June 4, 2018

BIZ DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHIMIZ!

2018 yil 1 iyun kuni Guliston davlat universitetida Sirdaryo viloyati huquq-tartibod idoralari xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish boshida “Tafakkur ehtiyoji” nomli film namoyish etildi.

Yig‘ilishni GulDU ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori R.Mahmudov ochib berdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston musulmonlar idorasi viloyat vakilligi xodimi (noibi) F.Normatov, Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Sirdaryo viloyat kengashi raisining o‘rinbosari S.O‘dayeva, respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sirdaryo viloyati bo‘limi rahbari G‘.Yusupov, Guliston shahar IIB XPB TP profilaktika inspektori A.Usmonov va Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi huquqshunosi Sh.Xudoyorovlar ma’ruzalar qilishdi.

G‘aybulla YUSUPOV,

O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat

targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi rahbari