Mirzaobod tumani: “Kichkintoylar Shirintoylar”

👉 https://t.me/Sirdaryo

Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Mirzaobod tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabi sport zalida “Kichkintoylar Shirintoylar” sport musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 12 ta jamoadan 145 nafar maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchi o‘g‘il va qizlari o‘zaro kuch sinashdi. Bellashuv natijalariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:

1-o‘rin 3-sonli MTM jamoasi

2-o‘rin 1-sonli MTM jamoasi

3-o‘rin 11-sonli MTM jamoalari g‘olib deb topildi.

G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari va 1,2,3 darajali diplomlar bilan taqdirlanishdi.

Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi