SIRDARYO PEDAGOGIKA KOLLEJIDA TADBIR!!!

by Sirdaryo Xabarlari
SIRDARYO PEDAGOGIKA KOLLEJIDA TADBIR!!!

Yaqinda Sirdaryo pedagogika kollejida “Milliy-ma’naviy qadriyatlar va yoshlar” mavzusida viloyatimiz miqyosida ilmiy-amaliy, tarbiyaviy seminar bo’lib o’tdi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati “Yozuvchilar uyushmasi”dan Xayotxon Ortiqboeva, Bahor Xolbekova, Q.Xojiev, Guliston Davlat Universitetida O.Suvonov, X.Abdukarimovlar taklif etildi. Shuningdek tadbirda Sirdaryo tuman hokimligi ma’naviyat-ma’rifat bo’limidan, viloyat miqyosidagi kollejlar ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari va boshqa xamkor tashkilotlar vakillari qatnashdilar. Keng jamoatchilik hamkorligida o’tkazilgan seminar mazmunlarga boy bo’ldi.

Tadbirni viloyat O’MKXT Boshqarmasi ma’naviyat va ma’rifat bo’limi mutaxassisi ochib berdi.

Shuningdek, kollejimizda uzoq yillardan bo’yon faoliyat yuritayotgan faxriylarimizdan texinka fanlari nomzodi R.X.Karimovning 80-yillik yubileyi munosabati bilan taqdirlash marosimi o’tkazildi.

Tadbirning asosiy qismi – necha ming yillik tarixga ega bo’lgan o’zbegimning milliy-ma’naviy qadriyatlari, avloddan avlodga o’tib kelayotgan urf – odat va an’analari yoshlarimiz ongiga singdirish, ularda xalqimizga xos insonparvarlik, oliyjanoblik fazilatlarini shakllantirish, ularni vatanparvarlik va milliy g’urur ruhida tarbiyalash masalalariga bag’ishlandi. Tadbir davomida “Millatlararo totuvlik” g’oyasi asosida tayyorlangan kollejimizda tahsil olayotgan o’quvchi – yoshlardan iborat olti millat vakillari – o’zbek, qozoq, tojik, turk, tatar va rus xalqlarining milliy burchaklari tashkil etildi, shuningdek, turli millatlar vakillaridan iborat jamolarni sahna kompozitsiyalari va badiiy chiqishlari namoyish etildi.

Seminarning 2chi qismida kollejni ichki binolarida tashkil etilgan ochiq ma’naviy soatlari, to’garak mashg’ulotlari, ommaviy axborot vositalari bilan xamkorlikdagi amaliy-seminarlar, “Ijodkorlar va yosh kitobxonlar” uchrashuvlari bo’lib o’tdi.

Sirdaryo pedagogika kolleji

June 7, 2018
by Sirdaryo