Sovuq haroratdan qizargan qizning yuzini issiq qo'llari bilan oʻziga qaratib olgan yigit qizning lablarini yondirishda davom etmoqda. Oʻtgan daqiqa davomida Yaerinning qoʻllari qor uchqunlayotgan havoda muallaq turib qolgan boʻlsa, ayni damda Jungkookning duch kelgan joyidan itarish bilan band. Bir ikki qadam ortga siljigan yigit labidagi namlikni bosh barmog‘i bilan artar ekan, g'ayritabiiy tabassumi qizni battar xunobini qo'zitdi.
Ko'rinishidan ancha uzun bo'lgan zinalar yoniga kelib to'xtar ekan masofani ko'rib Yaerinning boshi biroz aylandi. Zinaning yon tarafdagi suyanchig'i yordami ila pastga arang tushib oldi. Jungkookning buyrugʻi bilan tanasiga yopishib turuvchi sviter,keng turdagi shim va havo biroz sovuq bo'lganligi uchun ustidan kardigan ilib olgan. Qaysi xonaga borishi kerakligini bilmay joyida qotib turgan paytida bir xizmatkor ayoldan Jungkook uni qayerda kutayotganini bilib oldi - Ahvolingiz ancha tuzukmi - sekin Yaerindan hol so'radi yoshi 30 dan oshgan xizmatkor ayol - Kecha kiyimingizni alishtirayotganimda biroz isitmangiz ham bor edi