Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

by @sirdaryo
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

👉 https://t.me/Sirdaryo

2018 yil 23 iyul kuni bo'lib o'tgan sessiya kun tartibiga sakizta masalalar kiritilgan bo'lib, unda Yangiyer shahar prokurori, IIB boshlig‘i, Soliq inspeksiyasi boshlig‘i, shahar hokimining o‘rinbosarlari, apparat mas’ul xodimlari, shahar tashkilot, korxona va muassasa rahbarlari hamda fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdilar.

1. 2018 yil 1-yarim yilligida shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida sektor rahbarlarining xisoboti.

2. Shaharda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va dori vositalari ta’minotining holatini, ushbu sohadagi mavjud muammolar, moliyalashtirish masalalari, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi holati. Ta’lim muassasalarida, shu jumladan maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, majud kamchiliklar yuzasidan shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori M.Jo‘rayevning hisoboti.

3. Odamlar yashashining ekologik xavfsizligini ta’minlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholini chiqindi yo‘q qilishning zamonaviy ob’ektlari bilan ta’minlash bo‘yicha shahar “Toza hudud” DUK rahbari B.Xudoyberdiyevning hisoboti.

4. “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosi haqida shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Mirzayev hisoboti.

5. Shaharda qurilayotgan arzonlashtirilgan ko‘p-qavvatli uy-joylarning qurilishi yuzasidan shahar hokimi o‘rinbosari D.Azimovning hisoboti.

6. Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi tomonidan “Yangiyer shahrida o‘qimaydigan, tayin bir mashg‘ulotga ega bo‘lmagan yoshlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati” yuzasidan olib borilgan o‘rganish natijalari to‘g‘risida.

7. “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini o‘rganish yuzasidan Yangiyer shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.Abduqodirovning hisoboti. 

8. Yangiyer shahar aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash xolati va suvoqava tizimi muammolari bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashidagi O‘zbekiston O‘zLiDeP deputatlik guruhining o‘rganish natijaliri to‘g‘risida. 

Adham ALIYEV

Yangiyer shahar hokimligi

July 23, 2018
by Sirdaryo