Yangiyer shahrida - yangi zavod barpo etiladi!

by Sirdaryo Xabarlari
Yangiyer shahrida - yangi zavod barpo etiladi!

Avval xabar berganimizdek, kundan-kunga Yangiyer shaxrida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari avj olmoqda. Bu esa o'z navbatida aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Hududda tadbirkorlik sebyektlarini qo'llab quvatlash maqsadida, bir qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

- Bugungi kunda shaharda yangi amiyak va karbomid ishlab chiqaruvchi ximiya zavodi qurilishi bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda, - deydi biz bilan suhbatda Yangiyer shahar hokimining birinchi o'rinbosari Isomiddin Nurmatov, - loyiha smeta xujjatlari tayyorlanib, tegishli, loyiha institutlari xodimlari xududga tashrif buyurib, o'rganish ishlarini boshlashdi.

Bu kabi yirik loyihalarning amalga oshirilishi nafaqat shahar hududida, balkim viloyatimiz miqyosida, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo'lidagi muhim jarayon hisoblanadi.

@SirdaryoXabarlari

June 7, 2018
by Sirdaryo