Guliston terma jamoasi - Jizzax va Toshkentliklardan ustun keldi!

by @sirdaryo
Guliston terma jamoasi - Jizzax va Toshkentliklardan ustun keldi!

👉 https://t.me/Sirdaryo

Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat badiiy gimnastika federatsiyasi bilan hamkorlikda “Mustaqilligimizning 27 yilligi” munosabati bilan viloyat ochiq birinchiligi sport musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu sport musobaqasida qo‘shni Jizzax va Toshkent shaharlaridan 60 nafarga yaqin sportchi qizlar ishtirok etishdi.

Jamoaviy chiqishlar bo‘yicha:

1 – o‘rinni Guliston shahar jamoasi

2 – o‘rinni Guliston shahar 2 – jamoasi

3 – o‘rinni Jizzax viloyati jamoasi egalladi.

Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi

July 24, 2018
by Sirdaryo