Hech qanday hujjatsiz yerni tortib olish mumkinmi? Savol-javob

— Akam bilan birgalikda 2008 yil 16 aprelda Piskent tumani hokimining 135 va 136-sonli qaroriga asosan Piskent fermerlar uyushmasi hududidagi sobiq ferma o‘rnidagi qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan davlat zaxira yerlari – tashlandiq axlatxona, suv chiqmaydigan yeridan har birimizga 0,35 sotix umumiy 70 sotix yer berilgan. Ushbu tashlandiq yer maydonini olish, dehqon xo‘jaligini yaratish uchun bir necha yillar tashkilotlarga murojaat qildim, najot bo‘lmadi. Birinchi Prezidentimizga xat bilan murojaat qilganimizdan so‘ng bizga 2008 yil 16 aprelda Piskent tuman hokimligi tomonidan yer maydoni ajratildi. 2019 yil 8 iyunda Toshkent shahridan o‘zini “Easy Tech” mas'uliyati cheklangan jamiyatining rahbari tadbirkor va yonida ikki sherigi “Toshkentda kadastrda ishlaymiz”, deb hech kimni ogohlantirmay, qo‘lida hech qanday hujjatsiz Piskent tumani hokimini buyrug‘i asosida “bu yer endi meniki, bu yerni olish uchun men 6 oydan beri harakat qilib yuribman”, dedi. Qonuniy asosdagi bog‘imni o‘sha “tadbirkor” hech qanday hujjatsiz noqonuniy yo‘l bilan tortib olmoqchi. Ba'zi mas'ullar Piskent tumani Davlat soliq inspeksiyasi zalida meni tik turg‘izib qo‘yib, yerimni ixtiyoriy ravishda ariza yozib, davlat zahira yerlariga topshirishimni talab qilishyapti. Shu yuzasidan amaliy yordam berishingizni so‘rayman.

Aziz Mirsoatov, Toshkent viloyati Piskent tumani

YER MAYDONLARI O‘Z IXTIYORIGA QAYTARIB BERILDI”

M.RUZMETOV, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari:

— Ushbu holat bo‘yicha Piskent tumani hokimining 2019 yil 5 noyabrdagi 4810-­sonli tuman hokimining 2019 yil 13 maydagi “Binovatik Agro” mas'uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasiga ilmiy injiniring Markazi qurilishi uchun yer ajratish to‘g‘risidagi 1082­-sonli qarorini muvofiqlashtirish to‘g‘risi­ dagi Piskent tumani prokuraturasining 2019 yil 11 oktyabrdagi 11­10­19­-sonli protestiga asosan 0,08 gektar yer maydoni “Mirsoatov Aziz” dehqon xo‘jaligiga qaytarib berilishi belgilangani to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan.

Ayni shu holat yuzasidan Toshkent viloyati yer resurslari va dav­ lat kadastri boshqarma boshlig‘i A.Alimovning qo‘shimcha ma'lumoti­ ga ko‘ra, Piskent tumani hokimining 2019 yil 5 noyabrdagi 4811­-sonli tuman hokimining 2019 yil 13 maydagi “Easy Tech” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga issiqxona qurilishi uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi 1083­sonli qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan. Bugungi kunda “Mirsoatov Aziz” dehqon xo‘jaligining yer maydonlari o‘z ixtiyoriga qaytarib berilgan.