Guliston shahar hokimi o‘zgardi.

by Sirdaryo Xabarlari
Guliston shahar hokimi o‘zgardi.

Joriy yilning 9 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Bosh vazir raisligida viloyat markazi Guliston shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. 

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2, 6, 25-moddalariga muvofiq viloyat hokimi qaroriga asosan, Guliston shahri hokimi Sherzod Shuxratullayevich Ismatullayev o‘rniga Tulkinjon Tulyanovich Dadabayev Guliston shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. 

T. Dadabayev 1965 yil Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Bugungi kunga qadar “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining kapital qurilish xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Manba: Sirdaryo viloyati hokimligi rasmiy veb-sayti

June 9, 2018
by Sirdaryo