June 4, 2018

Bayramga bayramona

Yangiyer shahrida "1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish" kuniga bag'ishlangan bayram tadbirlari mobaynida, 10-son "Gulzorcha" nomli maktabgacha ta'lim muassasasi foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida Yangiyer shahar hokimi va sektor raxbarlari ishtirok etishdi.

Bayram tadbirlari bolajonlarning cheksiz quvonchu-shodliklari, o'zlari tayyorlagan sahna chiqishlari va kuy-qo'shiq, raqs ijro etishlari bilan davom etdi.

Yangiyer shahar hokimligi