April 2, 2019

AQSH ga borishning yana bir yo'li...

K-1 vizasi nima o'zi?

Bu - Qalliq vizasi (yoki K-1 vizasi) deb yuritiladi.

AQSh fuqarolari bilan AQShda qonuniy nikohdan o‘tib, doimiy qonuniy rezident maqomini olish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun mo‘ljallangan.

K-1 vizasiga hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni haqida.

AQSh fuqarosi bo‘lgan qallig‘ingiz o‘z yashash joyi bo‘yicha vakolatga ega bo‘lgan AQSh Fuqarolik va Immigratsiya Xizmatining Xizmat Markaziga pochta orqali I-129 (Chet el fuqarosi bo‘lgan qalliq uchun petitsiya) Formasini topshirishi lozim.

AQSh Fuqarolik va Immigratsiya Xizmati ma’qullangan petitsiyani AQSh Davlat Departamentining Milliy Viza Markaziga yuboradi. Milliy Viza Markazi esa, o‘z navbatida, petitsiyani Toshkentdagi AQSh elchixonasining Immigratsion Vizalar bo‘limiga jo‘natadi.

Qalliq qanday forma(lar)ni to’ldirishi kerak?

Qalliq DS-160 elektron anketani to‘ldirishi kerak. Bu anketani elektron ravishda Konsullik Masalalari Byurosining Konsullik Elektron Anketalar Markazi sahifasida to‘ldirish lozim. Siz suhbatingizga shu DS-160 anketasining to‘ldirilganini tasdiqlovchi sahifani printerda chop etib, olib kelishingiz shart! Iltimos, anketaning shtrix-kodi aniq chop etilganiga ishonch hosil qiling (NAMUNAga qarang).

Ham I-129, ham DS-160 Formalarini to’ldirishda yo‘riqnomalarga (Instructions) aniq amal qilish darkor. Yo‘riqnomalarga aniq amal qilmaslik ishingizning ko‘rib chiqilishi kechikishiga olib kelishi mumkin.

K-1 vizasi bilan AQShga kelganimdan keyin nima qilishim kerak?

K-1 vizasi bilan AQShga kirganingizdan so‘ng AQSh fuqarosi bo‘lgan qallig‘ingiz bilan qonuniy nikohdan o‘tishingiz kerak. Nikohdan AQShga kirganingizdan keyin 90 kun ichida o’tishingiz shart. AQShda qonuniy nikohdan o‘tganingizdan so‘ng, siz va AQSh fuqarosi bo‘lgan qallig‘ingiz AQSh Fuqarolik va Immigratsiya Xizmati bilan bog‘lanib, maqomingizni Doimiy Qonuniy Rezidentga o‘zgartirishingiz kerak. Sizning maqomingiz o‘z-o‘zidan, avtomatik ravishda o‘zgarmaydi.

AQShning O’zbekistondagi elchixonasi vebsahifasi hamda advokat Mirakmal Niyozmatovning ma’lumotlari asosida tayyorlandi.