June 5, 2018

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Guliston tumanida

Joriy yil 29 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida eksport-import, mahalliy byudjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minlash, qishloq xo‘jaligida g‘o‘za parvarishi, g‘alla o‘rimi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalanish kabi muhim tadbirlarni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq bugungi kunda g‘oyat dolzarb bo‘lib turgan masalalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Videoselekter yig‘ilishida ta’kidlab o‘tilgan mazkur masalalarning Sirdaryo viloyatida ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy majlis senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, viloyat kengashi deputatlari hamda viloyat tashkilot rahbarlari ishtirokida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada suv tanqisligi sharoitida irrigatsiya tizilari, tuman irrigatsiya bo‘limlari, suv iste’molchilari uyushmalari, fermer xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari va boshqa suv iste’molchilari tomonidan suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish hamda suvning hisob-kitobini yuritish bo‘yicha masalalar ko‘rildi.

Sessiyadan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga O‘zMTDPdan saylangan Sh.Qulmatov va O‘zMTDP Sirdaryo viloyati kengashi Ijroiya qo‘mitasi devoni rahbari Sh.Nurmatovlar Guliston tumanida tashkil etilgan suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy seminarda ishtirok etdi.

O'zMTDP Sirdaryo viloyat Kengashi