April 16, 2020

Simple Future

FUTURE SIMPE(Kelasi oddiy zamon)

❇️1.Kelasi oddiy zamoni(Simple Future) biz ega Will yordamchi fe’lini qo’shish orqali yasaymiz. I va WE ega bo’lib kelganda ya’ni 1 shaxs ko’plik va birlikda biz Shall ishlatishimiz mumkin
▪️ Ega + shall (will) + V
I (we) shall work, he (you, they) will work.

❇️2.Simple Futurening bo‘lishsiz shakli shall yoki will yordamchi fe’lidan keyin not inkor yuklamasini qo‘yish bilan yasaladi:
▪️Ega + shall (will) + not + V
I (we) shall not work. He (you, they) will not work.
❇️3.So‘roq shaklini yasashda shall yoki will yordamchi fe’li eganing oldiga o‘tkaziladi:
▪️Shall (will) + ega + V?
Shall I (we) work? Will he (you, they) work?
Og‘zaki nutqda quyidagi qisqartirmalar ishlatiladi: I’ll, He’ll, She’ll, We’ll, You’ll, They’ll, I shan’t, I’ll not, He won’t, He’ll not, She won’t, She’ll not, It won’t, It’ll not, We shan’t, We’ll not, You won’t, You’ll not, They won’t, They’ll not.

Simple Future ishlatilishi

❇️1. Simple Future kelasi zamonda sodir bo‘ladigan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatiladi:
▪️He will return to Tashkent in a few days.-U bir necha kun ichida Toshkentga qaytib keladi
Qisqacha shu kelasi zamon haqida siz gapirmoqchi bo’lsangiz tepadagi qoida bo’yicha gaplar tuzasilar va gapirasizlar🔹

Kelasi zamoni aytishning boshqa usulari🔹
✳️1.Agar biror ish qilishga niyat (qasd) qilingan bo‘lsa yoki shu ish harakatning kelasi zamonda amalga oshishi aniq bo‘lsa to be going to V… birikmasi ishlatiladi va bu birikma o‘zbek tiliga -moqchi deb tarjima qilinadi: Ya’ni biz biror ish harakatni oldindan maqsad niyat qasd qib qo’ygan bo’lamiz, Bu naqa so’zlarni o’zbek tilida ham ko’p ishlatamiz masalan:
▪️I am going to learn French next year. - Men kelasi yili fransuz tilini o‘rganmoqchiman
▪️He is going to spend his summer vocation in Miraki.- U yozgi ta’tilni Mirakida o’tqazmoqchi
Ikkita gapda ham oldindan niyat qilingan va gapiruvchini bu gaplar gapiryotgan vaqtda hayoliga kelmagan bu gaplarni u oldinda niyat qilgan gapiryaotgan vaqtda bu uji niyat qib bo’lgan agarda siz gapiryotgan vaqtizda kelgan fikr aytmoqci bo’sangiz oddiy simple foydalanasiz keginro buni to’liqroq ko’rib chiqamiz
✳️2 To be fe’li asosiy fe’lning to yuklamasi bilan kelgan shakli bilan kelib modallashadi va oldindan kelishilgan yoki rejalashtirilgan zaruratni ifodalaydi.
TO BE + Infinitive(ko’pincha rasmiy ingliz tilida ishalatiladi)
▪️The President is to visit Poland next Monday- Prezident kelasi dushanba kuni Polshaga tashrif buyuradi
✳️3.to be about to + Infinitive = -moqchi bo‘lmoq kelasi zamon uchun ishlatiladi va moqchi deb tarjima qilinadi. Asosan yaqin vaqtda sodir bo’ladgan ishlar uchun ishlatamiz

▪️The boys are about tofight- Bolalar urishmoqchi
Look the bus is about to leave- Qara Avtobus jo’namoqchi

✳️4.Be on the point of + Verb+ing bu ham moqchi deb ishlatiladi faqat felga ing qo’shilgan variant ishlatiladi(gerund)
▪️The company is on the point of closing down- Kompanya yoplish arafasida(yopilmoqchi)
✳️5.To be + due to infinitive bu ko’proq jadvalli ish harakatlar bilan ishlatiladi ▪️the flight is due to arrive at 6.15- Parvoz soat 6:15 yetib keladi(kelishi kerak)
✳️6 Ba’zi fellar bilan masalan decide, plan, intend, arrange, mean, + to infinitive ▪️I intend to buy bigger flat- Men kattaroq kvartira sotib olmoqchiman
✳️7.Be sure to/ be certain to/ be bound to + infinitive yaqin kelajakda sodir bo’ladigan narsaga ishlatamiz bunda nimadur kutiladi
▪️The plan is sure/is bound to succeed- reja muvaffaqiyatga erishgadi(muvaffaqiyatga erishishi kutilmoqda)

❗️Eslatma bu yo'llar o'z qoidasi bo'yicha ishlatiladi masalan to be going to rejalashtrilgan gaplar uchun uni oddiy kelasi zamondagi gaplarni ifodalsh uchun ishlatib bolmaydi