October 14

KLAUS🚭

Episode_1

Orlean, Fransiya

Vahima uyg'otuvchi politsiya mashinasining signal tovushi eski futbol maydonining devor burchaklaridan elas-elas eshitilar edi. Shift va devor chegarasiga oʻrnatilgan chiroqlar ketma-ket yonib, maydon markazida stulga mahkamlab qoʻyilgan odamning yumiq koʻzini qamashtirdi. Qoʻl-oyogʻi bogʻlanganini sezgan kishi chuqur irrilash orqali oʻziga kelib oldi. Soniyalar oʻtmas qurol uchining sovuq taftini boʻynida his qilgan odam yon tomoniga kichik burilgancha, nafas olishi maromidan buzildi

- RA174! - quloqlari orasida qurol tutib turgan shaxsning sovuq ovozi eshitildi - Italiya "o'yinchog'i"
Bogʻlangan odamning boʻyniga tegib turgan qurolni uning kuraklaridan sekinlik bilan olib oʻtib qarshisiga chiqdi
- Qoʻlimda hali sinalmagan - qurolni yuziga yaqin olib uyogʻ buyogʻini koʻzdan kechirayotgan yigit nigohini qayta stuldagi insonga qaratdi - Balki..birga sinarmiz? Men otaman sen nishon boʻlasan
- Jungkook...- xirrilayotgan ovozi bilan stuldagi kishi tilga kirdi
- KLAUS! - maydonning har burchagidan sado qaytaradigan qilib oʻkirdi qurol tutib turgan yigit - Meni bu ism bilan chaqirish mumkin emasligi darrov esingdam chiqdimi Martin?
Harakatlanishi cheklanib qoʻyilgan Martinning yelkasiga kaftini bosgancha oʻtkir nigohlarini unga toʻgʻirladi
- Yoki haqiqattan ham nishonim boʻlishni istaysanmi - Jungkookning past ohangi yanada daxshatliroq eshitilib Martinni qoʻrqitib yubordi
- Axir doʻstlarmiz - shikoyat qildi Martin - Doʻstlar esa bir-birini nishoniga aylanmaydi
Taxminiy 40 yoshlardagi Martinning gapidan Jungkook orqa oʻgirib ovoz chiqargancha kular ekan yana oʻz jiddiyligiga qaytib qoʻllaridan birini choʻntagiga soldi
- Sendek sotqinlarga esa bu qoidani istisno qilish mumkin
Jungkookning gaplari orqasidan RA174 qurolidan chiqqan oʻq stadionni yoqimsiz ovozga toʻldirdi

*
Katta qo'rg'onning tepa qavatida ikki kaftini shimning cho‘ntagi soyasiga olib, oxiri ko'rinmaydigan yaylovlarga ma'nosiz tikilb turgan Jungkook axiyri nigohini pastga qaratib yengil xo'rsindi. Qo'lini cho'ntagidan chiqarish bilan baravar kichik, zamonaviy bo'lmagan dumaloq soatini olib, bosh barmog‘i bilan shisha oynasini artib bo'lgach rim sonlari bilan ifodalangan soat Jungkookga vaqtni ko'rsatdi

- Bu ishingni oqlamayman! - ortidan erkak kishining norozi ma'nodagi ovozi yangradi
Ohangidan kim ekanini anglagan Jungkook ortga qayirilishga shoshilmadi, aksincha yigitning harakat qilmaganidan unga norozilik bildirgan odamning o'zi Jungkookning yoniga borishga majbur bo'ldi
- Uning savdosi bizga yaxshigina foyda olib kelayotgan edi - hanuz ikki kishining o'rtasida faqat tashqaridan kirib kelgan odam so'zlayotgandi

Liam

U Martinning tarafini olib jon kuydurgancha aytayotgan gaplari Jungkookning me'yoriy asabini kesib o'tib u kishi tomon qarashiga olib bordi
- Otang o'lsa ham baribirmi senga - Jungkookning tilidan kesatiq bilan chiqqan gaplardan qarshisidagining yuzi burishdi - Kechirasan Liam lekin men shu ishga bosh suqgan odamning qonini to'kmagunimcha uxlay olmaydigan g'ururli kishilardanman
Jungkookning kamsitishi Liamni biroz bo'lsa-da asabiylashtirdi, bo'yniga tushuvchi chingalak sochlarini yengil ortga tarab asabiylashishni yo'qotmoqchi bo'ldiki lekin iloji bo'lmadi
- Klaus, balki otamning tutingan o'g'lidirsan lekin bu uning haqiqiy davomchisiga bexurmatsizlik qilish mumkinligini anglatmaydi - "haqiqiy" so'zini qo'shimcha urg'ular bilan yetkazgan Liam o'zini ozroq qulay his etdi
Pastga urilgan Jungkook yengil tabassum qilgancha o'zidan bir necha yosh kichik bo'lgan Liam tomon sanoqli qadam qo'yish orqali qarama-qarshi turish holatiga o'tdi
- Liam, Liam, Liam - masqara qiluvchi kulgu bilan yigitning yelkasiga qo'lini qo'ydi - Eshshakka ko'p e'tibor bersang o'zini zotdor otman deb o'ylar ekan
Avvaliga gapini tabassum bilan boshlab, gapi oxirida jiddiylik bilan tugatgan Jungkook yana qo'shimcha qildi
- Shu maqolni eshitganmisan?
Liam o'zini yutdim degan joyida yana mot bo'ldi. Aslini olganda hamisha Jungkookga mag'lub bo'lib kelgan, esini tanibdiki otasining yonida o'zini emas doim Jungkookni ko'radi. Shu sababli otasining suyukli ''farzand" ini uncha xushlamaydi
Liamning og'zi boshqa ochilmaganidan g'oliblikni qabul qilgan Jungkook uning yelkasiga ikki marotaba og'riq bermaydigan qilib urib qo'ydi

Qo'rg'onni butunlay tark etayotgan Jungkook uy yonida mashina eshigini ochib turgan haydovchi tomon kelib, qora tusdagi mashina ichidan joy oldi. To'g'ri yo'l bo'ylab me'yoriy tezlik bilan ketishar ekan, Jungkookning hayollari tarqoqligini oldi ko'zgudan payqagan haydovchi uni biroz gapga tutishni ma'qul ko'rdi
- Bu qadar ko'p qayg'urmang, Janob Montero hammamiz uchun qadrli edi
Nigohini yo'l chetidagi yovvoyi ekinlardan uzmagan Jungkook havdovchining gapini e'tiborga olmay, qisqa irrilash bilan javob bergandek bo'ldi. Vaqt o‘tmay kostyumining ichki cho'ntagidan biroz oldingi yumaloq shakldagi tillarang soatni olib, millari orasinda nimadir axtargandek uzoq tikilib qoldi so‘ng ko'zlarini asabiy pirpillatgancha haydovchiga murojaat qildi
- Janob...

*
7 soatdan so'ng
Seul, Janubiy Koreya

Aeroportning hashamdor eshigidan odimlagancha o'zi uchun chaqirtirilgan mashina tomon yurayotgan Jungkook o'z yurtining havosi yoqmaganligi yuzidan ma'lum. Mashinaning o'rindig'iga joylashgan yigit necha yillardan beri ko'rmagan Seul ko'chalarini tomosha qilishni istamay ko'zlarini chirt yumdi
Ko'p qavatli mehmonxonaga oldida to'xtagan mashina ichidan tushgan Jungkook qora rangdagi chamadonini yetalagancha bino ichiga kirdi. Avvaldan band qilingan xonaga qadam qo'yar ekan, to'satdan qilingan hujum Jungkookning qorniga yaxshigina zarba bera oldi. Bir qo'lini qornidan oqayotgan qonga bosar yana bir qo'li hujum qilgan niqobli kishini bug'ish bilan shug'ullanayotgandi. Jungkook orqasidan to'pponchasini chiqarar ekan, kafti orasida tipirchilayotgan odamning chakkasiga tiradi

- Fransiyada bo'lganimizda, buyruq bergan xo'jayiningni terisiga o'rab sendan eksponant yasar edim - tanasidagi biroz jiddiylashgan og'riq sabab ovozida bo'g'iqlik hosil bo'ldi - Omading bor ekan..oson o'lim topasan

Badanidagi barcha zo'riqishlarini qo'lidagi qurolning tepkisini bosish bilan chiqargan Jungkook yigitning yerga qulaganini kuzatdi. Ko'ylagini ko'tarar ekan, jarohatni tekshirdi. Qon oqishdan to'xtamayotganini ko'rgan yigit labini qimtib, hali sovushga ulgurmagan jasadni xonada yolg'iz qoldirdi.

*
- Janob, narkoz qilishimiz kerak - hamshira qiz Jungkookni yana bir bor ogohlantirdi - Qaysarlik qilmang
- Yarani tikadigan jarroh sizmisiz? - qizning soʻrovini qondirmay, oʻz savolini berdi Jungkook
Hamshiraning inkor maʼnodagi bosh chayqashidan yigit gʻazabdan chuqur nafas oldi
- Doktor Xon birozdan soʻng keladi - avholni xijolatli tavsifladi hamshira
- Demak...kutamiz - istehzoli tovush bilan lab qimirlatdi Jungkook
- Kutishingizgacha olib bormayman
Eshik yonidan eshitilgan ayol kishining ovozi Jungkookning burchak tomon oʻgirilishiga sabab boʻldi. Avvaliga burniga urilgan oʻtkir yasemin ifori yigitning hayolini tarqatib yuborib, eshikdan xona tomon kelayotgan oq xalatli qizning gapiga javob qaytarishni unutib qoʻydi
- Shunchaki sizdek bemorlar talaygina. Ularga ham sizga qilingan muolajalarni qilish kerak
- Adashdingiz - qizning gapini inkor qildi Jungkook - Bu yerga kelibmanki, tanam biron bir yengillikni his etmadi
Eʼtirozlardan soʼng qiz nigohini hamshira qizga qaratdi. Hamshira oʻz-oʻzidan bezovtalanib, gapi gapiga ulanmay berilmagan savolga javob berish uchun ogʻiz ochdi
- Men...janobning oʻzlari narkoz qilish uchun ruxsat bermadi - ohangida duduqlanish bilan javob qaytargan hamshira qiz shoshilgancha xonani tark etdi
- Xoʻsh, siz oʻzingizni ogʻriq sezmaydigan super qahramon deb oʻylayapsizmi? - qiz Jungkook yotgan karovatning yonidagi kursiga oʻtirar ekan - Yoki yarangizni tikayotganimda ovozingiz qanchalik balandligini sinovdan oʻtkazgingiz keldimi?
Qizning qaltis hazillaridan yengil tabassum qilgan Jungkook uning javobini kutayotgan qizni kuzatdi
- Yaxshi shifokor bemorga narkozsiz ham ogʻriq nima ekanini bildirmay ishini qila oladi - jiddiylikda javob qildi yigit
Jungkookning magʻrurona gapidan qiz boshini ortga surdi
- Shunday deng - yana bir bor tasdiq soʻradi qiz - Bu xuddi yosh bolaga shokolad deb qalampir berish emasmi?

Jungkook oʻylanib qoldi. Yuzida kulgu chiziqlari yoyilar ekan ogʻzini juftlagan on qayta qizning ovozi eshitildi
- Oʻylab koʻrishingiz uchun vaqt bor edi, endi yalinsangiz ham narkoz qilmayman. Koʻylagingizni yeching!
Shifokor qizning buyrugʻidan koʻylak tugmalarini boʻshatayotgan Jungkook koʻksini yalang qilish barobarida qizning nimadirlar tayyorlash bilan mashgʻulligini zimdan kuzatdi
- Noʻnoq bezori ekan, moʻljalni qiyshiq olibdi - Jungkookning qornidagi yarasini kuzatib shunday xulosaga keldi qiz
- Toʻgʻri olganda xursand boʻlarmidingiz - soʻrov qildi Jungkook
- Dunyo bir yovuzdan qutulsa qutular - pichoqlangan joyning yonlarini spirt bilan artar ekan xitob qildi qiz
- Haqsiz - tasdiqladi Jungkook - Keling oʻsha no‘noq oxiriga yetkaza olmagan ishni siz yakunlang
Qizning qoʻliga kichik meditsina pichoqchasini uzatdi. Shifokor qizning yuzi Jungkookning bu qiligʻidan keng yorishdi
- Boʻla qoling - yana bir dalda berdi yigit

Jungkookning yuziga yaqin kelar ekan charchoqdan qizargan koʻzlariga qarata sekin gapira boshladi qiz
- Ammo shuningdek, yovuzlarsiz ham dunyo zerikarli bo'lib qoladi
Diqqatini qayta jarohatga qaratgan qiz, Jungkookga jazo sifatida kichik ogʻriq yubordi. Ogʻriqdan yuzi burishgan yigit choyshabni gʻijimlagancha irriladi
- Jarohat juda chuqur emas, lekin qon ketgan...Hushingizdan ketmaganingiz meni hayron qoldiryapti Janob...- soʻz oxirida urgʻuni yakunlamagan qiz Jungkookning ismi sharifini aytishni kutdi
- Klaus - oddiygina qilib yetkazdi Jungkook - Klaus Klein
- Buyerlik emasmisiz - nigohi hali ham jarohat tikish bilan band ekan yigitga savol yoʻlladi
- Hammangiz shunday qoʻpol va qiziquvchanmisizlar? - savoldan qochib qizga yuzlandi Jungkook
- Faqat betamiz bemorlar uchun!
- Bu gapingiz bilan oʻlimingizni belgilab ketganingizni sezdingizmi - tahdid aralash soʻradi Jungkook boshini yostiqdan biroz koʻtarib
- Avval oʻzingiz haqingizda oʻylang! Bir harakat va sizni shol qilib qoʻyishim mumkin

- Hali bu gapingiz uchun ham javob berasiz - ogʻriqdan yuzi burishib arang tilini qimirlata oldi Jungkook
- Chalgʻitmang, notoʻgʻri chok olsam oʻzingizga yomon
Igna zarbalarining ogʻriqlariga oʻrganib qolgan Jungkook choʻntagidan telefonini olgan holda kelgan xabarni koʻzdan kechirdi. Bir qo'lining barmoqlari bilan telefonni boshqarar ekan uni qulog'iga olib bordi. Biroz kutish signali va so‘ng kutilgan insonning ovozi telefon orqasidan yangradi
- Eshitaman
- Menimcha sen boshqa odamning qo'ng'irog'ini kutgan eding - yigitni masxara qilishda davom etdi Jungkook - Shundaymi Liam? Agar istasang uning qayerga ko'mganimni aytaman!
- Klaus? - ovozidagi biroz vahimani yashirishga urinib kichik tomoq qirib qo‘ydi Liam - Kim haqida aytayotganinga tushunmayapman ochig‘i
- Tushunma..Tushunishing uchun sovg‘a tayyorlaganman axir - lab uchida kulib qo'yar ekan buni faqat yonidagi jarohatini davolayotgan shifokor qiz ko'rdi

Liamning yoniga yugurib kelgan bir yigit hansiragancha nimadir aytishga urindi
- Janob, ombor....- chuqur nafas olib yana chiqarar ekan so'zlarini ravon ayta olmasdi - Omborda yong‘in!

Kutilgan xabarni telefon orqali eshitgan Jungkook qisqa kulgancha qayta gapirishni boshladi
- Janob Monteroning hurmati hisobiga hanuz nafas olayapsan. Lekin yana ahmoqlik qilgudek bo'lsang ko'ngilchanlik qilib o'tirmayman
Ko'zlariga qahr to'lgan Liam Jungkookni o'ldirish rejasi amalga oshmaganligi, qo'shimchasiga mollar bilan to'la ombori yoqilishi uni ranjitdi. O'zini yana bir bor yerga urilgandek sezmoqda
Barmoqlari orasidagi telefondan Jungkookning kinoyali iljayish ovozlarini eshitayotgan Liam telefonni qattiq siqqancha yerga uloqtirib yubordi

Yoqimsiz qars-qurs ohanglarni tinglayotgan Jungkook jimgina qizil tugmani bosib, allaqachon narigi tomon uchun tugatilgan aloqani yakunladi. Fransuz tilida bo'lib o'tgan bu suhbatning bironta ham so'ziga tushunmagan qiz Jungkookning yarasini ustidan bint o'tqazgancha ishini davom ettirish davomida tilini ham harakatga qo'ydi
- Fransuz tiliga tushunmasamda, ayni paytda bu jarohatning sababchisi bilan gaplashdingiz, shundaymi - qiz ko'zini bint bilan o'ralgan yaradan uzib yigit tomon qaratdi
- Men har narsani vaqtida bo'lishi tarafdoriman - xitob qildi Jungkook - Shuningdek jazolarni ham!
- Meni qo'rqitishga urinyapsizmi? - yengil jilmaydi qiz qo'lidan rezina qo'lqopni yechar ekan
- Aslo - rad etdi yigit - Agar rostan ham shuni xohlaganimda bu faqat so'zlar bilan cheklanib qolmasdi
- Gaplaringizdan sizni mafia deb ham o'ylashga ulgurdim - sokinlikda javob berdi qiz
Bilmagan holda haqiqatni aytib qo'ygan qizning gapidan Jungkookning kulgu chiziqlari kengaya boshladi
- Odamni haqorat qilishning boshqacha usulimi bu? - jiddiylikka qaytib qizni so'roqqa tutdi
- Yo'q albatta. Men shunchaki ko'p detektiv kino ko'rib yuborganman.Shu sababli biroz oshirib yubordim. Axir siz yaxshi odamsiz-ku shunday emasmi - shifokor qiz oxirgi gapida kinoya qilgani ohangidan sezilib turardi

Ko'ylak tugmalarini teshiklari bilan bog'lar ekan qizning istehzoli gapi Jungkookning ensasini qotirdi. Qizga bir qadam bilan yaqinlashgancha uning bilagidan tortib, oradagi masofani qisqartirdi
- O'ylaymanki, men bilan ustingizdan shikoyat qilishchalik yomon munosabatda bo'ldingiz - qizning bo'yniga ilingan kichik xujjatga qarar ekan undan kerakli ma'lumotni o'qib og'ziga chiqardi - Doktor Xon Yaerin
- Shikoyat uchun rais xonasiga kirganingizda, u yuborgan sovg'alari menga juda yoqqanini aytib qo'ysangiz...- bilagini allaqachon yigitning changalidan olib chiqib, qisqa nim tabassum sovg'a qildi Yaerin - Xursand bo'lar edim, Janob fransiyalik!
Ko'z aloqalarini uzib, xonadan chiqib ketgan qiz ortida qolib ketgan Jungkook qo'li o'z-o'zidan musht holatga kelib tishlarini jipslashtirardi

*

Yarim soatdan beri do'stona suhbat qurayotgan ikki tanish, biri o'rnidan turishi ketidan ikkinchisi ham turgancha xayrlashishga kirishishdi

arim soatdan beri do'stona suhbat qurayotgan ikki tanish, biri o'rnidan turishi ketidan ikkinchisi ham turgancha xayrlashishga kirishishdi

*
Yarim soatdan beri do'stona suhbat qurayotgan ikki tanish, biri o'rnidan turishi ketidan ikkinchisi ham turgancha xayrlashishga kirishishdi
- Jarohating og'ir bo'lsa yana bir necha kun qolishing mumkin Jung...Klaus - so'zlarida chalkashlik ketganini sezib kichik jilmayib qo'ydi yoshi kattasi
- Juda yaxshi qarashdiki, xuddi hech qayerim timtalanmagandek his qilmoqdaman - ikki qo'lini havoda muallaq tutib turib, kesatib qo'ydi Jungkook - Xavotir olma Minho

Minho

Minho esa javoban siniq kulib qoʻydi Eshikdan endi chiqishga otlanayotgan Jungkook nimadirni eslagandek bir qadam ortga tashladi
- Aytmoqchi, oila qurdingmi - aniq bir savol bermay uzoqdan olib keldi Jungkook - Yoki sevgan qizing bormi?
- Meni bunday narsalarda omadim chopmagan, do'stim - ovoz chiqarib kulgancha Jungkookning yelkasiga urib qoʻydi - Aslini olganda bittasi bor lekin unga hali ko'nglimni ochganimcha yo'q
Jungkook boshini ma'noli silkigancha xonani tark etdi. Eshikning tutqichini sekin qo'yib yuborib biroz o'ylanib qolgan Jungkook ichidan kulgancha Yaerinning oxirgi gaplariga aldanganini tushundi

*
Kech tushish mahalida uyga ketishga taraddud ko'rayotgan Yaerin sochlarini tartibga keltirish barobarida qulog'iga allaqanday telefon chaqiruvining signali keldi. O'zining telefoni cho'ntagidaligini tekshirgan qiz atrofga qarashni boshladi. Xonada undan bo'lak hech kim yo‘q. Avvaliga e'tiborsiz qoldirdi lekin to'xtovsiz yangrayotgan ovoz g'ashiga tekgach tovush kelayotgan tarafga qarab yura boshladi,qarasakim o'sha Fransuzning telefoni chapacha turgan holda vibratsiya bergancha jiringlayapti. Yaeringa tanish bo'lmagan harflar bilan yozilgan kontaktga javob berishni ma'qul ko'rmay, chetidagi tugmani bosishi bilan ovozini o'chirdi

*
Seulning tungi yo'llari mashinalar bilan to'la. Kech bo'lishiga qaramay ko'chalar anchagina gavjum. Avtomobillarning chiroqlaridan ko'zi qamashgan Yaerin mashinasining tepa qismidagi quyoshdan saqlovchi to'siqni pastga tushurib, biroz musiqani balandlatdi. Musiqaga hamohang boshini chayqab, rulga tirnoqlarini urgancha o'zini chalg'itayotgan Yaerin yashil chiroq yonishini kutayotgan edi. Atrofga ko'zlarini yugurtirib chiqar ekan, nigohi bir mashinaning oldi ko'zgusidagi siymoga tushib, tanasiga chumolilar o'rmalab chiqqandek bo'ldi. Ravshanroq ko'rish maqsadida ko'zlarini o'tkirlashtirgan qizning ana endi ishonchi komil
- Hoy..ism..ismi nima edi? - o'ziga qarata savol berib, javob topa olmagach og'ziga kelgan gap bilan unga murojaat qildi - Janob fransuz! Meni eshityapsizmi, telefoningizni unutib qoldiribsiz, xoy!
Bitta mashina uzoqda turgan avtomobil ichida o'tirgan Jungkook tomon aytilayotgan gaplar sershovqin yo'lda yigitning qulog'iga yetib bormasdi. Yashil chiroq yonib barcha mashinalar harakatlanar ekan, o'rindiqqa qayta joylashgan qiz Jungkookning mashinasini ortidan yurib telefonini qaytarib berishga qaror qildi
Sanoqli mashinalar yuradigan yo'ldan Jungkookni "ta'qib" qilayotgan qiz signal chalib to'xtatish uchun oradagi masofa juda uzoqligini anglab jimgina uni kuzatgancha katta, eski yon-atrofi o'rmon bilan o'ralgam bino oldiga kelib to'xtadi. Jungkookning mashinasi ichini tekshirib u yo'qligidan, allaqachon bino ichiga kirib ketganiga amin bo'ldi qiz. Ulkan eshikning kichik tirqishidan arang sig'gan Yaerin qo'lida Jungkookning telefonini ko'targancha noma'lum ovozlar kelayotgan tarafga qarab qadam bosa boshladi
_Turgan joyim ko'rinarli emas, lekin Fransuz(Jungkook) bilan yana bir kishining boshqa tildagi suhbatini bemalol eshita olayapman. U kishi ham koreysga o'xshamaydi. Ularning suhbatini tushunmasamda, o'rtalarida nizo kelib chiqqanini koreysga o'xshamagan kishining fransuz tomon o'qtalgan barmog'idan fahmlab olish qiyin emas. Lekin fransuz qimir etgani yo'q, fransuz kishidan qo'rqadi deb taxmin qilsam yuzida hech qanday qo'rquv hislari ham ko'rinmayapti. Bu yerga nimaga kelganimni unutib qo'yib, yuzlarimni qo'lim bilan siypalab chiqqinumcha, bir zumga nigohimni olgan yerga qarasam o'sha fransuz qo'lida qurol bilan qarshisidagini mo'ljalga olib turibdi. Bir daqiqaga o'zimni tragedik kino aktrisasidek his qilib yubordim. Fransuzning qo'lidagi qurolni qancha o'zimga haqiqiy emas deb uqtirsam, u menga xuddi bu notog‘ri ekanini isbotlagandek tepkini bosgancha o'sha kishini otib yubordi. Hayotim mobaynida yarador insonlarni ko'p ko'rgan bo'lsam ham ammo qotil insonlarni ko'rmagan edim
- Jin ursin, u haqiqatan ham mafia - kaftim bilan og'zimni yopar ekanman haligacha nima yuz berganini anglolmasdim
O'lgan kishining odamlari fransuz tomon o'qlar yuborar ekan ularga chap berishga ulgurgan fransuz ularni ham o'q bilan siyladi. Men butunlay qotib qolgan edim. Axir bu mayda jinoyat emas, qotillik! Kasbim insonlarni davolash bo'lganligi uchunmi yoki shunchaki insoniylikdanmi ko'z oldimda o'qga tutilgan insonlar uchun ko'zimdam yosh chiqishni boshladi. Batamon muzlab qoldim. Qo'limda qolib ketgan fransuzning telefoni qanday qilib qo'limdan sirg'alib ketganini anglab ulgurmasimdan fransuz men tomon qarab turganini sezganim zahoti chuqur nafas olgancha yugurishga tushdim.

O'sha tirqishdan qayta chiqar ekanman ortimdan eshitilayotgan qadam tovushlari sabab, vaqt juda tig'izligini, mashinaga yetib ulgurmasimdan u meni bemalol ota olishini anglab o'rmon tomon yugura ketdim.
Daxshatli. Qurol ko'targan telbadan qochib yuribman. Bu bari tush bo'lishini istab yugurgan yo'limda o'zimni chimchilab olayapman. Bu ahmoqlik. Qorong'u o'rmonda ortiq yugura olmasligimni anglab, nafas rostlash uchun yerga cho'kkaladim. Ammo yo'q yana barglarning shitirlashi meni vahimaga solib o'rnimdan turdim. Qo'limga tushgan toshni kaftimda tutgancha ovoz kelayotgan tomonga qarab fransuzning kelishini kutdim. Lekin men o'ylagandek bo'lib chiqmadi. O'qning quroldan shiddat bilan chiqish ovozini eshitgan onim batamom hayotdan uzilgandim. Xatto to'g'ri ko'ksim tomon kelayotgam o'qning tuzilishini ham ko'rishga ulgurgan edim hamki shilinib ketgan bilagimdan tutgan qo'llar bu o'qning menga tegishiga yo'l qo'ymay meni panaga tortdi. Xavaskorim kim ekaniga qiziqgan paytim, meni daraxtga tirab turgan ulkan tananing tepasiga qarar ekanman, qochayotgan insonimga tutilganimni angladim
- Axir siz....- gapim tugamisidan ko'rsatkich barmog'ini labimga bosib ovozimni o'chirgam fransuz boshqa qo'li bilan qurol ko'tarib kimnidir qidirayotgan odam taraf ishora qildi

Menga o'q uzgan inson boshqa ekanini tushunib jimgina sukut saqladim. Ammo u menga juda yaqin turishi meni noqulay ahvolga solib qo'ygandi. Xatto uning har nafas olganda kattalashadigan ko'ksi menikiga ozroq tegardi ham. Mening holatimni tushunganini sekingina jilmayganida sezdim. Jin ursin, u hali ham qimir etgani yo'q. Aksincha meni qo'rqitish maqsadida yuzini ham men tomon egyapti. Qurolli kishi ko'rinmayotganidan bu yerni tark etganini bilgan zahotim ortiq chiday olmay uning ko'ksidan itarib yubordim. U yerga quladi. Kichik zarbamdan yiqilganiga hayron qolib yoniga o'tirib uning holatini ko'zdan kechira boshladim
- Ahvolingiz yaxshimi? Men atayin qilmadim - uning bukchayib qolgan gavdasiga qo'lini tekkizar ekan so'radi Yaerin
- Yo xudo qorningizdagi jarohat ochilib ketgan ko'rinadi - Jungkookning qonga belangan oq ko'ylagidan shunday xulosaga kelib, uni yechishni boshladi qiz
- Shart emas, yaxshiman - o'rnidan turishga harakat qilgan Jungkook qayta yerga yotib qoldi
Yengil kiyim kiygan qizning tanasiga urilgan yomg'ir tomchilari sekinlik bilan tezlasha boshlashidan qizning vahimasi ortdi
- Jin ursin, iltimos hozir emas - ikkilanmay ustidagi futbolkasini yechib Jungkookning jarohatiga bostirgan Yaerin yigit qarshisida faqat maykada qoldi - Yarani bog'layman keyin esa yurishga harakat qilib ko'ring

Qizning shalabbo boʻlishga ulgurgan tanasini xiralashgan ko'zi bilan sintez qilib chiqarkan, Yaerin bundan xijolat boʻlib biroz tomoq qirib qoʻydi
- Meni qarshimda oʻzingni bunday koʻrsatmasliging kerak edi - har boʻgʻinida chuqur nafas olgancha vishshiladi Jungkook
- Tushun...- Yaerinning boshiga urilgan qattiq jism uning gapini boʻlib, Jungkookning koʻksiga qulatdi

*
Yostiq quchgancha uxlayotgan Yaerin. Kichik burni orqali pishshilagancha nafas olishi xonaning sukutini buzib turuvchi yagona narsa. Ustiga yopilishi kerak boʻlgan choyshab yerda yoyilgancha turibdi. Derazadan kirgan sovuq havo qizning terisini junjiktirib yubordi. Sekin-asta u yon bu yonga agʻdarilayotgan Yaerin va nihoyat koʻzini ochdi. Bir qoʻli, boshi va tizzasidan bint qalin qilib oʻralgan. Oyogʻini yerga qoʻyarkan, bilinmas oqsoqlanish unga hamroh boʻldi
- Jin ursin! Qayerdaman - kichik ingrash bilan atrofni koʻzdan kechira boshladi
Xonasidan chiqqach uzun zinani koʻrib ikkinchi qavatda ekanini tushundi. Zinalar birin ketin kichik oyoqlar bilan bosilar ekan, mehmonxonaga oʻxshash joyga qadam bosdi
- Kimdir bormi? - eshikdan bosh suqqancha biroz baland ovozda soʻradi Yaerin
- Uygʻondingmi? - eshik yoniga oʻrnatilgan ikki kishilik stolda qahva hoʻplagancha soʻradi Jungkook
Yigitni payqamay qolgan qiz uning ovozida hurkib ketib biroz ortga yurdi. Kechagi qonli voqealarni yodiga olgan Yaerin ortga siljishni boshladi

- Nima bo'ldi oqarib ketding? - finjonni stol ustiga qo'yar ekan so'radi Jungkook
- Men..n.nega buyerdaman - zo'rg'a gapini tartiblagancha yigitga yuzlandi
- Bunga men sababchiman - xonada yana bir erkak kishining ovozi eshitildi - Qorong'u bo'lganligi sababli sizni dushman deb hujum qilganimdan afsusdaman. Bu mening aybim, uzr so'rayman
Yaerin yigitning gaplarini tinglar ekan kechagi boshiga zarba bergan kishi u ekanini angladi
- Ahvolim yaxshi, tashvishlanmang - sekin jilmayib qo'ydi Yaerin
- Ketishing mumkin, Soobin - Jungkookning buyrug'idan so‘ng xonada faqat Yaerin va Jungkook qoldi
Oyoqlarini bir-biriga chalishtirar ekan u tomon tikilib turgan Yaerinning nigohini ushlab savolga tutdi
- Xo‘sh, u yerda nima qilayotgan eding?
- Aynan qayerni nazarda tutyapsiz? - o'zini bilmaganlikka olib so'radi qiz
Qizning javobidan qoniqmagan yigit o'rnidan keskin turgancha qizning qarshisiga chiqdi
- Yana bir marta so'rayman, u yerda nima qilayotgan eding?!
Bu safargi yigitning so'rovida biroz g'azab qo'shilganligidan Yaerin bir qadam ortga yurdi
- Telefoningizni qaytarmoqchi edim! - yigitning biroz baqirishidan asabiylashgan qiz Jungkookga ham shu tonda javob berdi
- Yaxshi - tobora qizni burchakka tirab borib savol berishni davom ettirdi - Unda nega qochding
- M..men...qo'rqib ketdim - kechagi tasvirlar ko'z-oldiga kelib duduqlanib gapira boshladi - Siz ularni kiprik qoqmay otib tashladingiz axir!
- O'zing meni yovuzga chiqarmaganmiding - yana bir qadam tashlab qizni devorga tiradi - Taxmining to'g'ri chiqqanidan xursand emasmisan?
Borgan sari har tomondan qurshab olinayotganini anglagan qiz lablarini tilining nami bilan xo'llagancha og'iz qimirlatdi
- Men uyga ketmoqchiman! - dadillik bilan so'zladi Yaerin
- Bu juda oson bo'lmaydi.Tomosha qilgan filmlaringda jinoyati guvohi bo'lib qolganlarni nima qilishgan, eslab ko'r-chi? - qo'lini orqasiga olib borib, kamarida ilinib turgan to'pponchani qo'liga oldi
Yaerinning ko'zlari qurolda. Uni qizning badanidan yurgizib chiqishi Yaerinni battar vahimga solmoqda. O'zining qo'lidan nimadir kelishiga ikkilangan qiz qisqa yutingancha javob qaytardi
- Yoʻq qilishgan - juda ham past ovozda lo'nda qilib javob berdi Yaerin
- Ana endi ayt - qo'lini qizning ikki tarafidan devorga qo'yib, yuzini qizniki bilan teng qilgancha, qizning iyagiga qurolning uchini qo'yib Yaerinning yerga qaratilgan boshini ko'tardi - Senga ham shu hukmni oʻtqazaymi?

EP_1
AVTOR_LOUISA
CRAZY FANFICS KANALI UCHUN!
YOQIMLI MUTOLAA