Sardoba tumaniga - Xitoylik investorlarning yana tashrif buyurishi kutilmoqda!

by @sirdaryo
Sardoba tumaniga - Xitoylik investorlarning yana tashrif buyurishi kutilmoqda!

👉 https://t.me/Sirdaryo

Bu haqda Sardoba tuman investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari xamda turizmni rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari Bekmurod Akbarov xabar berdi.

Suhbat chog'ida, o'zining ayni damda viloyat hokimi tashabbusi bilan - Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida ekanligini ta'kidladi.

Safar davomida 15 ga yaqin yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari bilan muzokaralar o'tkazib, hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishga erishilgani aytilmoqda.

Misol uchun mebel ishlab chiqarish sanoati, charm poyafzal, yengil sanoat, xo'jalik mahsulotlari, qandolat mahsulotlari hamda turli xildagi salqin ichimliklar, polipropilen va polietilen xom ashyosidan tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqarish yo'nalishlari erishilgan kelishuvlarning asosiy jixatlaridan biri ekanligi ta'kidlanmoqda.

Xulosa qilib aytilganda: "Sardoba tumaniga - Xitoylik investorlarning yana tashrif buyurishi kutilmoqda!"

July 25, 2018
by Sirdaryo