Isroillik sarmoyadorlar Sirdaryoda!

by Sirdaryo Xabarlari
Isroillik sarmoyadorlar Sirdaryoda!

Viloyat hokimligining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida, Isroillik sarmayadorlarning viloyat hokimligi rahbariyati bilan bo'lib o'tgan uchrashuv jarayonlari haqidagi fotosuratlari joylandi.

Suratlarga ko'ra, unda viloyat hokimi, uning o'rinbosarlari va viloyat sektor rahbarlarining ham ishtirokini ko'rishimiz mumkin.

Xabarga ko'ra, Sirdaryo viloyatiga sarmoya kiritish bo'yicha har ikki tomonlama muloqot jarayonlari, samimiy va baxs-munozarali o'tkazilganligi aytiladi. Investorlar viloyatimizning qaysi soha yo'nalishiga qiziqish bildirayotganligi haqida aytilmagan.

One more negogations have been held on investment in Syrdarya by Israeli investors and regional administrative authorities!

Uchrashuvda viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari Jaxongir Ibrohimovning ham ishtirokini, suratdagi brend MARILATEX-PU esa qurilish sohasidagi ishlab chiqaruvchi kompaniyaga tegishli ekanligini ko'rishimiz mumkin.

Demak, uchrashuv jarayonlariga ko'ra - endilikda viloyatimizda ishlab chiqaruvchi yana bir yirik loyiha amalga oshirilishi, buning natijasida ko'plab yangidan yangi ish o'rinlari yaratilishi mumkin bo'ladi.

@SirdaryoXabarlari

June 9, 2018
by Sirdaryo