Mini futbol sport musobaqasiga start berildi

Davyergeodezkadastr qo’mitasi tizimidagi barcha hududiy boshqarma, korxona va tashkilotlar o’rtasida ilk bor markazlashgan mini futbol spotr musobaqalariga start berildi. Davyergeodezkadastr qo’mitasi tizimidagi barcha hududiy boshqarma, korxona va tashkilotlar o’rtasida ilk bor markazlashgan mini futbol sport musobaqalariga start berildi. 

Mazkur tadbirni Davyergeodezkadastr qo’mitasi raisi o’rinbosari Sh.Habibullayev ochib berdi.

Eslatib o’tamiz ushbu musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 5 ta tashabbusi doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tizimida 2020 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlar dasturiga muvofiq yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etildi.

Ushbu musobaqada Sirdaryo viloyati Yermulkkadastr D.K. jamoasi birinchi o’yinda “GEOINFOKOM” DUK jamoasini 8-0 hisobda mag’lub etdi hamda Farg’ona viloyati jamoasi bilan 1-1 hisobda durrang o'ynab PLAY OFF bosqichiga yo’l oldi.