyin Yunani ozi bilan birga shifoxonadan olib chiqib ketti.

Uyqu dori ta’sirida hushsiz yotgan Yunani bag‘riga ehtiyotkorlik bilan bosgan, Jk asta qadamlar bilan xolasi bundan olti yil avval sovg‘a qilgan, uy tomon yo‘l oldi.Jkning Yunani bu yerga olib kelishdan boshqa chorasi yo‘q edi. Uni ota-onasini uyiga olib borish… bu mutlaqo axmoqlik bolardi. Agar Yuna biror narsani eslab qolsa, yoki o‘zi aytib qo‘ysa…

Jk zinadan chiqib, og‘ir nafas bilan Yunani quchoqlaganicha ichkariga qadam qo‘ydi. Bu holatda ham u juda go‘zal ko‘rinar.

Jk ehtiyotkorlik bilan Yunaning tanasini yotoq ustiga yotqizdi, yuzidagi bir tutam sochini qulog‘i ortiga ilib, bir zum unga tikilib qoldi. So‘ng chuqur nafas olib, divanga o‘tirdi. Ko‘zlarini yumib, boshini orqaga tashladi.

Vaqt asta- sekinlik bilan o‘tardi.

Derazadan tushayotgan xira yorug‘lik asta sekin Yunaning yuzini yoritdi. Qiz yuzini chayqab, ohista ko‘zlarini ochdi. Dastlab shiftga, so‘ng devorlarga, atrofdagi notanish buyumlarga termuldi. Nafasi qisilib, yuragi tez ura boshladi. Bu xona… bu xona u bilgan joy emasdi. Unga begona. Yana bir lahza o‘tgach, ko‘zlari to‘g‘ri qarshisidagi Jkga tushdi..

Yuna bir zumda qattiq cho‘chib ketdi. Yuragi bo‘g‘ziga tiqilib, ustidagi ko‘rpani uloqtirib, eshik tomon otilib yugurdi. Ammo eshik qulflangan edi. U mushtlari bilan eshikni urar, qochishga urindi..

— Ochil...ochilsangchi......

Jk esa sekin o‘rnidan turdi. Og‘ir qadamlar bilan unga yaqinlasha boshladi. Yuna orqasiga o‘girilib, eshik oldida titrab turar, qo‘llari bilan tanasini himoyalagandek, yerga tiz cho‘kdi.

Jk qarshisida tizalab qolgan Yunani korib uning qarshidida oyogiga tayangan holatda òtirib oldi. Yunaning yuziga tushgan sochini ohista qulog‘i ortiga olib qo‘ydi. Uning qaltirayotgan ko‘zlarga qarab, chuqur, og‘ir nafas oldi.

Qo‘lini cho‘zib, Yunaning iyagini sekin ushladi va uni o‘z ko‘zlariga qarashga majbur qildi.

— Yuna ! | ohangdor ovozda. Men seni bu yerga shunchaki olib kelmadim. Dadam va oyimga sen dugonang bilan bir muddat yashamoqchi ekaningni aytdim. Ular rozi. Bu yerdan hech kim seni topa olmaydi.

Yuna jimgina unga tikildi. Ko‘zlarida bir vaqtning o‘zida nafrat, qo‘rquv va tushunarsiz tuyg‘ular egalalb olgandi. Uning lablari titradi..

— Nega meni bu yerga olib keldingiz? Nega meni zòrladingiz aka?

Jk ko‘zlarini yumdi.

— Chunki men… seni yo‘qotolmayman, Yuna.Seni osha ablax bilan birga bòlishini hohlamaulyman,uni uylanganni bilasanmi?

— buning nima axamyati bor aka,axir u allaqachon ajrashgan..

— ahamyati bor !

— qanday?

Jk og‘zini ochdi, lekin hech nima demadi.

Yuna ko‘zlarini katta-katta ochib, Jkning aytgan so‘zlariga termulgancha, yuragini kemirib borayotgan g‘azabni endi ushlab turolmadi. Nafas olishi tezlashgan, yuragi qattiq ura boshlagandi. U birdan Jkning qo‘lini kuch bilan itarib yubordi. Jk muvozanatini yo‘qotib, qo‘liga suyangancha polga cho‘kkalab tushdi. Uning nigohi hali ham sokin edi.

Yuna esa unga telbaga tikilgandek qarab turardi. Nigohi g‘azab, nafrat va iztirob bilan tòlib-toshgandi..

— Telba! Aqlidan ozgan, psixopat! Qanday qilib? Qanday qilib sen o‘z singlinga shunaqa ish qilishing mumkin?! Senda vijdon degan narsa bormi?! Sen odam emassan, maxluqsan!

Yunaning har bir so‘zi Jkning yuragiga o‘tkir pichoqdek sanchilardi. Ammo u bu holatda ham o‘zini yo‘qotmaslikka urindi. Sekin o‘rnidan turdi, ko‘zlarini Yunanikiga tikkancha, mayin lekin keskin ohangda gapira boshladi..

— Men nima bo‘lishidan qat’i nazar, bu uydan chiqib ketishingga yo‘l qo‘ymayman.Havotirlanma bu yerda havsizsan..

— Menmi xavfsizmanmi?

Yuna kulib yubordi.

— Ruhsat, dedingmi? Sening ruhsating kerak deb o‘ylaysanmi?! Kimsan o‘zi sen?! Seni nima haqqing bor meni qamab, harakatimni nazorat qilishga?!

Yuna yana bir qadam yaqinlashib, ko‘rsatkich barmog‘ini Jk ko‘kragiga tiradi.

— Sen aka nomini bulg‘agan iflossan! Sen men uchun hech kim emassan! Aka degan singlisini zo‘rlab o‘zini qondirmaydi, sen esa… sen shunchaki lanati, xudbin, jirkanch bir maxluqsan!

Jk lablarini mahkam tishladi. Yelkalari titrardi. Bu so‘zlar unga og‘riqli zarbadek tegdi. Ichidagi qattiq tortilgan arqon uzildi u endi o‘zini ushlab tura olmadi.

Shu on, birdan o‘ng qo‘lini ko‘tarib, Yunaning yuziga yengil, ammo jarangdor tarsaki tushirdi.

Hamma narsa jim bo‘lib qoldi.

Yuna bir necha soniyaga qotib qoldi. So‘ng asta yuziga qo‘lini olib bordi. Lablaridan hech qanday so‘z chiqmadi. Faqat ko‘zlaridan sel bo‘lib yosh quyila boshladi. U Jkga qaradi… lekin bu safar bu qarashda na g‘azab va na qo‘rquv bor edi..

— Sendan jirkanaman Jungkook

Jk esa qarshisida titrab turgan bu ojiz qizning beshavqat sòzlarini ortiq tinglashni hohlamay uydan chiqib ketti.

Comeback:

Jk Yunaning hayrat va qòrquv aralash nigohlarini kòrib, bu uyda yolg‘iz emasligini eslab, chuqur nafas oldi.

Pov:Meni bu yerga Inho olib kelgan bo‘lishi kerak…

O‘zini yana tiklab olishga harakat qilib, oyoqqa turdi. Kir yuvish xonasiga yo‘l olib, yuvilgan kiyimlarni quritgichdan oldi. So‘ng belgilangan tartib bilan ularni kiyib, Inhoga qo‘ng‘iroq qildi. Inho hech narsa so‘ramadi. U faqat Jkni kelib olib ketdi.

Jeonlar oilasining ulkan, ammo sokin uyi yana Jkni qarshi oldi. Jk u yerdan xotiralar to‘lib turgan zinapoyalar bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilib, yotoqxonaga kirdi. U tezlikda kiyimlarini almashtirib, kompaniyaga yo‘l oldi.

Kompaniya eshigidan kirgan Jk liftga kirib, o‘zining qavatiga ko‘tarildi.

Xonasiga kirib, o‘rindig‘iga endigina joylashgan edi hamki, kotibasi eshikni shoshib ochib kirdi.

— Janob Jeon, muhim yangilik bor…

Jk unga loqayd nigoh bilan qaradi.

— Nima ekan?

Kotiba bir zum to‘xtab, gapira boshladi..

— Yangi hamkorimiz, janob Gotti. Ularning New Yorkdagi filial boshlig‘i Koreyaga yetib kelibdi.U siz bilan hamkorlik shartlarini shaxsan ko‘rib chiqish uchun kelyqbdi ekan. Ular o‘n daqiqadan shu yerda bo‘lishadi.

— Majlislar zalida bo‘laman..

— Janob, lekin…

Jk orqasiga ham qaramay chiqib ketdi.

Majlislar zalida u stolda yotgan investitsiya hujjatlarini varoqlab o‘tirdi..

Shu payt eshik ochildi.

Jk ko‘zlarini asta ko‘tardi. Zalga kirgan insonning qadam tovushidan yuragi bir soniyaga to‘xtagandek bo‘ldi. Hozirda Jkning nafrati, g‘azabi va butun etibori qaratilgan shaxs xonaga sokinlik bilan qolini chòntagiga tiqib kirib kelgandi..

— Do Hyun?

Do Hyun eshikni ochib, xonaga qadam qo‘ydi. Orqasidan esa Jkning kotibasi unga ergashdi. Kotiba Jkga yaqinlashib, doimiy muloyimlik bilan, mehmonning kelganini bildirdi. Jk esa bu orada o‘rnidan turmay, sal boshini kòtarib, Do Hyunga qaradi. Labining chap burchagida asta kulimsirash paydo bo‘ldi. Bu oddiy kulgu emas edi, bu xuddiki “o‘z oyoqlaring bilan ajalingni quchoĝiga kelibsanda" degandek qarash edi.

Kotiba Do Hyunga majlis zali ichidagi joyni ko‘rsatgach, jim chiqib ketdi. Endi xona faqat ikki odamdan bosqa hech kim yòq.

Jk bir zum unga sokin tikildi.

— Kelsinlar…

Kinoya aralash ovozda gapirdi Jk.

Do Hyun hech nima demay, Jkning qarshisidagi joyga o‘tirdi. Harakatlarida òziga nisbatan ishonch bor edi. Jk esa nigohini undan olib, stol ustidagi hujjatlarga qaratdi va ularning hamkorlik shartlari haqida gap boshladi. Do Hyun esa xotirjam tarzda o‘z fikrlarini bildirdi, ba’zan tortishuvlar bo‘ldi, lekin ikkalasining ovozlari baland ko‘tarilmadi.

Majlis yakunlanar chog‘ida, Do Hyun o‘rnidan turib, Jkga qo‘lini uzatdi. Ammo Jk... o‘z joyidan qimirlamadi. Nigohi esa Do Hyunning qo‘liga emas, yuziga qadaldi.

Do Hyun bir lahzaga to‘xtab qoldi. So‘ng biror so‘z demay xonadan chiqib ketdi. Uning ortidan eshik yopildi.

Jk esa hali ham joyida jim turardi. So‘ng stolga qo‘yilgan telefonni oldi. Tezlik bilan bir raqamni terdi.

— Gotti?Ha, bu men. Jeonman.

U lablarini bitoz tishlab, davom etdi..

— New Yorkdagi filial boshlig‘ini o‘zgartirdingmi? Topgan odamingni qaraya… Odaming nima qilganini so‘rayapsanmi? Men senga uning asl yuzini ko‘rsatib bera olaman. U qanday yolg‘onchi, qanday qo‘rqoqligini bilishing kerak.

Jk bir zum jim qoldi.

— Ha, isbotsiz gap bo‘lmaydi, bilaman. Shunchaki, uni menga qo‘yib ber. Qolgani men hal qilaman.

Jk jilmayib..

—............

— Ziyofat? Hamkorlik uchun bayram qilish kerak deysanmi? Men hozir New Yorkka qaytolmayman, o‘zing yaxshi bilasan. Istasang, ota-onam bilan bog‘lanib ko‘r. Ularni ziyofatga taklif qil. Bahonada bir necha kun dam olishadi.

Jk so‘nggi jumlalarini aytar ekan. Telefonni sokinlik bilan qo‘ydi.

Bu tong ham avvalgilaridan unchalik farq qilmasdi.Yuna so‘nggi kunlarda mutlaqo o‘zgargan.U endi hech qayerga chiqmas, derazadan tashqariga tikilib otirishdan bishqa ish qilmasdi ham. Hatto universitetga qaytishni ham xohlamasdi. Chunki bilardi u yerda Taehyung bor. Unga ko‘zining kòzlariga qanday qaraydi.

JK esa, Yunaning bu holatini chuqur anglab, unga xizmatchi yollagan edi. Ayol har kuni Yuna uchun ovqat tayyorlar, uyni yig‘ishtirar, unga e’tiborli muomala qilardi. Bugun ham, tongda, u tuxum va ko‘katlardan iborat nonushta tayyorladi. Barchasini stolga joylab, Yunani uyĝotib tushdi.

Yuna ham bosh og‘rig‘i bilan uyĝondi. Yuzini yuvdi sovuq suv unga biroz bolsada kuch berdi. Zinapoyadan pastga tushib, nonushta stoliga qarab qoldi.

— yana tuxum? Nega doim tuxum,boshqa narsa yoqmi nima balo?

Xizmatchi ayol biroz hayratlandi. Yuna avvallari indamasdan nima bo‘lsa ham yeb qo‘yardi. Endi esa, injiqlik qila boshladi..

— Yaxshi, xonim. Nima xohlaysiz?|muloyimlik bilan so‘radi ayol.

Yuna sekin yutinib, biroz ishonchsizlik bilan javob berdi..

— Farqi yo‘q. Faqat tuxum bo‘lmasin. Mevali, shirinroq nimadir… yoniga issiq shokolad bo‘lsin…

Ayol bosh irg‘ab, darrov yangicha nonushta tayyorlashga kirishdi. Oradan ko‘p o‘tmay, stolda rang-barang mevalar bilan bezatilgan quymoq, ustida banan bo‘lakchalari, yonida iliq, qalin shokoladli ichimlik paydo bo‘ldi. Yuna sekin o‘tirib, bir ikki luqmani yedi.

So‘ng, sekin o‘rnidan turdi. Xizmatchi ayol “Ovqatingizni tugatmaysizmi?” degandek unga qaradi, ammo Yuna e’tibor bermasdan zinapoya tomon yo‘l oldi.

Xonasiga kirib, deraza yoniga bordi. O‘zini oynada ko‘rdi yuzida rang yo‘q, sochlari to‘zg‘in, ko‘zlari esa umidsizlikka cho‘kkandi.

—Bu menmanmi?..

U javonni ochib, pardoz vositalarini olib yuziga ozroq ura boshladi. Lablariga yengil rang surtgach yuziga ozroq jon kirgandek boldi. Atirni olib, ochdi. Sevimli hidini sog‘ingandi. Lekin… shisha burniga yaqinlashtirarkan, hidni sezishi bilan yuragi aynib ketdi.

Birdan ko‘ngli aynidi, burnini qattiq ushlab og‘zini berkitdi. Qo‘lidagi atir shishasini titrab turgan qo‘li bilan stol ustiga tashladi.

— rostan ham men oldin shuni sepganmanmi?yo xudoyim odamlar qanday buning xidiga chidagan?...

Yuna bir necha kundan beri o‘zini g‘alati his qila boshladi.Yuragi tez-tez bezovta urar, sababsiz bosh og‘rirdi. U buni zo‘riqish, stress, hatto ruhiy tushkunlik alomati deb o‘ylardi. Har tong uyg‘onganida hohlislanib kongli ayniy boshladi. Yuna boshida bunga ahamiyat bermadi, lekin bu holat tobora kuchaya boshladi.

U yana bir kuni erta tongda uyg‘ondi. Yotgan joyidan turishga harakat qilarkan, ko‘kraklaridagi og‘riqni his etdi. Shoshilib vannaxonaga o‘tdi. Sovuq suvga yuzini yuvdi. Ammo badani sovuq ter bosgan, qo‘llari esa biroz titrayotgandi.

— Yana o‘sha og‘riq...

Yuna xonaga qaytib, deraza yoniga o‘tirdi. U kun sanashni boshladi. Oxirgi ko‘rgan hayz davrini eslamoqchi bo‘ldi. Hisoblab chiqarkan, birdan yuragi ĝashlandi. Oradan deyarli yetti hafta o‘tgan edi…

Yuna qattiq yutindi. Shubha endi yuragini kemirardi. Ammo buni kim bilan gaplashadi? Kimdan so‘raydi? JK bu haqida bilmasligi kerak. Xizmatkor ayolga aytishi esa Jkga aytish bilan bir xil.

Yuna boshida bu shubhaga ishonishni hohmadi. “Yo‘q, bu stress. Shunchaki qornim ogriyotgandir,lekin nega hayz siqlim buzilgan?” shu kabi savollari uni adoyi tamom qildi.Lekin har tongda to‘satdan uyg‘onib ketishlar, badandagi o‘zgarish,òtkir hidlardan ko‘ngli aynishi, bularni bari bir narsaga ishora qilardi..

Bu tong ham boshqalaridan farqli emasdi. Xizmatkor ayol odatdagidek tong saharda bozorga chiqish uchun tayyorlandi. Yuna esa bu safar uning ketishini sabrsizlik bilan kutardi. Ayol eshikni yopib chiqib ketishi bilan Yuna yuqori qavatdagi xonasiga yugurdi. Uzoq vaqt o‘zini bosishga harakat qilgan, ammo hayz davrining kechikayotgani, kun sayin kuchayib borayotgan og‘riq va holsizlik, ko‘ngil aynish, Yuna bu shubhani aniq javob bilan tugatishi kerak edi.

Yuna stol tortmasidan uy telefon raqamlari kitobchasini ochdi. U eng ishonchli dorixonani topdi. Nafasi siqilayotgan bo‘lsa-da, chuqur nafas oldi va ehtiyotkorlik bilan raqam terdi.

— Salom, men bir nechta dori vositalariga buyurtma bermoqchiman.

Ovozini imkon qadar sokin holatda ushlab.

Operator ro‘yxat so‘ragach, Yuna o‘z rejasini mohirlik bilan bajarishga kirishdi. U og‘riqni kamaytiruvchi oddiy tabletkalar, allergiyaga qarshi sirop, uyquni yaxshilovchi damlama va shunga o‘xshash 5–6 xil dorini tilga oldi. So‘ng ular orasida oziga kerakli narsani ham aytib òtdi..

— Va, iloji bo‘lsa, homiladorlik testlaridan ham bir-ikkita qo‘shib yuboring...

Operator hech qanday shubha bildirmay ro‘yxatni yozib oldi. Yetkazib berish manzilini eshitgach, 40 daqiqada yetkazilishini aytdi.

Yuna telefonni qo‘ygach, xuddi jinoyat qilgan odandek titray boshladi. Ammo bu uning haqiqatini bilish uchun yagona yo‘l edi.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi. Yuna derazadan pastga qaradi, quticha ko‘tarib turgan yigitni Jkning odamlari tekshirubdan òtkazyotgandi.Yuna xizmatkor hali qaytmaganidan foydalanib qolishni hihladi. U darhol pastga tushdi. Eshikni ocharkan, o‘zini juda xotirjam tutishga harakat qildi.

— Dori vositalari, xonim. Buyurtmangiz...

Yuna pulni to‘lab, qutichani olib, hech qanday ortiqcha so‘zsiz eshikni yopdi. Tezda yuqori qavatga chiqib, eshikni ichkaridan berkitdi. Nafasi siqilardi. U qutichani ochdi. Test... o‘sha kichik, ammo hayotni o‘zgartiradigan narsa. Uni olib, hojatxonaga o‘tdi.

Sukut ichida javobni kuta boshladi.Chiziqlar... birinchi chiziq bu har doim bo‘ladi. Ikkinchisi... esa, xira tortib paydo bòla boshladi..

Yuna titray boshladi. O‘rnidan turolmay, hojatxona poliga cho‘kdi. Qo‘lida test, ko‘zlarida yosh.

— Demak... bu haqiqat | pichirlab.

Barcha tuyg‘ular Yunani òrab olgandi,qo‘rquv, g‘azab, uyat, chorasizlik...hammasi bir vaqtda..U bu haqida hech kimga aytolmasdi. Ayniqsa... unga buni qilgan odaminga...

Testni yana bir bor sinchiklab ko‘rdi. Undan keyin uni ustma-ust boshqa dori qutilari bilan yashirib, tortma ichiga bexavotir joylashtirdi. JK bu sirni bilmasligi kerak deb pichirladi u..

Keyingi qismlarda:

— Jeon Yuna bir oydan ham kòp vaqt ichida Universitetdaga kelmadi,iltimos singlingiz,oqishga kelib nega kelmayotganni izohlasin,yoki biz uni òqishdan haydashimizga togri keladi.

— Bu qanday gap boldi,shu vaqt ichida qayerda eding?nega qònĝiroqlarimga javob bermading?

— Meni qayerga olib ketyabsan? Aqldan ozdingmi?qòyib yubor,tòxtat mashinani..

— nega endi toxtatar ekanman 1 oy qaysi gorda yurganingni menga sarhisobini berganingdan keyin qoyib yubormaan,yuborsamm...eshityabsanmi?yuborsammmmm.......

15-qism tugadi.