Alvon Ko'z Yoshlar
Hayotning ajib sovg'asi sendek go'zal bo'ladi deb o'ylamagan edim...
- Qiz uyga kirishi bilan eshik to'g'risidagi oynada o'zini, usti-boshini kirligini ko'rdi. Uyidigilari, ayniqsa otasi bu manzarani ko'rmasligi uchun tezroq yuvinish honasiga yugurdi. Hammomga kirib biroz suv ostida o'tirdi va qora bo'yoqqa bo'yalgan hayoti haqida o'ylay boshladi. Otasining unga bo'lgan qo'rs muomilasi uni yuragiga tig' nixtardi. Boshqalarga va o'zlaridek sovuq yuzlari va so'zlariga e'tibor bermaydigan qiz aynan otasining so'zlari, unga qiladigan muomilasidan ko'nglida allaqachon zulmat qasri qurishga ulgurgan.
- Suv tagida yarim soat o'tirgach qorni g'uldirab ochligini eslatdi va qornini to'ydirish maqsadida oshxonaga tushdi. Zinapoyalardan oshxona tomon tushib borarkan yo'lda otasini ko'rdi. Otasi hatto qiziga bir bora qarab ham qo'ymagan holda to'g'ri mehmonxona tomonga ketayotgandi. Ortidan esa pildirab onasi ko'rindi. Qizini ko'rgan ona uning oldiga keldi va yalimsiragan ohangda gapirdi.
Onasi: Otangni jahli chiqqan. Senga necha marta aytganman o'sha voleybolinga borma deb. Otang bugun kech kelganingni bilib juda g'azablandi. Tezroq mehmonxonaga kir gapi bor ekan, - Ona gapini tamomlagach usha xonaga kirib ketdi. Qiz esa " Qachon g'azablangmagan o'zi" deya ensasini qotirib hohlamaygina mehmonxonaga kirdi.
-Onasini gapini boshidan ohirigacha qo'llarini katta va keng zipkasining cho'ntagiga tiqqan holda eshitgan qiz huddi shu holda otasining oldiga kirdi. U uzun stolning boshida ovqatlanar ekan onasi huddi hizmatkorlardek uning tepasida turardi. Qiz hissiz ko'zlarini onasiga qadadi. Uning ajin oralagan yuzi, hayot tushkunliklari bukchaytirgan qaddi otasining oldida yanada egilardi. Qiz bundan rostakamiga jirkanadi.
- Qiz otasining oldida haligacha o'sha holatda, hissiz va qo'llarini cho'ntagiga tiqqancha turardi. Otasi hali beri qizi gap boshlamasligini bilib o'zi birinchi so'zlashga qaror qildi.
Otasi: Nega yana kech kelding. Darsing 4soat oldin tugagan.
Akira: Voleybolga bordim, - u bilardi agar bu haqida gap ochsa otasi jazolashini. Lekin huddi faxrlangandek huddi shu so'zlarni aytdi.
Otasi: Men senga usha sportinga borishni taqiqlagan edim.
Akira: Menga sizning taqiqlaringiz zarracha ham qiziq emas. Siz har doim va har narsaga taqiq qo'yasiz.
- Otasining jahli chiqib oldidagi idishni suvi bilan unga uloqtirdi. Baxtli tasodif tufayli o'qdek uchib kelayotgan shisha idish qizning o'ng tarafidagi gultuvakka tegib chil-parchin bo'ldi. Qiz esa hatto bunga ahamiyat ham bermadi. U bunga o'rganganib ketgan. Lekin ko'ngli og'ridi. Ko'ziga yoshlari qatorlashayotgandi. Ammo ko'z yoshlarini otasiga ko'rsatgisi kelmadi shekilli shartta burildiyu eshik tomon yura boshladi.
Otasi: Bezbet qayerga ketyapsan qayt dedim senga. - Qiz huddi garangdek yo'lida davom etti. Ota to'xtamasligiga amin bo'lgach taxminan piyoladek keladigan idishni u tomonga uloqtirdi.
Onasi: Iltimos qizingizga nisbatan bunday muomilada bo'lmang ahir u hali yosh.
- U erining qo'liga yopishgancha yolvorarkan buni bari bekor ekanligini bilardi. Chunki qizning harakteri va otaning g'azabi huddi olov va moy kabi uyg'unlashadi. Bu safar baxtli tasodif o'rnini baxtsizi egalladi va piyoladek keladigan idish borib qizning bo'yin qismiga tegdi. Ichidagi guruchning yarmi yerga yarmi esa uning sochlariga qo'ndi. Qiz jahl bilan zipkasining kapishonini kiydi va honasiga chiqib ketdi.
- Sumkasiga jang qo'lqopi va bandajini soldiyu otasi bilmasligi uchun derazadan sakradi. Xonasi 2-qavatda va u orqa hovliga qaragan derazasi tagida omborxona eshigining tomi bor. Derazadan tomga tomdan esa yerga tushgan qiz omborxonadan anchadan beri yashirib yurgan skeytini oldiyu, qulog'chinlarini taqqancha zali tomon yo'l oldi.
- Musiqa bu yagona ruhsatbberilgan qora dori. Skeyt va musiqa qizning yuragidagi hafagarchiliklarni huddi suv dog'larni yuvgandek yuvardi. Mashg'ulotga 3 soat oldin kelgan qiz bugungi hafagarchiliklar va otasining hatti-harakati ko'z o'ngida namoyon bo'ldi va qarshisidagi boks qopini ura boshladi. 1-zarb 2-zarb 3-zarb.....har safar zarba yegan boks qopi har safar qattiqroq silkinardi. U bundan zavq olyapdi.
- Lekin......fudbolkasi yoqasidan tortgan qo'llar bu zavqqa nuqta qo'ydi.
Yoongi: Nega qopni bunday nafrat bilan uryapsan? - Quloqlari ostida jaranglagan ovoz uni ortga burilishiga saba bo'ldi va tezkor harakat tufayli boshi yigitning ko'ksiga urildi.
- Boshini ushlagancha bo'yi o'zidan baland bo'lgan yigitning ko'zlariga qararkan beixtiyor ko'zlariga yoshlar quyila boshladi. Pastki lablarini shishirib yig'lashi qizda yoqimtoylik manzarasini uyg'otdi.
Yoongi: Tshshsh nega yig'layapsan? Yana nima bo'ldi, - Qizning ko'z yoshlariga chiday olmagan yigit qo'llarini uning yelkasidan o'tkizib quchog'iga oldi va sochlarini mayin siladi, - Yana otang bilan urishdingmi? - qiz uning gaplarini maqullagancha ko'ksida turgan boshini qimirlatdi, - Hafa bo'lma axir sen kuchli qizsanku. Bunday mayda ishlarga yoshlaringni to'kishing shart emas.
Akira: Ho'sh seningcha o'z otasi tomondan ko'rsatilayotgan e'tiborsizlikka loyiq qizmanmi? - yigitning ko'ksidan boshini ko'targan qiz biroz achchiqlanib gapirdi. Bu safar yigitning qizning yanoqlarini tutgan qo'llari uning yuzini hiyla silagandek bo'ldi.
Yoongi: Nega? Axir sen kuchli, irodali va eng muhimi aqlli qizsan. Sen bunga loyiq emassan albatta.
Akira: Yoongi bilasan faqat senga sirlarimni aytaman. Uydan beri ushlab turgan yoshlarimni seni ko'rgach jilovlay olmadim. Faqat sen meni tushuna oladigan eng yaqin do'stimsan, - Qizning so'ngi gapidan yigitning biroz jahli chiqdi ammo buni sezdirmaslikka harakatida qizni yana o'zining quchog'iga oldi.
Yoongi: Albatta men sening eng yaqin, - biroz tutilgan yigit galida davom etdi, - insoningman. Oldimda darding aytib yig'lashing tabiiy hol. Men senga ovqat pishirib keldim. Bulgoggi......yeysanmi? - Qizga iliq tabbassum bilan qaragan yigit unga taom taklifini berdi. Qiz ham bunga rozidek boshini qimirlatti.
- Ikki do'st miriqib taomlanardi to'g'rirog'i qiz ovqatlanar yigit esa boshini devorga suyagancha qizga tikilib o'tirardi.
Yoongi: Nima balo otang bu safar senga nimanidir uloqtirdimi.
Akira: Nima? - hayron bo'lgan qiz og'zidagi ovqati bilan unga hayron qaradi.
Yoongi: Boshingda guruch tiqilib yotibdi. Uydan chiqishdan oldin tozalash kerak edi. Boshingni qimirlatma! - Qizga yaqinlashgancha uni sochlari orasiga ilakishgan guruchlarni yig'ayotgan bir paytda qiz lunjini taomga to'ldirgancha ovqatlanish bilan band edi.
- Kechqurun derazalarni yopishni unitgan qiz badaniga urilayotgan mayin ammo sovuq shamol sabab ko'rpasini ustiga tortdi. Quyosh nurlaridan yuzini burishtirgancha ko'zlarini ishqaladi. Deraza taqqillayapdi..... Avvaliga qush deb o'yladi. Ovoz to'xtamagach jahl bilan o'rnidan shartda turdiyu pastga qaradi. Pastda mayin tabassum bilan turgan yigitni ko'rishi bilan nigohini devordagi soatga qadadi .
Akira: Jin ursin. Hozir tushaman kutib tur
- Qiz maktab formasini kiyib sochini tepadan qilib yig'di. Boshqa qizlardan farqli o'laroq birgina soch turmagining o'zi bilan kifoyalandi. Sumkasini yelkasiga ilgancha ko'ylak tugmalarini qadarkan zinadan shoshib katta qadamlar bilan tushdi. Oshxonadan ikki dona pechenyalarni oldi-yu uy eshigidan chiqib ketdi.
Yoongi: Yuguramiz...bo'lmasa kirgizishmaydi, - qizni sumkasini yelkalaridan olib old tomoniga osgan yigit Akirani shoshirtirdi
- Maktab uncha uzoq bo'lmagani uchun piyoda borishni afzal ko'rgan ikki do'st yugurgancha maktab tomon ketarkan, endi yetdim deganda darvoza barzangi qorovul tomonidan shaqirlab qulflandi.
Qorovul: Bolalar kech qoldingiz, afsuski, - yuzida yasama afsus aks etgan qorovul Akira va Sugani yo'lini qo'lidagi tayoq bilan to'sdi.
Yoongi: Boshqa iloj yo'q devordan oshamiz, - yugurgani sabab nafasi tomog'iga tiqilgan yigit qo'llarini bellariga tirab biroz egilgandek bo'ldi.
Akira: Nima men yupkadaman oshaolmayman
Yoongi: Qaramay turaman bo'laqolsangchi, - Yoongi qizning yengidan tortgancha maktab chetiga yo'naltirdi. Bir amallab yashirincha devordan oshgan yigit va qiz maktabga kirishlari bilan direktor ko'rib qolmasidan oldin o'z sinflariga jo'nadi.
- Odatda maktablarda bezori sifatida o'g'il bolalar mashxur. Lekin bu noodatiy maktabda barchaning "Uchiga chiqqan bezori" yoki shunchaki " Erkakshoda qiz" sifatida tanilgan Akira boshqalar uni yoqtirmagandek u ham ularni uncha ko'ngli tusamasdi. Butun maktab ayniqsa maktab rahbari uning otasi maktabning eng katta hamkori ya'ni mablag' manbayi bo'lgani uchungina chidashga majbur.
O'qituvchi: Akira yana kech qolding sumkangni yechmagan holda stul ko'tarib turasan. Burchakka! - qizni ko'rishi bilan qoshlari chimirilgan o'qituvchi qatiy ovozda unga gapirdi.
- ...O'qituvchining o'zgargan yuzi stul ko'tarib turgan qizni hayratlantirdi. Har holda bu mayin tabassum u uchun emasligini bilardi. Stul ko'targancha qo'llari orasidan ortga qaragan Akira ko'zlari baland bo'y sabab faqat yelkasidan past qismi ko'rinayotgan yigitga qaradi. Boshini ko'tarishi bilan jiddiyligi sovuq ko'zlaridan bilinib turadigan kelishgan yigit turganiga amin bo'ldi. O'qituvchi uni keragidan ortiq e'zozlagani unga yoqmadi. U qizning ko'ziga yovday ko'rindi. Huddi ustoz qizni u sabab turg'izib qo'ygandek.
O'qituvchi: Bolalar bu bizning yangi hamkorlarimizdan birining o'g'li Jeon Jungkook. Bugundan boshlab bizning sinfda o'qiydi. Unga butun maktabni tanishtirasiz degan umiddaman. Sen esa usha yerdagi bo'sh joyga o'tirishing mumkin. Akiraning joyiga, - Qizga tegishtirib gapirgan istehzoli so'zlari qizni qonini qaynatishga sabab bo'ldi.
Akira: Bularni og'zini moylash orqali maktabdagi hurmatni oshirsa bo'ladi. Lanati maktab yomon ko'raman hammasini.
O'qituvchi: Bolalar yaqinda bo'ladigan kuzgi olimpiyadaga tayyorgarchilikni eslatmoqchiman, - qat'iy tarzda buyruq shaklida gapirgan bo'ldi. O'quvchilarning e'tiborini tortish uchun stolni urdi, - Sinfdagi 4ta a'lochi o'quvchilarga bu masulyatni topshirmoqchiman. Akira rasm chizish qobilayating uchun baholaringda ko'z yumgan holda seni ham tanladim, - o'qituvchi qizga qarab qo'ydiyu yana stol ustidagi daftarga nigohini yo'naltirdi, - Jungkookning ham oldingi maktabidagi baholari yaxshi ekan va ohirgisi, - u oldidagi daftarga titkilgancha biroz to'htaldi, - Minji va Jin.Bugundan ishni davom ettiravering ba'zi fanlardan ozod bo'lasiz. Maktab ortidagi musiqa xonasi sizlar uchun ajratilgan.
Minji: Lekin ustoz u xona eski va yaroqsizku. - norozi ohangda gapga qo'shildi qiz.
O'qituvchi: Maktabda boshqa bo'sh joy yo'q majbursizlar.
Jin: Bu adolatsizlik, - ustoz eshitmasligi uchun Minjining qulog'iga biroz egilgan ko'yi gapirdi Jin.
- Katta tanaffusdan foydalanish maqsadida bog'ga chiqqan ikki juftlik maktab bog'idagi o'rindiqlarda suhbat qurib o'tirishardi. Manzara uchun ekilgan Sakura daraxti gullari esa yerni deyarli qoplagan.
Minji: Bilasanmi Jin biz usha ko'chayotgan musiqa honasida arvoh bor emish, - qiz oyoqlaridagi tuflilarga termulgancha erish arafasida bo'lgan muzqaymoqni shoshib yeyayotgan yigitga yuzlandi, - yana har kuni kechasi pianina o'z-o'zidan chalinarmish.
Jin: Tinchqo'y usha arvoxni. Anavi Akira deganlari sen aytayotgan arvoxdan ham qo'rqinchliroq. U bilan qanday tayyorlanamiz bilmayman, - allaqachon yeb bo'lgan muzqaymoq cho'pini qizga nixtagancha gapirdi yigit.
Minji: Nima bo'lsa ham adabiyot ustozning sinifidan ortda qolmasak bo'lgani, - oyoqlarini o'rindiq ustiga yig'ib chordana qurgan qiz Jinning yelkasiga orqa qaragancha boshini suyadi.
- Ertalabdan barcha o'quvchilar sinflariga shoshib kirayotgan bir paytda maktab orqasidagi musiqa xonasi oldiga birin ketin yig'ilgan Jungkook, Minji va Jin yagona Akirani kutardi.
Minji: Ana kelyapdi, - Maktab darvozasi tomonda ko'ringan qizni ko'rgan Minji yengil uh tortdi.
Jin: Kechagi gapim..... buni bu sovuq yuzi bilan hech qachon kelisha olmaymiz.
- Hotirjamlik bilan yurib kelgan Akira yana usha hotirjamlik bilan eshikni kalit yordamida ochdi. Kechagina maktabga kelgan yangi o'quvchi ham xonaga birma-bir kirgan bolalar ortidan shunchaki ergashdi. Undagi to'rtburchak shakldagi ko'zoynaklar sovuq ko'zlaridagi nigohlarni yanada o'tkirlashtirardi. Ustidagi qora charm kurtka esa qandaydir Bad boy vaybini berib turardi.
Minji: Nega anchadan beri hech kim kirmaydigan musiqa xonasining kaliti aynan senga berilgan, - Minji xonadagi chiroqni yoqgach sumkasini pianino ustiga qo'ygan qizdan qiziquvchan ohangda so'radi
Akira: Shunchaki ba'zan rasm chizish uchun kelib turaman, - Minjiga hatto qarab ham qo'ymagan qiz sovuqqonlik bilan gapirdi.
Jin: Bizga hozir bir nechta proyektlar berilgan. Musiqa, maktab manzarasi va direktorning sur'ati tushirilgan katta olimpiada banneri va raqs, - Jin Minjiga bir qaradiyu qo'llarini ko'ksi ustida chalishtirgancha xonadan chiqdi.
Jungkook: Bizda aniq bir reja bormi o'zi?
Minji: Albatta bor lekin avval xonani biroz bezatish kerak, - eshikdan qo'lida 2ta o'rtacha kattalikda tuvak ko'tarib kirgan qiz Jungkookning to'g'risidan sharpa kabi o'tib qo'lidagi gultuvaklarni tokchalarga qo'ydi, - kecha ustoz bu xonani bizga ajratganini eshitiboq bu yerni tozaladim. Gullar kislarodni ta'minlaydi.
Jin: Jin ursin meni u majbur qildi, - qo'lida keyingi ya'ni uchinchi gultuvakni ko'tarib kirgan Jin norozi ohangda to'nqilladi.
Akira: Hoy nima qilyapsiz? Bu meni xonam edi. Unga ortiqcha bezak shart emas.
Minji: Endi bu faqat sening xonang emas bu barchamizni xonamiz. Buni tan olishga harakat qil endi, - Minji Akiraga mayin tabassum qildi.
Jin: Endi esa rejaga o'tsak, - Jin ryukzagidan o'rtacha kattalikdagi daftarni chiqarib ko'zoynaklarini to'g'irlagandek bo'ldi, - hop bizda katta banner, raqs va savol-javob musobqasi bor.
Akira: Raqs? Jin ursin faqat men emas
Minji: Aynan sen Akira. Sen va Jungkook raqs tayyorlaysiz.
Akira: Nega men va bu? O'zingiz tayyorlasangiz bo'lmaydimi. Axir juftliksizku
Jin: Bizda savol-javob musobaqasi bor. Yana aniq fanlardan. Tayyorlanish qiyin bo'ladi. Shunday ekan, - Jin qo'llarini Akiraning yelkalariga qo'yib ustidan kulgandek bo'ldi, - sen va Jungkook raqs va banner tayyorlaysiz.
Minji: Biroz vazning bor lekin ozib ketasan, - Minji qizning yaqiniga kelib fudbolkasini biroz orqasiga tortdi, - aytgancha raqs o'zgacha bo'lishi uchun tanangiz bir-biriga tegmaydi. Ya'ni qo'llaringizni ham ushlamaysiz. Egilganda ham Jungkook sen Akiraning bellari atrofida qo'lingni muallaq tutasan.
Jin: Qiz bola bilan raqsga tushganmisan o'zi, - Jin biroz qo'pollik bilan Jungkookga gapirdi