
Oktabr va noyabr oylarini AQShda “bayramlar mavsumi” desa adashmaymiz. Bu davr tarixan ham, madaniy jihatdan ham faol o‘tadi. Oktabrning ikkinchi dushanbasi – Kolumb kuni, uchinchi shanbasi – Shirinliklar kuni, 11-noyabr – Veteranlar kuni, to‘rtinchi payshanba – Shukrona kuni (Thanksgiving Day) sifatida nishonlanadi.

So‘nggi haftalarda ijtimoiy tarmoqlarda “Torenza” nomli mavjud bo‘lmagan mamlakat pasportiga ega ayol haqida tarqalgan video butun internetni hayratda qoldirdi. Videoda hijob kiygan ayol AQShning Nyu-York shahridagi Jon Kennedi (JFK) xalqaro aeroportiga kelib, immigratsiya xodimlariga “Torenza” degan joydan ekanini aytayotgani ko‘rsatilgan. Atrofidagi xodimlar sarosimaga tushadi, u esa o‘z mamlakatini tushuntirishga urinadi.
Odamlar “men yettinchi osmondaman” deganda, odatda, cheksiz baxt, hayajon yoki ruhiy yuksalish holatini nazarda tutishadi. Bu ibora metaforik ma’noda insonning eng oliy, eng sof quvonch darajasini ifodalaydi. Masalan, kimdir uzoq kutilgan orzusiga yetganida yoki muhabbatda o‘zini g‘oyat baxtli his qilganida “go‘yo yettinchi osmondaman” deydi. Bu yerda “osmon” — ruhiy yuksaklik, “yettinchi” esa — mukammallik, ilohiy daraja ramzi sifatida ishlatiladi.